4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Ispaniyaning ko‘chmas mulkni baholash tizimi



Download 1,73 Mb.
bet1/4
Sana21.12.2022
Hajmi1,73 Mb.
#893154
  1   2   3   4
Bog'liq
kadastr 4 ish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR
FAKULTETI GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA
KADASTR YO‘NALISHI 3-KURS O‘ZBEK GURUHI KO‘CHMAS MULKNI BAHOLASH FANIDAN
4-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Ispaniyaning ko‘chmas mulkni baholash tizimi

Bajardi: Toyirov A.
Qabul qildi: Ochilov Sh.

TOSHKENT – 2022




Ispaniyaning ko‘chmas mulkni baholash tizimi
REJA:
1.Kirish.
2.Ispaniya haqida ma’lumot.
3. Ispaniyada ko‘chmas mulk tushunchasi.
4.Hozirgi kadastr tizimi, ko‘chmas mulkni baholash tizimi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH



  • Maydoni-504 782 kv.km.

  • Aholisi-47 370 000 dan ortiq.

  • Poytaxti-Madrid.

  • Boshqaruv shakli-parlamentli monarxiya.

  • Pul birligi-yevro.

  • Rasmiy tili-ispan tili

  • Ma’muriy tuzilishi: 17ta muxtor viloyat,ular esa

50 provinsiyaga bo’linadi.Shuningdek, 2ta muxtor shaharga va suveren hududlarga ega. Ispaniya janubiy-g’arbiy Yevropada joylashgan. G’arbda Portugaliya, janubda Gibraltar, shimolda Fransiya va Andorra bilan chegaradosh. Pireney yarimorolining 80% qisimini egallaydi. Kattaligi bo’yicha Yevropada 5-o’rinda.
Yevropaning eng tog’li hududlaridan biri.Eng baland nuqtasi Syerra Nevada-3478m.Ispaniyada yilning o’rtacha 260-285 kuni quyoshli bo’ladi.Yillik o’rtacha harorat +20°C. Oldin Ispaniya o’rmonlar ko’p bo’lgan, hozirgi kunda hududning 30% qisimini o’rmonlar tashkil qiladi. Ispaniya iqtisodiyoti qishloq xo’jaligiga asoslangan bo’lsada Yevropada sanoat sohasida ham yetakchilaridan hisoblanadi.
ISPANIYA HAQIDA MA’LUMOT.
Ispaniya davlati 1479-yilda Arogan va Kastiliyaning birlashishi natijasida tashkil topadi.1947-yilda Ispaniya qirollik deb e’lon qilinadi.1985- yilda Yevropa ittifoqiga qo’shiladi.1978-yilda konstitutiyasi qabul qilinadi.1992-yil 17-martda O’zbekiston bilan elchilik munosabatlari o’rnatiladi.
Ispaniyada turizim sohasi juda yaxshi rivojlangan. Yiliga har yili 60 million sayyoh tashrif buyuradi. Tashqi savdoda asosan Yevropa Ittifoqi, AQSH va Lotin Amerikasi davlatlari bilan sherikchilik qiladi.
Aholisining asosiy qisimini ispanlar,kataloniyaliklar,basklar va galiyaliklar tashkil qiladi.XX asr so’ngidan boshlab Lotin Amerikasi,Mag’rib va qisman Sharqiy Yevropadan kelgan muhojirlar hisobiga ko’payadi. Aholining 70% dan ortiq qisimi katoliklardan, musulmonlar 5% dan ortiq, 1% yaxudiylar va boshqa din vakillaridan iborat. Shahar aholisi 76% ni tashkil qiladi. Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60 % dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan.
Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda.

100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtoz-dlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, kora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng mikyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.





Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish