Qishloq xo’jaligi . Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 197,6 mln. gektar: shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabo’yi, Shimoliy, Kavkaz, Uran va G’arbiy Sibir iqtisodiy rayonlariga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotning 47,2 % ni dehqonchilik va 52,8 %ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: g’alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabzavot, zig’ir va boshqalar.
Volgabo’yi , Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir, Uran va Markaziy rayonlarda bug’doy, Shimoliy, Shimoli-g’arbiy va Markaziy rayonlarda zig’ir, markaziy va Shimoliy Kavkazda qand lavlagi yetishtiriladi. Rossiyaning tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabo’yi, G’arbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz, Uran, Markaziy iqtisodiy rayonlarda qoramol ko’proq boqiladi. Cheka Shimolda bo’g’ichilik va hayvonotchilik rivojlangan.
Transporti. Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Temir yo’lning 139 ming km (86 ming km magistral temir yo’l) bo’lib, dunyoda uzunligi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda. Uning 1+3 qismi elektrlashtirilgan. Qattiq qoplamli avtomobil yo’llari uzunligi 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yo’llari uzunligi 84,6 ming km, magistral neft va gaz quvurlari uzunligi – 213 ming km umumiy yuk tashish aylanmasida dengiz 13%, quvur tarnsporti 29%, Temir yo’l 52,7% va daryo 3,7% ni tashkil etadi. Tashqi savdo yuklarining aksariyati lengiz tarnsportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 8,3 mln. tonna dedveyt.
5. Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari. XX – XXI asr bo’sag’asida jahon xo’jaligi strukturasi va sub’ektlari tahlili asosida Rossiya Federatsiyasining Jahon xo’jaligida tutgan o’rni va rivojlanish istiqbolini bilish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, 1995 yil boshlarida Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik kometiti tomonidan qabul qilingan «Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik kometeti tomonidan qabul qilingan. «Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik strategiyasining asosiy nizomi to’g’risida»gi qonunda uning tashqi iqtisodiy strategiyasi asosiy yo’nalishlari mam lakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va tashqi bozorlarida iqtisodiy potensialni saqlash, ijtimoiy – iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo’yicha chet mamlakatlarga yoki ularning uyushmalariga qaram bo’lib qolmaslik, texnik iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashdir, deb ko’rsatib o’tilgan edi.
Hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, Rossiyaning jahon iqtisodiyotidagi ahvoli mutlaqo qarama-qarshiliklardan iborat. Ichki tavofutlarga keladigan bo’lsak, mamlakatda iqtisodiyotning xomashyoga yo’naltirilganligi; Moskvadagi moliyaviy markazlar va yoqilg’i-energetika majmuasi hamda oligarx-axborot tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiniga ta’siri; moliya resurslarining 95 foizdan ortiq qismi Moskva Sankt – Peterburg va Yekaterinburg kabi shaharlarda to’planishidir. Shuning eng yirik dengiz portlari: Sankt – Peterburg, Vaniko, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok, Havo transportining ahamiyati ham yuqori.
Iqtisodiy rayonlari. Orssiya – dunyoda qudratli eksport va import imkoniyatlarga ega bo’lgan davlatlardan biri, u chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, neft, tabiiy gaz, kimyoviy moddalar yog’och, to’qimachilik mahsulotlari eksport qiladi. 2000 yilda tashqi savdo oboroti 140 mlrd dollardan ortiq bo’lgan. Shu yili Rossiya tashqi obzorga 110 mln. t neft, 100 mlrd, m3 tabiiy gaz, 18 mln.t ko’mir, 13 mln.t temir rudasi va boshqalarni yetkazib berdi. Yoqilg’i – energetika resurslarining ulushi 44% ni tashkil qildi. Rossiyaning savdodagi yetakchi hamkorlari Germaniya, Xitoy, Italiya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniyadir. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 2003 yil 1 mlrd, 199,1 mln AQSh dollariga yetdi. Ikki mamlakat ishbilormanlarining hamkorligi tufayli O’zbekistonda 520 ta qo’shma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% bo’lgan o’nlab korxona bor. Ko’plab kompaniyalarni O’zbekistonda o’z vakolatxonalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |