Sulfat kislotasi va uning xossalari
Xossalari. Suvsiz H2SO4 rangsiz moysimon suyuqlik, 10.3 C da kristallar hosil qiladi. Konsentrlangan kislota tarkibida 98 % kislota bor. Bu kislota o’z tarkibiga suvni shiddat bilan tortadi, shuning uchun u qurutuvchisifatida keng foydalaniladi.
Olinishi. Sulfat kislota ikki xil usulda olinadi. Sulfat kislota olishda asosiy xomashyo pirit – FeS, metal sulfidlari, oltingugurt hisoblanadi. Bu moddalarning yonishi natijasida SO2 hosil bo’ladi. Agar SO2 ni SO3 ga aylantirishda azot oksidlari – NO2 ishlatilsa, sulfat kislota olishning bu usuli “nitroza” usuli deyiladi:
SO2 + NO2 + H2O = H2SO4 + NO
Hosil bo’lgan oksidning kislorod bilan ta’siridan yana NO2 hosil bo’ladi. SO3 sulfat kislota eritmasiga yuttirilib, dastlab oleum –
H2SO4∙ SO3, keyin kerakli konsentratsiyali sulfat kislota olinadi. Odatda nitroza usulida olingan sulfat kislota konsentratsiyasi 80 % gacha bo’lib asosan mineral o’g’itlar olish uchun sarflanadi.
Hozirgi paytda ko’proq “kontakt” usuli ishlatiladi. Bu usul katalizator sifatida V2O5 yoki Pt qo’llaniladi.
Bu sulda reaksion aralashmadan fosfor, mishyak aralashmalari va boshqa katalizatorni zaxarlaydigan moddalardan tozalash shart hisoblanadi. Aralashmada kislorod miqdorining oshirilishi va jarayonni 450 C da olib borish orqali reaksiya unumi 95 – 97 % ga yetkaziladi. Bu usulda ham hosil bo’lgan SO3 oleum – H2SO4∙ SO3 ga yuttiriladi.
Xossalari. Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchidir. U ko’p qaytaruvchilarni oson oksidlaydi. Ayniqsa metallmaslarni yuqori oksidlarigacha, yoki kislotalarigacha oksidlaydi:
C + 2H2SO4 = 2SO2 + CO2 + 2H2O
S + 2H2SO4 = 3SO2 + 2H2O
2P + 5H2SO4 = 2H3PO4 + 5SO2 + 2H2O
2B + 3H2SO4 = 2H3BO3 + 3SO2
Sulfat kislotaning metallar bilan ta’siridan har xil mahsulotlar hosil bo’ladi. Suyultirilgan sulfat kislota aktiv metallar – Zn, Mg, Fe, Al bilan vodorod gazini hosil qiladi:
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2
Konsentrlangan sulfat kislota (98 % va undan yuqori), Fe, Cr, Al, Au va Pt bilan ta’sirlashmaydi. Aktivligi kambo’lgan metallar – Cu, Hg, Ag bilan ta’sirlashganda SO2 hosil bo’ladi:
Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O
Konsentrlangan sulfat kislotaning aktiv metallar – Mg, Zn,Ca bilan ta’siridan qaytarilish mahsulotlari SO2, C va H2S hosil bo’lishi mumkin:
Mg + 2H2SO4 = MgSO4 + SO2 + H2O
3Mg + 2H2SO4 = 3MgSO4+ S + H2O
4Mg + 2H2SO4 = 4MgSO4+ H2S + H2O
Sulfat kislota ikki xil tuzlar: o’rta va nordon tuzlarni hosil qiladi.
(K1 = 1∙103; K2 = 1.2∙10-2 ). Sulfat kislotaning erimaydigan tuizlariga BaSO4, Pb SO4, Sr SO4 kiradi. CaSO4 yomon eriydigan tuzlardan hisoblanadi.
Sulfat kislota kimyoviy sanoatning turli mahsulotlarini olishda juda kerak. Undan foydalangan holda boshqa kislotalar – HNO3. H3PO4, CH3COOH va boshqalar, tuzlar, o’g’itlar, bo’yoqlar olinadi.
Sulfat kislotaning eng muhim tuizlari. Natriy sulfat – Na2SO4. Suvdagi eritmalardan Na2SO4∙10H2O hosil qilib kristallanadi. Shunday tuz Glauber tuzi deyiladi. Shisha tayyorlashda, soda olishda ishlatiladi. Tibbiyotda surgi sifatida tavsiya etilgan.
Magniy sulfat - MgSO4. Dengiz suvida uchraydi, qon bosimini tushiruvchi modda sifatida tibbiyotda ishlatiladi.
Kalsiy sulfat - CaSO4. Tabiatda ko’p miqdorda CaSO4∙2H2O – gips holatida uchraydi. 150 - 170 C da qizdirilganda 1.5 molekula suvini yo’qotib, alebastr - CaSO4∙0.5H2O hosil qiladi. Suv bilan qorilganda tezda yana CaSO4∙2H2O hosil qilib qotadi. Ana shu xossasidan foydalanib qurilishda quymabuyumlar tayyorlanadi. Jarrohlikda undan singan joylarni ushlab turish uchun doka bilan birga bog’lab qo’yiladi.
Mis kuporosi - CuSO4∙5H2O. Ko’k kristall modda, suvda eriydi. Mis va uning birikmalarini olishda, mineral bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligida o’simliklarni zamburug’li kasalliklardan himoyalashda keng qo’llaniladi.
Bariy sulfat - BaSO4, amalda suvda erimaydigan modda. Rentgen – kontras modda sifatida ishlatiladi.
Kvaslar. Sulfat kislotaning qo’sh tuzlari hisoblanadi, masalan, kaliy alyuminiyli achchiqtosh – K2SO4 ∙Al2(SO4)3∙12H2O yoki qisqartirilgan holatda KAl(SO4)2∙12H2O. Bu tuz tibbiyotda qon to’xtatuvchimodda sifatida tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |