3D modellashtirish va raqamli animatsiya


Asosiy kadrlarning animasion nazoratchilari



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
Bog'liq
2-1051

Asosiy kadrlarning animasion nazoratchilari 
Asosiy kadr yonida obyekt harakati traektoriyasini o‘zgartirish 
uchun boshqaruv regulyatorlaridan foydalaniladi. Ishlatilayotgan 
dasturga bog‘liq xolda, asosiy kadrlar regulyatorlarining bir qancha 
turlari quvvatlanishi mumkin, boshqachasiga ularni 
animatsion 
nazoratchilar
(animation controller) deb ham atashadi. 
Ancha keng tarqalgan regulyatorlarni 
chiziqli regulyatorlar
(linear weighting) deb atash mumkin va bunda obyekt biror asosiy 
kadrdan boshqasiga mutlaqo to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ko‘chiriladi.
Nazoratchi TSV 
(tension, continuity and bias – kuchlanganlik, 
uzluksizlik va nishablik) eng ommalashgan boshqaruv regulya-
torlaridan biri hisoblanadi. Asosiy kadrga kirish va chiqishda 
obyektning harakat traektoriyasi va tezligini sozlash parametrlariga 
ta’sir ko‘rsatishni tasvirlash uchun aksariyat dasturlarda aynan 
ushbu grafik uslubdan foydalaniladi (6.5-rasm).

Kuchlanganlik TSV
(tension) asosiy kadrgacha va undan keyin 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakat traektoriyasining egrilik darajasini 
belgilaydi. 3ds max dasturida asosiy qiymat 25 birlik bo‘lib, bunda 
etarlicha silliq ko‘chirish amalga oshiriladi. Agar kuchlanganlik 
Obyekt nomi 
Animatsiya 
parametri
 
Asosiy kadr 
markeri
 
Kadrdagi vaqt
 


305 
minimal bo‘lsa, u holda asosiy kadrga kirish va chiqishda katta 
burchak ostidagi nishablik bilan yo‘l ochiq bo‘lishi mumkin, obyekt 
tezligi esa ko‘proq bir maromda bo‘ladi.

Uzluksizlik TSV
(continuity) nazorat nuqtasida yaqinlashish 
yo‘li darajasini xarakterlaydi. Belgilangan qiymat 25 bo‘lganda 
tekis egri chiziqqa ega bo‘linadi, xuddi shu vaqtda uzluksizlikning 
past ko‘rsatkichlarida yo‘l ancha to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. 
Uzluksizlikning yuqori darajasi quyidagilarga olib keladiki, bunda 
obyekt yo‘li asosiy kadrni uning ikkala tomoni bo‘yicha joylashish 
tartibini oshiradi, va obyekt asosiy kadr chegaralari atrofida 
to‘xtashni boshlaydi.
6.5-rasm. Obyekt harakat traektoriyasini o‘zgartirish. 

Nishablik TSV
(bias) egri chiziqning o‘chirilgan nuqta yoki 
uchini maksimal aniqlash imkonini beradi. Bazaviy qiymatda 
nishablik uchi asosiy kadrda namoyon bo‘ladi (agarda uzluksizlik 
darajasi juda ham oshirilmagan holatlarda). Past nishablikda egri 
chiziq uchi asosiy kadrgacha, yuqori bo‘lganda – asosiy kadrdan 
keyin ko‘rinadi.

Kirish/chiqish tezligi
(ease to/from) asosiy kadrga obyektni 
kirish va undan chiqish tezligini xarakterlaydi. Bazaviy parametrda 
asosiy kadrga kirish tezligi vaqtinchalik sekinlashadi, bu esa 


306 
burilishda avtomobilni biroz tormozlash va keyinchalik yo‘lning 
to‘g‘ri qismida tezlikni oshirishni eslatadi. Kirish tezligini sozlash 
asosiy kadrga kirishni tezlatish yoki sekinlatish darajasini belgilash 
imkonini beradi, xuddi shunday maqsadda chiqish tezligi asosiy 
kadrdan chiqishda foydalaniladi. Ushbu regulyatorlar misoldagi 
koptokga bir necha g‘alati ta’sirlar ko‘rsatishi mumkin. Agar koptok 
asosiy kadrga kirishda yuqori kirish tezligiga ega bo‘lsa, unda u erga 
tushishda chetlab o‘tib bo‘lmaydigan tuqnashishdan qochishga 
harakat qilayotgandek tezlikni jiddiy ravishda sekinlatadi. 
Foydalanuvchi tomonidan asosiy kadrga bosilganda boshqaruv 
regulyatorlari ko‘pincha alohida muloqot oynasida chiqadi
boshqaruvning eng yaxshi vositasi tizim tomonidan ta’minlanadi, 
qaysiki foydalanuvchiga asosiy kadrning joylashuv o‘rnini va uch 
o‘lchovli fazoda obyekt yo‘li yoki funksional egrilikka boshqaruv 
regulyatorlarini kuzatish imkonini beradi.
6.6-rasm. Sakrovchi koptokning funksional egrilikda joyini 
o‘zgarishi har bir o‘q bo‘ylab aks etadi. 
Funksional egrilik
(functional curve) – bu obyekt trans-
formatsiyasi (bir shakldan boshqa shaklga o‘tish)ni ifodalashning 
grafik uslubidir. Ko‘pincha u uchta turli rangdagi splaynlar 

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish