Menejmentda klassik yoki ma’muriy maktab (1920—1950). Ilmiy boshqaruv to'g'risida yozgan mualliflar o'z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish menejmentiga bag'ishlaganlar. Ular menejment bo'yicha past darajada samaradorlikni oshirish ustida ishlashgan. M a ’muriy maktabning vujudga kelishi bilan mutaxassislar tashkilot boshqaruvini umuman mukammallashtirish uchun muntazam ravishda yondashuvlar ishlab chiqa boshlaganlar. Teylor va Gilbret o'z faoliyatlarini oddiy ishchidan boshlagan va bu, shubhasiz, ularning tashkilot bilan menejment to'g'risidagi tasaw u rlarig a t a ’sir etgan edi. Ulardan farqli ravishda, ko'proq klassik maktab kabi tanish bo'lgan m a’muriy menejment maktabi30 ning mualliflari katta biznesda menejmentning oliy bo‘g ‘ini rahbarlari sifatida bevosita ish tajribasiga ega edilar. Ismi shu maktabning vujudga kelishi bilan bogliq bo‘lgan va ba’zan menejmentning otasi deb atashadigan Anri Fayol ko‘mir qazib oluvchi katta fransuz kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Insoniy munosabatlar maktabi (1930 —1950). Ilmiy menejment maktabi va klassik maktab psixologiya hali boshlang'ich holatda bo'lgan paytda vujudga kelgan. Ko'pchilik XX asrning boshida Freydning o‘sha paytdagi yangi beixtiyorlik konsepsiyasini jiddiy ravishda gumon ostiga olgan edi. Buning ustiga psixologiya bilan qiziqqanlar kamdan-kam menejment bilan qiziqardilar va o‘sha paytda inson ongi to'grisida mavjud bo'lgan kamchilik bilimlar mehnat faoliyati muammolari bilan aslo bog'liq bo'lmagan edi. Demak, garchi ilmiy menejment va klassik yondashuv mualliflari inson omilining mohiyatini tan olsalar-da, ularning baxslari adolatli to'lov, iqtisodiy rag'batlantirish va rasmiy funksional munosabatlarni o'rnatish bilan chegaralanardi. Insoniy munosabatlar uchun harakat insoniy omilni tashkilot samaradorligining asosiy elementi sifatida to'la anglashga qodir bo'imaslikka javoban tug'ildi. U klassik yondashuv kamchiliklariga reaksiya sifatida paydo bo'lgani sababli insoniy m u n o sab atlar m aktabi b a ’zan neoklassik maktab deb ataladi. Psixologiya va sotsiologiya kabi fanlarning rivojlanishi va tadqiqot usullarining mukammallashishi Ikkinchi jahon urushidan so'ng ish joyidagi axloqni o'rganishni yuqori darajada va jiddiy ravishda ilmiylashtirdi. Ahloqiy bexivioristik yo'nalish rivojining keyingi davri 34 eng yirik namoyandalari ichida Kris Ardiris, Lensis Laykert, Duglas Mak Gregor va Frederik Gersbergni birinchi navbatda eslatib o‘tish mumkin. Bu va boshqa tadqiqotchilar ijtimoiy o ‘zaro ta ’sirning, motivatsiyalarning, hokimiyat xarakteri va obro'sining, tashkiliy tuzilmalarning, tashkilotlardagi kommunikatsiyalarning, liderlikning, ish mazmuni o'zgarishining va ishchi hayoti sifatining turli jihatlarini o'rganishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |