301
6.2-rasm. Asosiy kadrlardagi vaziyat.
Asosiy kadrlarni aniqlash
Yuqorida ta’kidlanganidek, koptokning joyini o‘zgartirish
uchun ishlatilinadigan kadrlar soni bevosita kadrlar almashinuvining
animasion chastotasiga va har bir harakatning davom etishiga
bog‘liq. Asosiy kadrni yaratish uchun kadr nomerini tanlash va
so‘ngra obyektni kerakli yo‘nalishga ko‘chirish zarur. Aksariyat
dasturlarda animatsiyaning maxsus rejimi bilan ishlashga to‘g‘ri
kelganda boshqalardagi singari hech bir ishni bajarish talab
etilmaydi, uning yordamida dastur obyekt harakatini yozib yoki
maxsus tugmani sichqoncha orqali bosgandan so‘ng
asosiy kadrni
belgilab boradi.
Uch o‘lchovli modellashtirish dasturlarida kadrlash qoidalarini
qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz. Sakrovchi koptok animatsiyasi
uchun dastlab quti va uning chetida joylashgan koptokning modelini
yaratish zarur. Ko‘pgina dasturlarda ish animatsiyaning birinchi
kadridanoq avtomatik tarzda boshlanadi – ushbu holatda 1-kadr
302
(6.3-rasm, a). So‘ngra 18 kadrga keling va koptokni joyidan
ko‘chirib taxminan ekran o‘rtasidagi erga o‘tkazing va asosiy kadrni
belgilang (6.3-rasm, b). Turlicha joylarda joylashgan ikki obyektni
birlashtiruvchi chiziq
harakat traektoriyasi
(motion path) yoki
soddagina
traektoriya
(trajectory) deb ataladi. U obyektlarning
ko‘chish yo‘lini sxematik belgilanishini o‘zida ifoda etadi.
Koptokning erga urilib qaytishi darajasini belgilash uchun 24 kadrga
o‘ting va koptokni o‘ngga va ozgina yuqoriga ko‘chiring, ushbu
jarayonni ikkinchi asosiy kadr sifatida belgilang (6.3-rasm, v).
Belgilangan nuqta koptokning keyingi erga tushishidan oldingi eng
yuqori vaziyati bo‘ladi. Va nihoyat, animatsiyaning so‘nggi kadriga
o‘ting va koptokni oxirgi vaziyat bo‘lgan erga qo‘chiring,
yakunlovchi asosiy kadrni belgilang (6.3-rasm, g). Juda ham
soddalashtirilgan 30-kadrli animatsiyalarni yaratish uchun zarur
bo‘lgan barcha qadamlar shulardan iborat.
303
6.3-rasm. Obyekt yo‘nalishini ifodalovchi traektoriya.
Animatsion ketma-ketlikni ko‘rish uchun harakatlantirish
tugmasini bosgandan so‘ng dastur koptok haqiqatan ham 1, 18, 24
va 30 kadrlarning ko‘rsatilgan vaziyatlarda tasvirlanayotganligini
tekshiradi,
shuningdek,, koptok ushbu kadrlar oralig‘ida joyini
qanday ko‘rinishda o‘zgartirayotganligini hisoblaydi (ushbu jara-
yonda har bir asosiy kadr uchun
boshqaruv regulyatori
(weighting)dan foydalaniladi). Regulyatorlar (tartibga solib turuvchi
asbob) obyektni qo‘chirish yo‘liga bevosita aloqador va uning
asosiy kadrga o‘tishini amalga oshirish imkonini beradi.
E’tibor bering, 18 kadrda asosiy kadrni belgilashda harakat
traektoriyasi to‘ppa-to‘g‘ri hisoblanadi, ya’ni koptok birinchi asosiy
kadrdan
ikkinchisiga
to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘yicha
ko‘chiriladi.
Bundan tashqari, 24 kadrda uchinchi asosiy kadrni
belgilashda, asosiy kadrning joriy boshqaruv regulyatorlari obyekt
yo‘lini to‘g‘ri chiziqdan egri chiziqqa o‘zgarishi bo‘yicha harakatini
tekislashga urinadi. Afsuski, ushbu holatda egrilik koptokning
tekislikka tushmasligi, balki tekislikdan ko‘tarilishiga olib keladi.
Obyektning joyini ko‘chirish traektoriyasini boshqarish
faqatgina kadrlash orqaligina amalga oshirilmaydi. Yana bir uslub
borki, splaynlar bilan ishlash bo‘yicha
uskunalar yordamida
chiziqlar yaratish va obyekt (obyektlar)ni ushbu chiziq bo‘ylab
qo‘chirish uchun sozlash bilan ifodalanadi.
Ko‘chirish yo‘li bo‘ylab
animatsiyalash
(path animation) uslubidan modelning tashqi ko‘ri-
nishi bo‘yicha obyektning aniq ko‘chirilishi uchun foydalaniladi.
Obyektlarni ko‘chirishga nisbatan axborotlarni boshqarish
uchun ko‘pgina dasturlarda
animasion interfeysning vaqt shkalasi
(timeline interface) mavjud, bunga misol 6.4-rasmda keltirilgan.
Gorizontal o‘q vaqt birliklariga yoki kadr nomeriga bo‘linadi, ayni
vaqtda vertikal o‘q obyektlarning ierarxik ro‘yxatidan va animatsiya
parametridagi yoritishdan tarkib topadi. Chiziqlar parametri
nomidan kelib chiquvchilarga asosiy kadrlarni bildiruvchi markerlar
qo‘yiladi, pastdagi vaqt shkalasi asosiy kadrlarning mos kadrlar
nomeriga joylashganligini ko‘rsatadi. Interfeys vaqt oralig‘ini
sozlash uchun asosiy kadrlarni ko‘shish, o‘chirish
va joyini
o‘zgartirish imkonini beradi. Asosiy kadr joyini ko‘chirish uchun
sichqoncha yordamida olib o‘tish kifoya.
304
6.4-rasm. Animatsion interfeysning vaqt shkalasi.
Do'stlaringiz bilan baham: