140
14. MAXScript
– MAXScript dasturlashtirish tilida ssenariy
yozish buyruqlari.
15. Help (Ma’lumot)
– ma’lumotlar tizimi,
shuningdek,
mazkur grafik muharrir haqida axborot beradi.
Buyruqlar paneli (command panel)
Buyruqlar paneli ekranning o‘ng qismida joylashgan va sahna
obyektlarini yaratish va tahrirlash bo‘yicha buyruqlar joylashgan
oltita sahifadan tashkil topgan. Tegishli sahifani tanlash uchun
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Sahifa ichidagilar bosh
menyuda takrorlanadi.
Buyruqlar panelining tuzilishi:
1. Create (Yaratish) sahifasi
: Ushbu sahifada turlicha ikki
va uch o‘lchovli
obyektlar yaratish buyruqlari, bo‘laklar tizimi,
yorug‘lik
manbasi,
kamera,
yordamchi
obyektlar,
hajmiy
deformasiyalar va boshqalar joylashgan.
2. Modifu (O‘zgartirish) sahifasi
: Ushbu sahifada
yaratilgan obyekt parametrlari (uzunlik, kenglik, segmentlar soni va
b.), shuningdek, geometrik obyektlarni o‘zgartirish uchun uskunalar
ro‘yxati (modifikatorlar) joylashgan.
3. Hierarchy (Ierarxiya) sahifasi
:
Ushbu sahifada obyekt
koordinatasining lokal markazini o‘zgartirish buyrug‘i joylashgan.
Bundan tashqari, bu erda ob’eklarning inversiyali kinematikasi bilan
ishlash buyruqlari bo‘ladi.
4. Motion (Harakat) sahifasi
: Ushbu sahifa ani-
matsiyalangan obyektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.
5. Display (Displey) sahifasi
:
Ushbu sahifada sahna
obyektlarini vaqtinchalik yashirish va qayd qilish buyruqlari
joylashgan.
6. Utilities (Utilitalar) sahifasi
: Ushbu sahifada sahna
obyektlari bilan ishlash uchun qo‘shimcha utilitalar joylashgan.
Masalan, reactor –
dinamik obyektlar yaratish, MAXScript –
ssenariylarni dasturlashtirish va b.
Buyruqlar panelidagi obyektlar bilan ishlashda, obyektlar
haqidagi axborotlar va ularni tahrirlash uchun buyruqlar joylashgan
141
(rollouts) bo‘lmalari paydo bo‘ladi. Har bir bo‘lma o‘z nomiga
hamda “+” (yopish bo‘lmasi) va “-” (ochish bo‘lmasi)
belgilariga
ega.
5.20-rasm. Bo‘lma ko‘rinishi.
Uskunalar paneli (toolbar)
Tugmalar ko‘rinishida berilgan uskunalar paneliga ayniqsa tez-
tez ishlatiladigan buyruqlar joylashadi. Sichqonchaning chap
tugmasini bosganda, tugma sariq rangga o‘tadi va tegishli buyruq
faollashadi.
Izoh
: Bajariladigan buyruqlarni o‘chirishning
ikki xil usuli
mavjud. Birinchi holatda tugmaga sichqonchaning chap tugmasini
takroran bosganda o‘chiriladi. Ikkinchi holatda faol ko‘rinish
ekraniga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda tugma
o‘chiriladi.
5.2-jadval
Uskunalar panelini tashkil etuvchi tugmalar
Do'stlaringiz bilan baham: