Oltingugurtning murakkab kislotalari
Tiosulfat kilotasi – H2S2O3 – tiosulfat kislota deb yuritiladi. Bunday tarkibli kislota erkin holatda mavjud emas. Lekin uning tuzlari – tiosulfatlar barqaror moddalardir.
Natriy tiosulfat - Na2S2O3 – tiosulfat kislotabing tuzlaridir. Agar 78 C da vodorod sulfide va sulfat angidrid ta’sir ettirilsa H2S2O3 hosil bo’ladi.
H2S + SO3 = H2S2O3
Tiosulfat kislota odatdagi sharoitda tez parchalanadi, u beqaror modda:
H2S2O3 = H2O + SO2 + S
Odatda tiosulfatlar natriy sulfitiga oltingugurt qo’shib olinadi:
Na2SO3 + S = Na2S2O3
S
Na -----O
S
Na -----O
O
S2O32- ionida oltingugurtlardan birining oksidlanish darajasi -2 ga teng. Natriy tiosulfat - Na2S2O3 ning xlor bilan ta’siridan sulfatlar hosil bo’ladi:
Na2S2O3 + Cl2 + H2O = Na2SO4 + S + 2HCl
Hosil bo’lgan oltingugurt xlor ta’sirida sulfat kislotagacha yokinuning tuzlarigacha oksidlanadi:
S + 3Cl2 + 4H2O = H2SO4 + 6HCl
Oxirgi mahsulot tarkibi quyidagicha:
Na2S2O3 + 4Cl2 + 5H2O = 2NaHSO4 + 8HCl
Agar tiosulfatlarga bromli suv ta’sir ettirilsa, oltinguigurt cho’kmasi hosil bo’lishi kuzatiladi:
Na2S2O3 + Br2 + H2O = Na2SO4 + S + 2HBr
Natriy tiosulfat fotografiyada kiksaj sifatida ishlatiladi. Undan analitik kimyoda yodometik tahlilda keng qo’llaniladi. Na2S2O3 – galogenlar, sianidlar bilan zaxarlanganda, shuningdek As, Pb, Hg birikmalarining ta’sirini yo’qotish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari Na2S2O3 allergiya va asab kasalliklarida ham tavsiya etiladi. Tiosulfatlarni sianidlar ta’sirini yo’qotishi ularning ta’sirida sianidlarning bezarar rodanidlarga aylanishidir:
KCN + Na2S2O3 = KCNS + Na2SO3
Tiosulfatlar juda oson kompleks birikmalar hosil qilish xossasiga ega:
AgCl + Na2S2O3 = Na│AgS2O3│ + NaCl
Tion kislotalar. Yuqoridagi natriy tetrationat tion kislotaning tuzidir. Umumiy formulasi H2SnO6 bo’lgan kislotalar polition kislotalar (n=3, 4, 5, 6, 7, 20 gacha ) deyiladi.
H2S2O6 – dition;
H2S4O6 – tetration;
H2S5O6 – pentation va h.k.
O O
H – O S O – H
S S
O O
Xlorsulfon kislota HSO3 – Cl sulfat kislotaniong chala xlorangidridi bo’lib, SO3 ga HCl ta’sir ettirib olinadi:
SO3 + HCl = HSO3 – Cl
Xlorsulfon kislota oson gidrolizga uchraydi va sulfat kislotaga aylanadi:
HSO3 – Cl + H2O = H2SO4 + HCl
Pirosulfat kislota – H2S2O7 sulfat kislotadan suv ajralib chiqishidan hosil bo’lgan mahsulotdir:
2H2SO4 = H2S2O7 + H2O
O O
H – O O O – H
S S
Monoperoksisulfat kislota – HOOSO3H. Vodorod peroksiddagi vodorodning bir qismi sulfoguruhga almashinganda hosil bo’lgan mahsulotdir. U quyidagicha tuzilish formulasiga ega:
O
S
H -- O – O O – H
O
H2SO5
H2SO5 oltingugurt (VI) oksidining suvsiz H2O2 da erishidan hosil bo’ladi va Karo kislotasi ham deb yuritiladi:
H2O2 + SO3 = H2SO5
H2SO5 kristall modda (suyuqlanish harorati 45 C ). Oksidlovchilik xossalari yaqqol ifodalangan kuchlikislotalardan:
2KI + H2SO5 = K2SO4 + I2 + H2O
Biperoksisulfat kislota – HSO3 –O – O – SO3H. Vodorod peroksiddagi ikkala vodorodning sulfoguruhga almashinishidan hosil bo’lgan mahsulotdir. Empirik formulasi H2S2O8 bo’lgan kristall modda. Suvda eriganida sulfat kislota va vodorod peroksidini hosil qiladi:
H2S2O8 + H2O = H2SO4 + H2O2
Biperoksisulfat kislota juda kuchli oksidlovchi kislota hisoblanadi:
2KI + H2S2O8 = 2KHSO4 + I2
Sanoat miqyosida H2S2O8 va uning tuzlari H2SO4 ning 50 % li eritmalarini yoki gidrosulfatlarni gidrolizlab olinadi:
H2SO4 H+ + HSO4-
K (-) 2H+ + 2e H20
A (+) 2 HSO4- - 2e H2S2O8
H2S2O8 dan vodorod peroksidi olish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |