Mavzu: 3DS MAX dasturida obyektlarni modellashtirish
Reja:
3ds Max versiyalarining to'liq ro'yxati Modellashtirish Vizuallashtirish
Autodesk 3ds Max ikki litsenziyali versiyalarda mavjud: talaba — bepul (Autodesk veb-saytida ro'yxatga olinish kerak), dasturning to'liq versiyasini taqdim etadi (biroq undan foyda maqsadida foydalanish mumkin emas) va to'liq (tijorat) versiyasi 2400 yevro evaziga.
Dastur tarixi 3ds Max versiyalarining to'liq ro'yxati
Versiya
|
Nomlanishi
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Tizim
|
Tizim darajasi
|
3D Studio Prototype
|
THUD
|
1988
|
MS-DOS
|
16-bit x86
|
3D Studio
|
THUD
|
1990
|
3D Studio 2
|
|
1992
|
3D Studio 3
|
|
1993
|
3D Studio 4
|
|
1994
|
3D Studio MAX 1.0
|
Jaguar
|
1996
|
Windows NT 3.51, Windows NT 4.0
|
IA-32
|
3D Studio MAX R2
|
Athena
|
1997
|
Windows 95 va Windows NT 4.0
|
3D Studio MAX R3
|
Shiva
|
1999
|
Windows 98 va Windows NT 4.0
|
Discreet 3dsmax 4
|
Magma
|
2000
|
Windows 98, Windows ME, Windows 2000[1]
|
Discreet 3dsmax 5
|
Luna
|
2002
|
Windows 2000 va Windows XP
|
Discreet 3dsmax 6
|
Granite
|
2003
|
Discreet 3dsmax 7
|
Catalyst
|
2004
|
Autodesk 3ds Max 8
|
Vesper
|
2005
|
Autodesk 3ds Max 9
|
Makalu
|
2006
|
IA-32 va x64
|
Autodesk 3ds Max 2008
|
Gouda
|
2007
|
Windows XP va Windows Vista
|
Autodesk 3ds Max 2009
|
Johnson
|
2008
|
Autodesk 3ds Max 2010
|
Renoir
|
2009
|
Autodesk 3ds Max 2011
|
Zelda
|
2010
|
Windows XP, Windows Vista va Windows 7
|
Autodesk 3ds Max 2012
|
Excalibur / Rampage
|
2011
|
Autodesk 3ds Max 2013
|
SimCity
|
2012
|
Windows XP va Windows 7
|
Autodesk 3ds Max 2014
|
Tekken
|
2013
|
Windows 7
|
x64
|
Autodesk 3ds Max 2015
|
Elwood
|
2014
|
Windows 7 va Windows 8
|
Autodesk 3ds Max 2016
|
Phoenix
|
2015
|
Windows 7, Windows 8 va Windows 8.1
|
Autodesk 3ds Max 2017
|
Kirin
|
2016
|
Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10
|
Autodesk 3ds Max 2018
|
Imoogi
|
2017
|
Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10
|
Modellashtirish
3ds Max turli ko'rinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch o'lchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qo'llaydi, jumladan:
poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli bo'lib, murakkab modellar va o'yinlar uchun ma'lum modellar yaratish uchun ishlatiladi.
Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);
Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay;
o'rnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qo'llash orqali modellashtirish;
splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qo'llash orqali modellashtirish;
splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qo'llash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.
Modellashtirish metodlari o'zaro bog'liq holda ishlatilishi mumkin.
Standart "Choynak" (Teapot) obyekti uch o'lchamli grafikaning o'ziga xos ramziga aylangan.
Particile Systems
Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik o'lchamli obyektlarning uyg'unligidir. Zarrachalar tizimining qo'l kelishi mumkin bo'lgan holatlarga yomg'ir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli vaziyatlarga qo'l keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud:
PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha bo'lgan barcha holatlarni o'xshatib tasvirlashi mumkin;
Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq ko'rinishini yaratadi;
Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda mukamalroq parametrlarga ega;
Snow (Qor) — yog'ayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Ko'plab parametrlarga ega ;
Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan ko'rinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin;
PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham;
PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch o'lchamli yulduzli maydonlarni, qushlar to'dasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.
Reactor
Dasturda bajarilgan ish
3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qo'llagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor to'plamdan olib tashlandi.[2] Uning o'rniga MassFX moduli keldi.
Hair&Fur
7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, mo'y, jun, o't, tuklar va boshqalarni modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli o'rnatildi.
Vizuallashtirish
Modellashtirilayotgan narsa ishining so'nggi bosqichi bu vizualizatsiyadir. Bu bosqichdan so'ng obyektning barcha xossalari ko'rina boshlaydi va ish davomida o'rnatilgan atrof-muhit effektlari namoyon bo'ladi. Ungacha esa barchasi juda oddi ko'rinishda ko'rsatiladi (misol uchun, murakkab geometrik shakllar va turli xil effektlar ko'rinmaydi). Yakuniy tasvirni chiqarish uchun vizualizatsiyaning tegishli muduli tanlanadi (VM) va u matematik algoritmlar yordamida tasvirni jonlantiradi. Tasvirning tashqi ko'rinishini hisoblash ishning qiyinligiga qarab soniyadan tortib bir necha oygacha cho'zilishi mumkin. VMlarning ko'pchiligi dasturga qo'shimcha o'rnatiladigan alohida dasturlar hisoblanadi.
Vizualizatsiya modullari
Scanline
3ds Max standart vizualizatori. Ba'zi ilg'or xususiyatlarga ega bo'lgan Global Illumination, Ray Tracing, Radiosity kabi kengaytmalar yillar o'tib Scanlinega. Ko'pchilik funksiyalar unga boshqa vizualizatorlardan o'tgan (mas, RadioRay).
mental ray
Mental Images kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 3ds Maxning so'nggi versiyalariga o'rnatilgan. Bu juda ham kuchli vizualizator hisoblanadi
V-Ray
Yuqori sifatli fotorealistik vizualizator. Dasturga plagin sifatida qo'shilgan. Chaos Group kompaniyasining mahsuloti, rus segmentida mashxur. Tez-tez mutaxassislar tomonidan boshqa VM o'rniga ishlatiladi. Dasturning eski versiyalari bilan muvofiqlashgan. Unga "kunduzgi yorug'lik tizimi" o'rnatilgan. Yana ko'plab funksiyalarga ega.
RenderMan
Shu nomdagi vizualizatsiya tizimiga ulanishda qo'l keladi.
FinalRender
Cebas kompaniyasining tashqi vizualizatori. Kuchli vizualizator hisoblanib, imkoniyatlari bilan faqat mental raydan keyin turadi.
Yana quyidagi VMlar mavjud (ular haqida to'liq shu yerda o'qing, rus tilida):
Braziliya R/S
Fryrender
Indigo Renderer
Maksvell Render
LuxRender
Kerkythea
Arion Render
BIGrender
Sunflow
Krakatoa
Video Post (Video Tahrirlash)Tahrirlash
Dasturda bajarilgan ish
Video Post dasturiy moduli tasvirlarni uch o'lchamli sahnalarda quyidagi grafik effektlarni qo'llash uchun ishlatiladi:
bir nechta tasvirlarni bittaga birlashtirish orqali kompozitsiya yaratish;
suratlarni filtrlash va ko'plab effektlarni qo'llash uchun;
turli xil o'tish animatsiyalarini qo'llash;
animatsiya ustida amallar.
Surat qayta ishlashdagi filtrlar turlariTahrirlash
Contrast filtri —suratning yorug'ligi va ranglar keskinligini nazorat qiladi.
Fade filtri — surat ranglarini boshqaradi.
Image Alfa filtri — suratning ba'zi alfa-kanal qismlarini niqob yordamida o'zgartiradi.
Lens Effects filtrlar oilasi:
Flare (Shu'la) — kamera obyektivi linzasida shu'la hosil qiladi.
Focus (Yig'ish) — tasvirning fokusini yaratadi.
Glow (Charaqlash) — obyekt atrofi ustida ishlaydi.
Higlight (Yaltirash) — yulduz shaklidagi yaltiroq shu'lalarni yaratadi.
Negatie filtri — surat rangini rangli negativga o'tkazadi.
Pseudo Alfa filtri — alfa-kanal shaffofligini yaratadi.
Simple Wipe filtri — suratni sekin yo'qolishi yoki paydo bolishi imkonini beradi.
PlaginlarTahrirlash
Fayl:Selection of Standard Primitives in 3ds Max 9.png
Dasturda bajarilgan ish
3ds Max turli vazifalarni bajaruvchi plaginlarga ega. Har bir plagin ma'lum ishni bajaradi. Ular yordamida olov, suv, tutun va boshqalarni haqiqiy effektilarini yaratish mumkin. Plaginlar tashqi o'rnatiladigan modul hisoblanib, 3ds Max dasturidan alohida sotiladi yoki ularni inernetdan bepulga yuklab olish mumkin. Plaginlar maxsus kompaniyalar yordamida yoki qiziquvchi-dasturchilar tomonidan yaratiladi. 3ds Max dasturining qo'shimcha modullari nihoyatda ko'p bo'lib, hatto dastur standart vositalaridan o'n barobar oshib ketadi. Plaginlar ko'plab masalarni yechishda yordam beradi, masalan, vizualizatsiya hisob-kitobini tezlashtiradi, obyektlarni modellashtirishni tezlashtiradi. Particle Flow, Cloth FX, Reactor kabi qo'shimcha modullar shu darajada mashxur bo'lib ketdiki, ularni 3ds Max dasturiga moslashtirishga qaror qilindi, endi ular dasturning bir qismi hisoblanadi. Quyida 3ds Maxning ba'zi plaginlari ro'yxati keltirilgan:
FumeFX — olovning, gulxan uchquning, tutunning va h.k.ning fotorealistik effekti.
Feniks FD — olov va tutunni hosil qilish uchun Chaos Groupdan FumeFXning muqobili.
DreamScape — turli xil landshaftlar, tog'lar, osmon, atmosfera effektlari va b.
AfterBurn — osmon, tutun, porlash va b.ning fotorealistik effektini beradi.
GrowFX .— istalgan turdagi o'simliklarni yaratadi. Yaratilgan har bir o'simlikni jonlantirish mumkin.
MAXScript
MAXScript — 3ds Maxga o'rnatilgan makrodasturlash tili bo'lib, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
*.ms turdagi fayllarda saqlanuvchi skriptlarni yaratish;
*.mcr turdagi fayllarda saqlanuvchi makroslarni yaratish;
shaxsiy modullarni yozish;
OLE mexanizmi sha'feligida Windows dasturlari bilan ma'lumot almashinish;
foydalanuvhi bajaradigan barcha harakatlarni avtomatik yozib olish.
XULOSA
Bugungi kunda pedagog kadrlarga fanlarni o’qitishda o‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash, global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish; ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasbiy mahoratini, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borish uchun keng foydalanish vazifalari qo‘yilgan. Bu talab va vazifalarni to‘g‘ri anglagan holda, nazariy va amaliy bilimlarimni egallagan bilimlarimga tayanib, ushbu mustaqil ishini yaratdim.
Ushbu mustaqil ishimni yaratish mobaynida, hozirgi kundagi ta’lim jarayoniga qo’yilgan davlat talablari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ularga tayanib darslarni tashkil qilish va bu orqali kutiladigan natijalar to’g’risida chuqur bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Adabiyot
Келли Мэрдок Autodesk 3ds Max 2013. Библия пользователя = Autodesk 3ds Max 2013 Bible. — M.: «Диалектика», 2013. — 816 с. — ISBN 978-5-8459-1817-8
Келли Мэрдок. 3ds Max 2012. Библия пользователя = 3ds Max 2012 Bible. — M.: «Диалектика», 2012. — 1312 с. — ISBN 978-5-8459-1768-3
Стефани Рис. Анимация персонажей в 3D Studio MAX, оригинал Анимация персонажей в 3D Studio MAX. Издательство BOOKS, 2009. — 450 стр.
Shamms Mortier, Autodesk 3ds Max 9. 3d Studio Max 9:— M. : Nashriyot uyi "Dialectics", 2007. — 384 p. Il. ISBN 978-5-8459-1215-2
Кулагин Б. Ю, Яцюк О. Г. 3ds Max в дизайне среды. — 1-е издание. — C.: «БХВ-Петербург», 2008. — С. 976. — ISBN 978-5-94157-779-8
Сазанов Е.А. Архитектурная визуализация в программе Autodesk 3ds Max 2015. Омск, 2016. — ISBN 978-5-93204-887-0.
Швембергер С., Щербаков И., Горончаровский В. 3ds Max: художественное моделирование и специальные эффекты. — C.: «БХВ-Петербург», 2006. — С. 320
Do'stlaringiz bilan baham: |