IIKT BIA-71 Abdullayev.Abdulla Savollar: 1. Keyns gʻoyalarining hozirgi kundgi aahamiyati 2.Iqtisodiy faoliyat va takror ishlab chiqarishjarayoni 3.Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining oqimlari J.M.Keyns Klassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib ―Buyuk depressiya davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo bo‘lgan omillar ta‘sirini nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu bozordagi jarayonlarni narxsiz mexanizmlar bilan tushuntirishni zarur qilib qo‘ydi. J.M.Keyns Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M. Keyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro darajadagi tahlil zarurligini tasdiqladi va XX asrning 30-yillaridan iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Dj.M. Keyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z- o‘zini tartibga solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini asosladi. U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va foiz stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Keyns talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan faol makroiqtisodiy siyosat zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq turdi. U ishlab chiqarish va bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki yalpi talabga bog‘liqligini isbotladi. Keyns fikricha, yalpi sarflar tarkibiy qismlaridan har biri, asosan iste‘mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi mumkin Iqtisodiy faoliyat va takror ishlab chiqarish Iqtisodiyot murakkab va ko’pqirrali tushuncha bo’lib, bu birinchidan xo’jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va uchinchidan, fan darajasida mujassamlashgan bilimlardir. Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik yuritish Takror ishlab chiqarish bu jarayonning to‘xtovsiz takrorlanib, yangidan boshlanib turishidir. Takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi.Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me‘yorda, o‘zgarmasdan va
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab
chiqarish - ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste‘mol qilish
jarayonlarining birligidan iboratdir. Ishlab chiqarish jarayonida tovar va xizmatlar
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va
nihoyat, iste‘mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |