4 – Mavzu: Bilish nazariyasi (Gnoseologiya). Ma’ruza rejasi


Kogerent (nazariy) konsepsiya



Download 122,47 Kb.
bet16/19
Sana07.03.2022
Hajmi122,47 Kb.
#485635
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kogerent (nazariy) konsepsiya eksperimentga muvofiq bo‘lishi, unga zid kelmasligi, uning natijalarini bashorat qilish imkonini berishi lozim.
Haqiqatning pragmatik konsepsiyasida amaliyot mezoni ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksperiment tushunchasi bilan bog‘lanadi. Biroq ilmiy amaliyot faqat eksperimentdan iborat emas, u fan qo‘llaniladigan butun maydonni, uning inson uchun hayotiy ahamiyatini qamrab oladi. Shuni hisobga olganda, insonning butun hayoti, uning fandan amalda foydalaniladigan barcha jabhalari fanning haqiqiyligini sinash maydoniga aylangan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q.
Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi.
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini aniqlash rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil topadi.
Bilish natijalarini baholash. Erishilgan natijani baholash – bilishning zarur unsuridir. Baholash yo‘li bilan inson olingan bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi, undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi. U olingan bilim keyingi bilish jarayonida ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini belgilaydi, uning insonga va shaxsning ma’naviy faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlaydi. Shu sababli baholash uchun asos sifatida nafaqat gnoseologik, balki amaliy, mafkuraviy va axloqiy mezonlar amal qiladi.
Olim o‘z faoliyatida nafaqat o‘zining metodlari va ilmiy natijalarini baholaydi, balki ularga ilmiy jamoatchilik, hokimiyat, din namoyandalarining munosabatiga qarab mo‘ljal oladi. Umuman olganda, har qanday bilish haqiqatni izlashdir. Bu inson aqlining azaliy vazifasidir. Bilimlarimizning haqiqiyligi muammosi bilish faoliyatining har qanday turlarida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bilimning haqiqiyligi uning muhim asosi hisoblanadi. Haqiqat – bilishning mutlaq qadriyati.
Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi.
Amaliyot mazmuni va shakllariga ko‘ra, moddiy ne’matlar yaratish; ijtimoiy-siyosiy faoliyat; ilmiy-amaliy faoliyat kabi turlardan iborat.
Shuningdek amaliyot odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining rang-barang shakllarini qamrab oladi.
Ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari doim bilish rivojlanishining negizi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Yer maydonlarini o‘lchash, vaqtni hisoblash, savdoda hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati matematik bilimlarning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Binolar, ariqlar, to‘g‘onlar, kemalar, mashinalar va hokazolarni qurish ehtiyojlari mexanikaning rivojlanishiga olib keldi.
Inson tafakkuri doimo oldingi avlodlardan olingan bilimlar majmui va fanning oldingi rivojlanish jarayonida qo‘yilgan muammolar bilan ish ko‘radi. Fan bu muammolarni yechib, amaliyotdan o‘zishi va unga ongli ravishda yo‘l ko‘rsatishi mumkin va lozim.

Download 122,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish