4-5-mavzu. Turizm turlari va klassifikatsiyasi Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana16.03.2023
Hajmi0,62 Mb.
#919562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-ma`ruza

2.2.Turizm klassifikatsiyasi 
 
Hozirgi zamon turizmini klassifikatsiya qilish uchun eng avvalo 
uning asl mohiyatini ochib beradigan belgilarni aniqlash maqsadga 
muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, turizmning asl mohiyatini geografik 
belgilar, turistik oqimlarning yo„nalishi, maqsadi, mablag„ bilan 
ta‟minlanganligi, harakatlanishi, joylashishi, turistlar soni, tashkiliy va 
huquqiy asoslari ochib beradi. Ushbu belgilarga ko„ra turizm 
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. (1-jadval).
 
1-jadval 
Turizm klassifikatsiyasi 
Klassifikatsiya belgilari 
Turizm turlari 
1. Geografik belgilar
 
Ichki, xalqaro
 
2. Turistik oqimlar yo„nalishi
 
Kelishi, ketishi
 
3. Maqsadi
 
Rekratsiya, davolanish va dam olish, ko„rish 
(ekskursiya), tadbirkorlik (ish yuzasidan), 
ilmiy, sport va dam olish, shop-turizmi, 
qiziqish, ziyorat qilish, ekoturizm, ekzotik va 
boshqalar. 
 
4. Mablag„ bilan ta‟minlanish 
manbai
 
Ijtimoiy, savdo
 
5. Harakatlanishi
 
Piyoda, samalyotda, dengizda, daryoda, 
avtomatika bilda, poezda, velosipeda, aralash
 
6. Joylashish joyi
 
Mehmonxonada, 
motelda, 
pansionotda, 
kemping, palatkada 
 


7. Turizmda qatnashuvchilar
 
Yolg„iz, oilaviy, guruh
 
8. Tashkiliy shakli
 
Tashkiliy, ixtiyoriy
 
 
Bizningcha turizm klassifikatsiyasi yana boshqa bir qancha 
ko„rinishlarga ham egadir. Jumladan buni 2-jadvalda quyidagicha 
ko`rinadi. 
2-jadval
Turizm klassifikatsiyasi 
Sayohatda ishtirok 
etuvchilar va 
qatnashadiganlar soniga 
ko‘ra
Individual (yakka), guruh, oilaviy 
Dam olish regioniga ko‘ra
Milliy, xalqaro 
Turizm bozori
Ichki, xalqaro 
Tashkil etish xususiyatiga 
ko‘ra
Tashkillashtirilgan, tashkillashtirilmagan, mustaqil 
Maqsadiga ko‘ra
Dam olish, sog„liqni tiklash (sanatorniya), 
rekreatsiya, sog„lomlashtirish, ishbilarmonlik, 
ta‟limiy, diniy, ziyorat, shopturizm, sog„inish-
qumsash (nostalgicheskiy) va boshqalar.
Yoshiga ko‘ra
Bolalar, 
yoshlar, o„rta yoshdagilar, keksa 
yoshdagilar, qarilar 
Xarakatlanish vositasiga 
ko‘ra
Avtomobil, avtobus, suv (kruiz), piyoda, temiryo„l, 
xavo, velosiped va boshqalarda 
Faoliyat turiga ko‘ra
Ishbilarmonlik, tanishuv, sport, ekologik, kongress, 
ekstremal, qishloq (agroturizm) va boshqalar 
Tabiiy resurslardan 
foydalanishga ko‘ra
Tog„, dengiz, o„rmon, daryo, plyaj, davolanish 
Hududiy xarakteriga ko‘ra
Kontinental, dengizbo„yi, orol 
Moliyaviy manbasiga ko‘ra
Tijorat, ijtimoiy (sotsial) 
Turistlarni joylashtirish 
vositasiga ko‘ra
Mexmonxona tipi, mexmonxona bo„lmagan tipi 
Sayohatning uzoq-yaqinligi
Yaqin, uzoq 
Sayohatning davomiyligi
Qisqa, o„rta, uzoq 
Turistik potoklarning 
intensivligi
Mavsumiy, yil davomida (doimiy) 
Ichki turizm yoki ko`p hollarda mahalliy turizm sifatida ham 
ishlatiladi. Agar turist o„z yashab turgan mamlakat hududdan 
chiqmasdan sayohat qilsa, turizmning bunday shakliga ichki turizm deb 
ataladi. Bunday turistlar uchun viza kerak emas, o„zining milliy pulidan 
foydalanadi. Ayrim ma‟lumotlarga qaraganda turistik sayohatlarga 
chiqishning asosiy qismi ichki turizmga to„g„ri keladi. Ichki turizmning 


rivojlanishi har bir mamlakatda turistik resurslardan foydalanish, turizm 
infratuzilmalarini rivojlantirish, turizm bo„yicha mutaxassis kadrlar 
tayyorlash imkoniyatini beradi.
 
Keyingi yillarda xalqaro turizm bilan ichki turizm orasida bir-biriga 
yaqinlashuv yuz bermoqda. 1985 yil 14-iyun oyida Yevropa 
davlatlarining bir guruhi Gollandiya, Belgiya, Germaniya, Fransiya, 
Lyuksenburg, Italiya kabi davlatlarning hukumat boshliqlari Shengel 
hamkorligiga imzo chekdilar. (2019 yilda 22 ta davlatda shingen 
shrtnomasi amal qiladi). Keyingi yillarda Yevropa davlatlarining 
ko`pchiligi yagona pul muomalasi «Yevro»ga o`tmoqdalar. Bu esa 
ushbu mamlakatlarning barchasida pul, tovar va turistlarning erkin 
harakat qilish imkoniyatini beradi. Ushbu davlatlarda yagona viza 
siyosati amalga oshirildi. Bu esa Yevropaga turistlar oqimining ko„plab 
kelishi va ularning viza uchun ortiqcha mablag„ va vaqt sarflanmasligiga 
olib keldi.
 
Xalqaro turizm. Turistlarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga 
borib, undagi tarixiy, madaniy ob`ektlari bilan tanishish, ko„rish, dam 
olishga, davolanish va h.k. maqsadlargagi tashrifidir. Xorijiy 
mamlakatlarga pul ishlab kelish uchun borish turizmga kirmaydi. 
 
Xorijiy davlatlarga sayohatga chiqishdan oldin sayohatga chiqayotgan 
kishilar uchun viza ochiladi, ular tibbiyot ko„rigidan o„tkaziladi, milliy 
pul, xorijiy mamlkat puliga almashtiriladi. Bunday ishlarning amalga 
oshirilishi eng avvalo aholini noqonuniy migratsiyasiga, narkotik moda 
va fohishabozlikka qarshi kurash va boshqa maqsadlarda amalga 
oshiriladi. Xalqaro turizmning ikkinchi o„ziga xos xususiyati yana 
shundan iboratki, xalqaro turizm mamlakat iqtisodiyotiga katta ta‟sir 
ko„rsatadi. Chet ellik turistlarning turizm xizmatlaridan foydalanishi
turist qabul qilgan mamlakatga valyuta tushumining ortishiga olib 
keladi. Shu sababli xalqaro turizm faol turizm deyiladi. Shu bilan birga 
turistlarni eksport qiluvchi mamlakatlarda pulning bir qismi turistlar 
bilan chiqib ketadi. Shu sababli faqat turistlarni eksport qiluvchi 
mamlakatlardagi turizm passiv turizm deyiladi. 
 
Xalqaro turizmda qatnashuvchi turistlarning 65 foizi Yevropa 
mamlakatlariga, 29 foizi Amerikaga, 15 foizi boshqa mamlakatlarga 
to„g„ri keladi.
 
Rekreatsiya turizmi-turistlarning o„z yurti yoki biror bir mamlakatga 
dam olishi uchun borishidir. Ispaniya, Italiya, Fransiya va Avstriyaga 
boruvchi turistlar ko„proq dam olish uchun boradilar.
 


Davlolanish turizmi. Ushbu tardagi turizm shaxsiy xarakterga ega 
bo„lib, ko„p hollarda turistlar o„z sog„lig„ini tiklash, yani davolanish 
uchun bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish 
turizmining muddati ko„p hollarda 24-29 kunni tashkil qiladi. 
Davolanish turizmi organizmga ta‟sir ko„rsatishiga qarab, iqlimiy, 
dengiz iqlimida davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida 
davolanish kabi turlarga bo„linadi.
 
Ko„rish (Tanishuv) turizmi. Turizmning ushbu turi biror bir mamlakat 
hududini tomosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat qilishdan asosiy 
maqsad-turistlarning dunyoqarashini kengaytirishdir. Tomosha qilish 
uchun sayohatga chiqishning muhim turlaridan biri avtomobillarda
avtobuslarda sayohat qilish hisoblanadi.
 
Tadbirkorlik turizmi. Turizmning ushbu turida turistlar ma‟lum bir 
maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Ish 
yuzasidan amalga oshiriladigan turistlarga davlat yoki biror bir tashkilot 
tomonidan safar xarajatlari to„lanadi. Shu sababli ko„pchilik davlatlar 
o„zlarida ko„proq xalqaro yig„ilishlar o„tkazishga harakat qiladilar. 
Tadbirokor turizmida savdo-sotiq ishlarini tashkil qilish, ilmiy kongres, 
anjuman, ishlab chiqarish seminarlari, stanoklarining Yangi texnologik 
linyalarini ishga tushirish, xalqaro ko„rgazmalar, shartnomalarni 
imzolash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu turizmga umumiy turistlar 
oqimining 10-20 foizi to„g„ri keladi.
 
Ilmiy turizm. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o„qish, ta`lim 
olish, malakasini oshirish, anjumanlarda ishtirok etish uchun amalga 
oshiriladigan tashriflar ilmiy turizm deb ataladi. Turizmning ushbu turi 
Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarda 
rivojlangan.
 
Sport turizmi. Turizmning Ushbu turi sportchilarning turli 
musobaqalarda qatnashishi, ma‟lum sport turi bo„yicha tayyorgarlik 
ko„rish uchun joy mamlakatlarga borishidir.
 
Shop turizmi. Xorijiy mamlakatlarga har xil tovarlar sotib olishi 
tushuniladi. Jumladan, turistlar Turkiya, Italiya, Portugaliya va Suriyaga 
poyafzal, trikotaj va boshqa tovarlar sotib olish uchun borsa, 
Hindistonga to„qimachilik mahsulotlarini sotib olish uchun Gretsiya va 
Argentinaga mo„yna, po„stin sotib olish uchun borishadi. Turizmning 
ushbu turi hisobiga tovar sotuvchi mamlakatlar katta foyda oladilar. 
Jumladan, Turkiya turistlarga tovar sotish evaziga yiliga 8-10 mlrd 
dollar foyda oladi.
 


Tasodiflar turizmi. Turizmning ushbu turi yovvoyi hayvonlarni ov 
qilish, baliq ovlash, qadimgi boyliklarni izlab topishga qaratilgan 
ishlarni amalga oshiradi. Tasoddiflar turizmi quyidagi turlarga bo„linadi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish