Bilimlarni yozma tekshirish. Tekshirishning bu turi savollarga yozma javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o'tkaziladi. Yozma ishlar uchun o'rganilgan obyektlarni sanab berish bilan bog'liq bo'lgan:
1) tabiat hodisalari, landshaftlarning ayrim elementlari va odamlarning xo'jalik faoliyatlari o'rtasidagi aloqa yoki o'zaro bog'liqlikni ochib berish;
2) bolalarning tabiatshunoslik tushunchalarini bilib olganlik-larini aniqlash;
3) tabiatdagi kuzatish va natijalarni ta'riflashni mo'ljallash, tabiiy obyekt yoki jarayonlarni rasmlar chizish yordamida tasvirlash;
4) tabiat obyektlarini tanib olishga oid savollar taklif qilinadi.
Misol tariqasida «Dala o'simliklari» mavzusi (3- sinf) bo'yicha tekshirish ishi uchun savollar keltiramiz: 1. Paxta urug'i nima deb ataladi? 2. G'allaning poyasi nima deb ataladi? 3, Poliz o'simliklarining qaysilarini bilasiz? 4. Uzum qanday ko'paytiriladi? 5. Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?
Yozma ish uchun tezis tipidagi dasturlashtirilgan topshiriqlar, raqamli diktantlar, dasturlashtirilgan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |