4 – Mavzu: Innovatsiya jarayoni va uning asosiy bosqichlari. Reja



Download 23,41 Kb.
bet3/5
Sana26.02.2022
Hajmi23,41 Kb.
#465823
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu.Innovatsiya jarayoni va uning asosiy bosqichlari.

Ilmiy menejment (1885—1920). Ilmiy menejment F.U. Teylor, Frenk va Liliya Gilbret hamda Genri Gantt ishlari bilan chambarchas bog'liq. Bu ilmiy menejment maktabining ijodkorlari kuzatish, o'lchashlar, mantiq va tahlil ishlatib ko'p tarmoqli operatsiyalarni mukammalashtirish mumkin deb hisoblashgan, shuningdek, ularni samarali bajarishga erishishga harakat qilganlar. Ilmiy menejmentning birinchi uslubiy davri - ish mazmunini tahlil qilish va uning asosiy komponentlarini aniqlashdir. Masalan, Teylor irison turli o'lchovli belkurakda qancha temir ruda yoki ko'mirni ko'tara olishini g'oyat sinchkovlik bilan o'lchagan. Gilbretlar esa mikroxronometrni ixtiro qildi. Ular uni kinokamera bilan birga ishlatib, aniq operatsiyalarda qanday harakatlar bajarilishini va buning uchun qancha vaqt sarflanishini aniq bildilar. Olingan m a ’lumotlarga asoslanib ular ortiqcha harakatlarni bartaraf qilish uchun ish operatsiyalarini o'zgartirgan va standart protseduralar va jihozlarni ishlatib ish samaradorligini oshirishga intilgan. Masalan, Teylor shuni aniqladi-ki, agar ishchilar 21 funt (8,6 kg atrofida) sig'imli belkurak-kurakchalardan foydalansa, temir ruda va ko'mirning maksimal miqdori oshirilishi mumkin. Oldingi tizimga nisbatan bu fenomenal yutuqni berdi.
Ilmiy menejment insoniy omilni e ’tiborsiz qoldirmasdi. Ishlab chiqarish samaradorligini va ishlab chiqarish hajmini oshirishda ishchilarni qiziqtirish maqsadida rag'batlantirishdan muntazam ravishda foydalanish shu maktabning muhim hissasi bo'ldi. Shuningdek, ishlab chiqarishda qisqacha dam olishlar va muqarrar tanaffuslar 29 imkoniyati ham ko‘zda tutilgan edi, shu sababli, belgilangan topshiriqlarni bajarishga ajratilgan vaqt miqdori realistik va adolatli belgilangan edi. Bu rahbariyatga ishlab chiqarishning bajarilishi mumkin bo'lgan m e’yorlarni belgilashga imkoniyat bergan va kim belgilangan minimumdan oshgan bo'lsa, ularga qo'shimcha haq to'lanardi. Bu yondashuvda muhim element shuki, kim ko'p ishlab chiqarsa, o'sha ko'p taqdirlanardi. Ilmiy menejmentga oid ishlar mualiiflari ham o'zlari bajarayotgan ishlarga jismoniy va m a’naviy jihatdan mos keladigan insonlarni tanlashning muhimligini tan olardilar va ular, shuningdek, yo'qotishning ulkan ahamiyatini ta ’kidlab o'tganlar.
Ilmiy menejment, shuningdek, rejalashtirish va chuqur mulohaza qilish funksiyalarini ishlarni haqiqatan bajarishdan ajratishni himoya qilgan. Teylor va uning zamondoshlari menejment bo'yicha ish - bu aniq mutaxassislik va agar har bir ishchilar guruhi o'zi muvaffaqiyatli qiladigan narsaga e ’tiborini mujassam etsa, unda tashkilot umuman yutuqqa erishishini tan olganlar. Bu yondashuv ishchilar o'z ishlarini o'zlari rejalashtiradigan eski tizimga keskin qarama-qarshi edi. Ilmiy menejment konsepsiyasi keskin burilish bosqichi bo'lib qoldi, shu tufayli menejment ilmiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi kabi keng tan olindi. Birinchi bor omilkor rahbarlar va olimlar ilmfan va texnikada foydalaniladigan usullar va yondashuvlar tashkilot maqsadlariga erishish amaliyotida ham samarali ishlatilishi mumkinligini ko'rdilar.

Download 23,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish