Bilim, uquv va ko 'nikmalarni baholash. O'quvchilarning og'zaki javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o'qituvchi tomonidan har bir o'quvchining qanday o'zlashtirayotganligini, u o'quv materialini qanchalik egallaganligini ko'rsatuvchi baholar bilan qadrlanadi. Shuning bilan birga ular ma'lum darajada o'qitishning sifatini ham aniqlaydi, chunki o'quvchilar bilimi uning asosiy o'lchovidir.
Bilimlarni baholash intensivligini oshirish uchun bir necha o'quvchiga bir vaqtda so'rash uslubini qo'llash mumkin. Masalan, bir o'quvchi sinf oldida o'qituvchiga javob beradi, 2—3 o'quvchi didaktik dasturlashtirilgan kartochkalar bilan ishlaydi.
O'quvchilar biiimini baholashda materialni ular qanchalik aniq va ravon tushunganliklari, javobning aniq va to'liqligi, shuningdek, shakli, ya'ni bilimni bayon qilishning izchilligi va to'g'riligi hisobga olinadi. Tabiatshunoslik bo'yicha o'quvchilar bilimlarini baholashning o'lchovlarini sinflar bo'yicha keltiramiz.
1- sinf. 1- sinf yakunida o'quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
Tabiat: jonli va jonsiz tabiat. Yowoyi va madaniy o'simliklar, daraxtlar, butalar, maysalar. Yowoyi va uy hayvonlari; hasharotlar, baliqlar, qushlar, hayvonlar.
Yil fasllarining asosiy belgilari: yashab turgan joydagi himoyaga olingan ba'zi o'simlik va hayvonlar.
Tabiatda o'zini tutish qoidalari, o'zining shahri (qishlog'i) haqidagi asosiy ma'lumotlar, manzili, transport turlari, ayniqsa, ko'p tarqalgan kasb-hunarlar, odam tanasining a'zolari, shaxsiy gigiyena qoidalari, turli fasllarda sog'liqni saqlash xususiyatlari, ko'cha harakati qoidalari, ota-onaning ism-familiyasi, iltimos qilish, jamoat joylarida o'zini qanday tutishi kerakligi. O'zbekiston shaharlarining nomlari, dunyo mamlakatlaridan ayrimlarining nomlari, Shunday qilib, birinchi sinfda o'quv yilining oxiriga kelib, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini, bir nechta buta, o't o'simliklarining nomlarini bilishlari va ulami taniy olishlari; tabiatda o'zini tutish qoidalarini bilishlari hamda bajarishlari kerak.
Birinchi sinfda baho qo'yilmaydi, ammo muvaffaqiyatli javoblar rag'batlantiriladi.
2- sinf. Ikkinchi sinf yakunida o'quvchilar quyidagiiarni bajarishlari kerak, ya'ni buyumning nimadan yasalganligini yoki uning bo'laklarini, sinf, hovli, xona, maktab yer maydonidagi narsa-larning joylanish chizmasini chizishni va so'zlab berishni, bir-ikki kun awalgi ob-havoni tavsiflashni, nutq o'stirish maqsadida hikoya tuzishni, bunda tengkunlik, kun chiqishi, tush vaqti, kun botishi kabi tabiatshunoslik atamalaridan ko'proq foydalanishni, yil fasllarining farqini, ob-havo, o'simlik, hayvon va odamlar meh-natidagi o'zgarishlarni, o'simlik va hayvonlarning oziqlanish xususiyatlarini, kishilarni kasbi bo'yicha faoliyatlarini so'zlashni, o'rganilgan o'simlik va hayvonlarni bir-biridan farqlashni, sog'liqni saqlash uchun sezgi a'zolari haqidagi bilimlarni kundalik hayotda qo'llashni, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va jamoat joylarida o'zini tuta bilish qoidalariga rioya qiiishni. Bu o'quvchilar kompasda ufq tomonlarini aniqlashni, odamlar bilan bo'ladigan muloqot vaqtida salomlashish, xayrlashish, avf etish, iltimos qilish kabi odob-axloq qoidalariga amal qiiishni bilishlari kerak.
Ikkinchi sinfda «5» baho yll fasllarining ayrim belgilarini bilganlarga; 3—4 daraxt, buta, o't o'simliklari va xona o'simliklarini, shuningdek, qushlar va hasharotlarning 3—4 turini bilgan va farqiga bora olganlarga qo'yiladi, Bolalar, shuningdek, tabiatda muntazam kuzatishlar olib borgan va ularni «Kundalik kuzatish daftari»da qayd qila olgan bo'lishlari; xona o'simliklarini to'g'ri sug'ora olishlari va parvarish qilishni bilishlari; shaxsiy gigiyena qoidalarini, kun va ovqatlanish rejimini bilishlari hamda bajarishlari kerak.
«4» baho ham «5» bahodagi o'lchovlar bo'yicha qo'yiladi, hamma javobda ba'zi noaniqliklarga yo'l qo'yilgan bo'ladi.
«3» baho tabiatidagi o'z kuzatishlarini qayd qila olish, ular to'g'risida ravon so'zlab bera olish uquvlarini yetarli egallamagan o'quvchilarga qo'yiladi.
Salbiy baho qo'yilmaydi.
3- sinf. Bu sinf o'quvchifari o'quv yili oxirida quyidagilarni bilishlari kerak:
— tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar, belgilar, jonli va jonsiz tabiatning o'zaro aloqasi. 2- sinfda olingan bilimlarni chuqur-lashtirish va kengaytirish;
— jonsiz tabiatning, havo, suv, tuproq, foydali qazilmalarning nomlari va farqli belgilari;
— mahalliy o'simliklarning nomlari va farqlari (beshtadan kam bo'lmagan daraxtlar, butalar, o'tlar);
— qishloq xo'jalik o'simliklariga ishlov berish usullarining elementar biologik asoslari;
— suv o'tlari guruhlari, moxlar, paporotniklar, xushbo'y hidli gullovchi o'simliklarning ayrim farqli ko'rinishlari, o'simlik-shunoslik - qishloq xo'jaligining asosiy qismi;
— hayvonlar guruhi: hasharotlar, o'rgimchaksimonlar, baliq-lar, sudralib yuruvchilar, qushlar, hayvonlar va ularning farqli tomonlari;
— hayvon guruhlari o'rtasidagi o'xshash va farqli belgilar; mahalliy sharoitda keng tarqaigan hayvonlarning hayot tarzi va tashqi tuzilishi;
— o'rganilgan hayvonlarning tabiat, hayot va inson xo'jalik faoliyatidagi ahamiyati;
— o'simliklarning o'simliklar bilan, hayvonlarning o'simliklar bilan, hayvonlarning hayvonlar bilan o'zaro aloqalari, insonning jonli va jonsiz tabiat bilan o'zaro aloqasi;
— insonlarning tabiatga sovuqqonlik bilan qarashlari, tabiat muhofazasi, tabiatda o'zini tutish qoidalari;
— inson tana a'zolarining joylashishi, tuzilishi va nomlari;
— tana tuzilishi, a'zolarning vazifalari haqida oddiy tasawur;
— chekish va alkogol ichimliklarni iste'mol qilishning organizmga zararli ta'siri;
— sanitar — gigiyenik qoidalar.
«5» baho o'z joyida eng ko'p tarqaigan mavsumiy hodisalar to'g'risidagi to'liq bilimlarga, ular o'rtasida sabab-oqibat bog'la-nishlarini ko'rsatish bilan va o'zining tabiatdagi kuzatishlariga tayanib hikoya qila olish uquviga, o'z joyida ko'proq tarqaigan o'simlik va hayvonlar, ularning yashash sharoitlari to'g'risida (darslik va tabiatni kuzatish kundaligi hajmida) hikoya qila olish uquviga; o'z joyidagi odamlarning yil fasllari bo'yicha mehnatlari to'g'risida aytib bera olish uquviga qo'yiladi.
O'quvchilar odam organizmi va uning salomatligini saqlash to'g'risida aniq tasawurga ega bo'lishlari, tabiatda muntazam kuzatish olib borishlari va ularni «Kundalik kuzatish daftari»da qayd qilib borishlari; havo haroratini to'g'ri o'lchay olishlari, gerbariylarni rasmiylashtira bilishlari, kundalik materiallarga oid kuzatishlariga yakun chiqara olishlari kerak.
«4» bahoni qo'yishda ham o'sha talablarga rioya qilinadi, biroq bunda bir oz noaniqlikka yo'l qo'yilgan bo'ladi.
«5» va «4» baholari o'quvchilarga faqat darslik materialini bilganlarigagina emas, balki o'quv-tajriba maydonidagi, shuningdek, ekskursiya vaqtidagi faol ishlariga, kuzata olishlariga hamda tabiatning o'zidan bilim ola bilishlariga ham qo'yiladi.
«3» baho tabiat to'g'risidagi noaniqlik, uzuq-yuluq bilimlarga, sabab-oqibat aloqalarini aniqlay olmaslikka, tabiatning mahalliy hodisalari, o'simlik va hayvonlari, tabiatdagi odamlar hayoti haqida bilim yetarli bo'lmaganda, tabiatda kuzatishlarni muntazam olib bormaganda va kuzatishlar kundaligini muntazam yuritmaganda qo'yiladi.
Salbiy baho qo'yilmaydi.
4- sinf. Bu sinf o'quvchilari o'quv yili yakunida quyidagilarni
bilishlari kerak:
— yashash joyi tabiatining xususiyatlari (tekislik, tuproq, foydali qazilmalar, suv havzalari, o'simlik va hayvonlar)ni;
— kishilar mehnatini;
— foydali qazilma (temir va mis rudasi)ning fizik xossalarini;
— tabiat zonalari xaritasida O'zbekistonning geografik joylashishi, o'rnini;
— turli tabiiy sharoitlar va ularning kishilar tomonidan o'zlashtirilishini;
— tabiatni muhofaza qilish bo'yicha O'zbekistondagi asosiy tadbirlarni;
— tabiatda o'zini tutish qoidalarini;
— yerning tuzilishi xossalari, uning tepaliklari (globus, geografik xarita)ni;
— quruqlik va okeanlar nomlarini. O'quvchilar bajara olishlari shart:
— yarim sharlar, tabiiy zonalar, fizik xarita va globusdan O'zbekiston Respublikasini chegaralab so'zlab berishni;
— globus va xaritada ufq tomonlarini aniqlash, o'rganilgan zonalarni topish va ko'rsatishni;
— tabiatdagi o'zaro bog'liqlik, tabiat va inson o'rtasidagi bog'liqlikni tushuntirishni;
— tabiiy iqlim, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy sharoitlar, odamlar mehnati o'rtasidagi bog'liqlikni keltira bilishni;
— «Kundalik kuzatish daftari»ga ob-havo kuzatishlarining natijasini belgilab borishni;
— tabiat atrofni muhofaza qilish chora-tadbirlarini qo'llash, tabiatda o'zini tuta bilishni.
«5» baho o'quvchiga dasturning asosiy mavzulari bo'yicha aniq bilimlarga — reja bilan xaritaning, joyida ufq tomonlarning farqiga borishiga, kompasdan foydalanishiga, o'z o'lkasi tabiati to'g'risida (darslik yoki mahalliy o'lkashunoslik qo'llanmasi hajmida) gapirib berishiga, o'z kuzatishlaridan amalda foydalanish uquvlariga, shuningdek, Vatanimiz tabiati to'g'risida to'g'ri. to'liq hikoya qila bilishiga, har xil zonalar tabiatidagi sabab-oqibat aloqalarini ko'rsata olishiga; tabiatni avaylab-asrash nimadan iboratligini va odamlarning tabiatni qanday asrayotganliklarini tushuntira olishiga; amaliy ishlarni to'g'ri bajarishi va «KundaIik kuzatish daftari»ni muntazam yuritishiga qo'yiladi.
«4» baho o'shabilimlaruchun qo'yiiadi, ammojavobberishda uncha katta bo'lmagan noaniqlikka yo'l qo'yilgan bo'ladi.
«3» bahosi bilimlarning noaniqligi, to'Ia emasligi, o'quv materiaHning bo'sh ekanligi, hikoyada o'z kuzatishlaridan
foydalana olmaganligi amaliy ishlar va kuzatishlar kundaligi yuritishni sifatsiz bajarganligi uchun qo'yiladi.
«2» bahosi o'quvchi kerakli narsani topolmagan va uning xususiyatlarini to'g'ri ta'riflay olmagan, shuningdek, shu guruh-ning xarakterli betgilarini ko'rsata olmagan, hodisalarni tushun-tirolmagan va aniq misollar keltirolmagan, tajriba o'tkazolmagan, xulosalarni ifodalay olmagan hollarda, shuningdek, javob berishda adashib, biroq materialni tushunganida qo'yiladi.
«1» bahosi o'quvchi butunlay javob bermagan yoki «taxminan» javob bergan, materialni tushunmagan hollarda qo'yiladi,
O'qituvchi bu me'yorlardan foydalana borib, har bir o'quvchi-ning individual xususiyatlarini, uning o'quv materialini o'zlash-tirishga ishtiyoqini, o'zining kamchiliklari va qiyinchiliklarni bartaraf qilish qobiliyatini hisobga olishi zarur.
Baho sinfdagi yoki joylardagi amaliy ishlar uchun ham qo'yilishi murnkin. Bunda ishning izchil va puxta bajarilishi, o'quvchining mustaqillik darajasi, olingan xulosalarning to'g'riligi, ularni ifodalana olishi hisobga olinadi. Har oyda kamida bir marta o'quvchilarning «Kundalik kuzatish daftari»dagi ishlar baholanadi. Baholashda kuzatishlarning mustaqilligi, o'z vaqtida o'tkazilganligi, ob-havoni qayd qilishning to'g'riligi hisobga olinadi. «Kundalik kuzatish daftari»da o'quvchilar yo'l qo'ygan imlo xatolari albatta tuzatiladi, ammo tabiatshunoslik bo'yicha baho qo'yishda bu hoi hisobga olinmaydi, ammo uni bartaraf etishni e'tiborga olish zarur.
O'quv choragi yoki yili uchun yakuniy baho qo'yishda o'qituvchi o'quvchilarning dastur talablarida ko'rsatilgan bilim, o'quv va ko'nikmalarni qanchalik egallaganliklarini hisobga olishi lozim, Bunda o'quvchilarning og'zaki javoblari, amaliy faoliyatlari va «Kundalik kuzatish daftari»ni yuritish sifati hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |