Sanoati. Rossiya ko’mir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, meneral o’g’it, gazlama, po’lat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. 2000 yilda 400 mln. tonna neft va sal kam 600 mlrd. kub. metr tabiiy gaz hamda 280 mln. tonna ko’mir qazib chiqarildi.
Neftning ko’p qismi Volga bo’yi – Ural regionida, G’arbiy Sibir, Saxalin va boshqa joylardan qazib olinadi. Neftni aksariyat qismini «LUKOYL», «Slavneft», «Rosneft», «Bashneftexim» kompaniyalarining korxonalarida qayta ishlanadi. Qazib olingan neftning 99,5% i «Transneft» birlashmasining magistral quvurlari (jami uzunligi 48,5ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari bo’yicha Rossiya dunyoda birinchi o’rinda (32% dan ko’proq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni ta’minlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi Yamal - Nenes muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyari, konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni «Gazprom» birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral quvurlarining asosiy tizimlari – G’arbiy Sibirdagi gazga boy yerlardan, Volgabo’yidan, Uraldan, Shimoliy Kavkazdan gazni Markaziy Rossiyaga hamda Xorijga yuboradi.
Ko’mir zaxiralari 22 yirik ko’mir xavzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Ko’zbass va Pichora, Kansk – Achinsk, Janubiy Yakutya xavzalari Rossiyaning eng yirik konlari hisoblanadi. 2000 yilda 290 mln tonna ko’mir qazib olindi.
Yelektr energiya ishlab chiqarish bo’yicha Rossiya dunyoda AQSh dan keyingi o’rinda turadi (2000 yilda 910 mlrd kvt/s, 2001 yilda 888 mlrd kVt/s). Elektr quvvatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqaradi (70% dan ortiq). GYeS larning hissasi 18%, AESlarning hissasi esa 12%ga teng.
Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri 2000 yilda 80 mln.t. temir rudasi qazib olindi va 42 mln t. cho’yan, 51,6 mln.t. po’lat eritildi. Bu ko’rsatkich bo’yicha Yaponiya, Xitoy va AQSh dan keyin to’rtinchi o’rinni egalladi. Qora metallurgiya markazlari – Ural, Markaziy Qorato’proq va G’arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari Nijniy Tagil, Magnitogarsk, Chelyabinsk, Novotroitsk , Novokuznetsk va boshqalar.
Qalay, miss, qo’rg’oshin, Rux, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyani eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqalar.
Mashinasozlik Rossiyaning hamma iqtisodiy rayonlarida mavjud. Energetika, transport, Kime, neft mashinasozligi, avivsiya va raketa – kosmos sanoati, radio-elektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozlik va kemasozlik kabi tarmoqlar tez rivojlandi. Stanoksozlik mahsulotlari Markaziy, Shimoliy-G’arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi. Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar, ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning eng yirik korxonalari Moskva, Yaroslav va Nijniy Novgoroda qurilgan edi. Hozirda Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlardagi korxonalarda yengil ishlab chiqariladi. Engels shahrida (Saratov oblasti) troleybuslar ishlab chiqariladi.
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Rostov-Don, Taganrog kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan. Rossiyaning 72 sub’ektida mudofaa sanoati tarmoqlarining 1700 korxona va tashkiloti bor.
Kimyo sanoati. Superfosfat sanoatining eng yirik korxoanalari Voskresensk, Sanob-Peterburgda, azot o’g’itlari ishlab chiqarish bo’yicha Djerjinsk, Berezniki kombinatlarida rivojlangan. Hozirgi vaqtda sun’iy va sintetik tola ishlab chiqarish rivojlanmoqda.
O’rmon sanoati. Umumiy o’rmon maydonlari 766 mln.ga ni tashkil etgan holda, dunyodagi yog’och zahiralarining 22 % Rossiyaga to’g’ri keladi. Rossiya o’rmon sanoati yog’och tayyorlash, yog’ochsozlik, sellyuloza – qog’oz, gidroliz va yog’och kimyosi tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisiy, Bradsi, Ashur o’rmon sanoati majmualari barpo etilgan.
Yengil sanoatda to’qimachilik yetakchi o’rinda. Uning yirik markazlari bo’lgan Ivanova, Moskva, Yaroslavl, Orexova – Zuevo, Tver shaharlarida ip, zig’ir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati barcha iqtisodiy rayonlarda rivojlangan. Shimoliy va Uzoq sharqda, Qora, Azov va Kasbiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |