136
yordamida ham vektorli konturlarni import qilish mumkin, bunda
ikki o‘lchovli egri chiziqlar o‘zgartiriladi.
1.9. Export … (Eksport) – faylni boshqa formatlarga eksport
qilish.
1.10. Summary info … (Umumiy axborot) – sahna haqidagi
tugallangan
axborotlar
(obyektlar
soni,
foydalanilayotgan
materiallar va b.).
1.11. View Image File … (Tasvirni ko‘rish) – grafik muhitdan
chiqmagan holda vizuallashtirilgan materiallarni ko‘rish imkonini
beradi.
2. Edit (Tahrirlash) – obyektlar bilan ishlash buyruqlari.
Asosiy buyruqlar:
2.1. Undo (Bekor qilish) [Ctrl+Z] –
oxirgi haraqatni bekor
qilish. Bu buyruq orqali oxirgi bajarilgan o‘nta amalni bekor qilish
mumkin. Orqaga qaytishlar sonini Preference (Xususiyatlar)
menyusida ko‘rsatish mumkin, bu esa kompyuter tezkor
xotirasining yuklanuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.2. Redo (Qaytarish) [Ctrl+Y] – Undo buyrug‘i bilan bekor
qilingan harakatlarni orqaga qaytaradi.
2.3. Hold (Kechiktirish) [Alt+Ctrl+H] – almashish buferida
sahnaning joriy holatini xotirada saqlash.
2.4. Fetch (Olish) [Alt+Ctrl+F] – buferdan sahnaning
kechiktirilgan holatini olish.
2.5. Delete (O‘chirish) [Delete klavishasi] – obyektni o‘chiradi.
2.6. Select All (Barchasini belgilash) [Ctrl+A] – sahnadagi
barcha obyektlarni belgilaydi.
Izoh
: Belgilangan obyekt oq ko‘rinishga
keladi va uning
o‘qlari koordinatada ko‘rinadi.
2.7. Select invert (Invertirlash) [Ctrl+I] – sahnadagi belgi-
lanmagan obyektlar belgilangan va teskari bo‘ladi.
3. Tools (Uskunalar)
– obyektlar va ularning xususiyatlari
bilan ishlash bo‘yicha turli xildagi uskunalar.
Asosiy buyruqlar:
3.1. Transform Type-In ... (Klaviatura orqali ko‘chirish) [F12]
– paydo bo‘ladigan oynada mos o‘qlar uchun raqamli qiymatlarni
berish orqali sahnada obyektlarni qo‘chirish yuz beradi (5.17-rasm).
137
Shuningdek, ushbu panel ekranning quyi qismidagi holatlar satrida
joylashgan.
5.17-rasm. Obyektlarni qo‘chirish oynasi.
Parametrlar:
Absolute – sahnada obyektning holati;
Offset
– ma’lum masofada mos o‘qlar bo‘yicha obyektlarni siljitish.
Izoh
: Obyektni ko‘chirish uchun, obyektni ko‘chirish, burish
va masshtablashni tanlash zarur.
3.2. Spacing tool (Fazoga xos uskuna) [Shift+I] –
belgilangan
yo‘l bo‘yicha uch o‘lchovli obyektni joylashtirish imkonini beradi
(5.18-rasm). Chiqadigan oynada (5.19-rasm) quyidagi asosiy
parametrlar o‘zgartiriladi: Pick Path – tanlangan obyekt bir tekisda
taqsimlanadigan yo‘lni ko‘rsatish; Pick Points – tanlangan obyekt
joylashadigan nuqtani ko‘rsatish; Count – joylashgan ob’eklar soni.
5.18-rasm. Belgilangan yo‘l bo‘yicha obyektning joylashishi.
138
5.19-rasm. Spacing tool oynasi.
4. Group (Guruh)
– sahna obyektlari guruhini yaratish
buyrug‘i.
5. Views (Proeksiyalar)
– tasvirlanadigan
obyektlarni bosh-
qarish, ekranga chiqishlarni sozlash, ekspert rejimini ishga solish
(Expert Mode [Ctrl+X]) – faqat ko‘rinadigan ekran bilan ishlash.
6. Create (Yaratish)
– obyektlar yaratish uskunasi, buyruqlar
panelidagi Create bandiga o‘xshash.
7. Modifiers (Modifikatorlar)
– obyektlarni o‘zgartirish uchun
uskuna, buyruqlar panelidagi Modify bandiga o‘xshash.
8. Character (Personaj)
– suyaklar tizimini yaratish (Bones)
va skeletli deformasiyalar orqali turli
xildagi obyektlarning ani-
matsiyalari bilan ishlash buyrug‘i.
9. Reactor (Reaktor)
– yordamchi obyektlarni yaratish, ular
yordamida suv yuzasi, qattiq va egiluvchan jismlar, to‘qimalar va
boshqa uch o‘lchovli jismlarning real fizik xususiyatlari model-
lashtiriladi.
10. Animation (Animatsiya)
– animatsiyalarni boshqarishning
turlicha
algoritmlarini
ifodalagan
nazoratchilar
yordamida
animatsiyalanuvchi obyektlar yaratish buyrug‘i.
11. Graph Editors (Grafik muharrir)
–
ushbu band sahna
obyektlari bilan ishlash jarayonini optimallashtirishga yo‘naltirilgan
bir necha muharrirlardan tarkib topadi: Track View (Treklarni
ko‘rish) – animatsiyalangan obyektlarni tahrirlash; Schematic View
(Tuzilmalarni ko‘rish) – sahnadagi alohida obyektlarning bir-biri
139
bilan ierarxik aloqasi; Particle View (Bo‘lakni ko‘rish) – bo‘lakning
murakkab tizimini yaratish.
12. Rendering (Vizuallashtirish)
– sahnani vizuallashtirish
ishlariga, ya’ni kuchaytirilgan yorug‘lik, videomontaj effektlari
(Video Post), atrof-muhit effektlari (tuman, olov, hajmiy
yorug‘lik)ni yaratishga mo‘ljallangan buyruqlar. (Material Editor)
Materiallar muharriri oynasini chaqirish.
13. Customize (Sozlash)
– dastur parametri va interfeysi
elementlarini sozlash. Sozlash imkoniyalaridan
foydalanib foyda-
lanuvchi interfeysda o‘zining variantini yaratishi, ya’ni buyruqlar
panelida kerakli tugmalarni ko‘shishi, buyruqlarni chaqirish uchun
qaynoq tugmalar kombinasiyasini o‘zgartirishi va boshqa amallarni
bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: