Bilimlarni takrorlash, o'quvchilarning bilim, uquv va ko`nikmalarini tekshirish, uning turlari.
O'qituvchining o'qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o'quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi o'qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o'rganish uchun tayanchdir.
Tabiatshunoslik darslarida o'tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o'rganish jarayonida va uni o'rganishdan keyin, shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o'tkaziladi.
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu: 1) ko'rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo'yicha suhbat vaqtida, o'quvchilar tomonidan tajribalar o'tka-zilganida; 2) masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida; 3) qiziqarli savollarga javob berilayotganida bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir.
Takrorlash turlaridan bin o'quvchilar bilimini og'zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfdan umumiy so'rash yoki ayrim o'quvchilardan individual so'rash ko'rinishida o'tkaziladi.
Umumiy so'rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko'proq o'quvchilarni jalb qilish va sinf e'tiborini ushlab turish imkoniyati bo'ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o'quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon ber-maydi va ularga o'z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga xalaqit beradi. Shuning uchun ham individual so'rash, ya'ni ayrim o'quvchining ravon hikoyasi so'rashning asosiy turi hisoblanadi.
So'rash jarayonida o'qituvchi o'quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab olinganligini, ularning o'rganiiayotgan jonsiz tabiat obyektlari, o'simlik va hayvonlar to'g'risidagi tasawur va tushunchalari qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash kerak bo'ladi. Shunga ko'ra materialni faqat og'zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. O'quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o'z hikoyalarini o'qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o'quv quroliarini ko'rsatish bilan birga olib borsinlar.
Alohida o'quvchidan so'rash butun sinf bilimlarini mustah-kamlashga yordam berishi munosabati bilan sinf e'tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf e'tiborini faollashtirish uchun savolni barcha o'quvchilarga berish, keyin esa tayinli o'quvchini javobga chiqarish lozim. Bu o'quvchilar diqqatlarini to'plashga va materialni xotirada tiklashga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, javob beruvchi o'quvchi yo'l qo'ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to'ldirish va qo'shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni tahlil qilib borishni taklif etish kerak. O'qituvchi javob berayotgan o'quvchiga e'tibor berish bilan birga butun sinfni o'z nazorati ostida ushlab turmog'i lozim. O'quvchilar e'tiborini bo'shashganligini o'z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini o'z vaqtida payqash va bartaraf qilish g'oyat muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |