Obyektlar guruhini yaratish
Tarkibli modellar bilan ishlashda ularni bitta obyektga to‘plash
qulay. Masalan, stul uchun beshta obyektni yaratish (to‘rtta oyoq,
o‘tirg‘ich va suyanchiq), so‘ngra ularni “stul” obyektiga guruhlash.
Deformatsiyalar va modifikatorlar yaratilgan guruhning barcha
obyektlariga ta’sir ko‘rsatadi. Guruhlar yaratish va tahrirlash uchun
186
bosh menyuning Group (Guruh) bandidan foydalanish zarur. Uning
asosiy buyruqlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Group (Guruh). Guruh yaratish uchun dastlab obyektlarni
belgilab olish, so‘ngra Group buyrug‘ini tanlash va paydo
bo‘ladigan oynada yaratilayotgan guruh nomini kiritish zarur.
Yaratilgan guruh belgisi qavs hisoblanadi, uning tarkibida qalin
shriflar bilan ajratilgan guruh obyektlari va guruh nomi joylashadi.
2. Ungroup (Guruhni bo‘lish) – ushbu buyruq obyektlarni
guruhdan ajratadi.
3. Open (Ochish) buyrug‘i guruhni ochadi, natijada qavslarni
cheklovchi guruhlar paydo bo‘ladi va guruhning alohida
obyektlarini tanlab olish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa alohida
obyektlarni guruhni o‘chirmasdan o‘zgartirish uchun zarur.
4. Close (Yopish) buyrug‘i ochilgan guruhni yopishga xizmat
qiladi.
5. Attach (Birlashtirish) tanlangan obyektni guruhga birlash-
tiradi. Buning uchun obyektni belgilab olish, Attach buyrug‘ini
tanlash va kerakli guruhga tugmani bosish zarur.
6. Detach (Ajratish) – obyektlarni guruhdan ajratib chiqaradi.
Open guruhini ochish, so‘ngra obyektni tanlash va Detach tugmasini
bosish kerak.
7. Explode (Buzish) – obyektlar guruhi o‘zida ichiga solingan
guruhlarni qamrab olishi mumkin, ushbu holatda Explode buyrug‘i
barcha yaratilgan guruhlarni o‘chiradi. Ungroup buyrug‘i ichiga
solingan guruhlarni o‘chirmasdan umumiy guruhni o‘chiradi.
Guruhlashdan tashqari obyektlarning nomlangan to‘plamini
yaratish mumkin. Buning uchun uskunalar panelida Edit Named
Selection Sets (Nomlangan to‘plamlarni tahrirlash) va obyektning
nomlangan to‘plamlari ro‘yxati joylashgan (2-jadval 18-band).
Nomlangan to‘plamlar kerakli obyektlar guruhini belgilashda
qulaylik uchun yaratiladi. To‘plam yaratish uchun obyektlarni
tanlab olish, to‘plamlar ro‘yxatida nomni kiritish va Enter tugmasini
bosish kerak bo‘ladi. Edit Named Selection Sets tugmasidan
foydalanib yaratilgan to‘plamlar ro‘yxati va ularni tahrirlash
buyruqlari oynasini chaqirish mumkin.
187
Bog‘lashlar (snaps)
Konstruktorlik muharrirlariga o‘xshash, badiiy muharrirlarda
obyektlar o‘lchamini berish, shuningdek, ularning sahnada va bir-
biriga nisbatan aniq joylashuvini ko‘rsatish mumkin. Buning uchun
sahna va bog‘lanishlar tizimi quriladigan to‘r ko‘zda tutilgan.
Bog‘lashlardan foydalanish uchun tegishli tugmani bosish va
obyektni ko‘chirish yoki burish (bog‘lashning tegishli nishoni va
obyektlarni birlashtiruvchi “chiziq-o‘chirg‘ich” paydo bo‘ladi)
lozim.
Bog‘lashni
faollashtiruvchi
tugma
uskunalar
panelida
joylashgan (2-jadval 17-band):
1. Snaps Toggle (Bog‘lashlarni o‘zgartirish (pereklyuchatel))
suriladigan paneli bog‘lashni uchta variantidan tarkib topgan: 1.
– ikkita koordinata bo‘yicha bog‘lash (faol to‘rda); 2.
– faol
to‘rda obyektni proeksiyalashda faqat obyektning uchlari va
yoqlarini bog‘lash; 3.
– uch o‘lchovli fazoda ixtiyoriy nuqtani
bog‘lash.
2.
Angle Snap Toggle (Burchakli bog‘lash pereklyuchateli)
– belgilangan burchakda obyektni burishni amalga oshirish
imkonini beradi.
3.
Percent Snap Toggle (Foizli bog‘lash pereklyuchateli) –
belgilangan foizda obyektni masshtablashni amalga oshirish
imkonini beradi.
5.42-rasm. Grid and Snap Settings oynasi.
188
4.
Spinner Snap Toggle (Obyekt parametrini o‘zgartirish
uchun bog‘lash pereklyuchateli) – belgilangan qiymatda obyekt
parametrini o‘zgartirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Izoh
: Bog‘lashlarning barcha ko‘rinishlari bir vaqtda faol
bo‘lishi mumkin.
Ob’ekni bog‘lash variantlari, shuningdek, bog‘lashlar opsiyasi
Grid and Snap Settings (To‘rlar va bog‘lanishlarni o‘rnatish)
oynasida ko‘rsatiladi. Bu buyruqni bosh menyuning Customize
bandidan, shuningdek, boshqaruv panelidagi ixtiyoriy bog‘lash
tugmasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib chaqirish mumkin
(5.42-rasm).
Snaps (Bog‘lashlar) sahifasida bog‘lash turlari tanlanadi: Grid
points (to‘r nuqtalariga bog‘lash); Pivot (Tayanch nuqtaga
bog‘lash);
Perpendicular
(Perpendikulyar
splayn
nuqtasiga
bog‘lash); Vertex (Obyekt uchlariga bog‘lash); Edge/Segment
(Obyekt qirralariga bog‘lash); Face (Obyekt yoqlariga bog‘lash);
Grid lines (to‘r tugunlariga bog‘lash); Bounding box (Cheklovchi
konteynerlarga bog‘lash); Tangent (Urinma egri chiziqlarga
bog‘lash); Endpoint (Obyektning oxirgi nuqtasiga bog‘lash);
Midpoint (Markaziy nuqtaga bog‘lash); Center face (sirt markaziga
bog‘lash). Bog‘lashlarni ixtiyoriy sonda qo‘shish mumkin.
Options (Opsiyalar) sahifasi turli parametrlarni o‘rnatish uchun
mo‘ljallangan: bog‘lashlar kursori rangi, bog‘lashlar burchagi
qiymati va b.
Qatlamlar menedjeri (layer manager) va sahnaning sxematik
tasviri (schematic view)
Qatlamlar yaratish ko‘pgina obyektlardan tarkib topgan
murakkab sahnalar bilan ishlashda juda qulay hisoblanadi. Sahna
obyektlarini qatlamlar bo‘yicha guruhlash, qatlamlar menedjeridan
(Layer Manager)
foydalanib ko‘rinishni boshqarish va vizual-
lashtirish mumkin.
Layer Manager oynasini chaqirish (5.43-rasm) boshqaruv
panelida joylashgan tegishli
tugma yordamida amalga oshiriladi
(2-jadval 21-band).
189
5.43-rasm. (Layers) qatlami bilan ishlash oynasi.
Ushbu oynada
(Create New Layer) tugmasi orqali yangi
qatlam yaratiladi. Qatlam nomi to‘g‘risida nazorat belgisi bo‘lsa
mazkur qatlam faol hisoblanadi (ushbu qatlamda sahna obyektlari
yaratiladi).
(Delete Highlighted Empty Layers) tugmasi
tanlangan bo‘sh qatlamlarni o‘chiradi.
(Add Selected to
Highlighted Layers) tugmasi tanlangan obyektlarni faol qatlamga
qo‘shadi.
5.44-rasm. Schematic View oynasi.
190
Qatlam nomlari ro‘parasidagi ustunlar yashirish (Hide),
mustahkamlash (Freeze), vizuallashni o‘chirish (Render), rangni
o‘zgartirish (Color) va diffuzion akslantirish (Radiosity) hisobini
to‘xtatish imkonini beradi.
Sahnaning sxematik tasviri boshqaruv panelida joylashgan
(Schematic View) tugmasi orqali chaqiriladi (2-jadval 23-band) va
sahna obyektlarini belgilash, guruhlash va ular ustidan nazorat qilish
uchun juda qulay hisoblanadi. Ushbu oynada har xil rangli (har bir
rang belgilangan toifadagi obyektlarga mos keladi) ko‘rinishdagi
tugunlar – to‘rtburchak (nodes) va o‘zaro aloqalarda (strelkali
chiziklar) sahnadagi barcha obyektlar, ierarxik bog‘lanishlar,
o‘zlashtirilgan materiallar haqida axborotlar ifodalangan. 5.44-
rasmdagi Schematic View oynasida, ierarxik zanjirni o‘zida
ifodalovchi ikkita choynak (Teapot 01, Teapot 02), ikkita yorug‘lik
manbasi (Omni 01, Omni 02) va tegishli material o‘zlashtirilgan
shardan (Sphere 01) tarkib topgan sahna ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |