Gaz linzasiz va gaz linzali gorelkalarda ximoya gazlarni uzatilishi
Gorelkalar tuzilishi. Ventilli gorelka tuzilishi. Argon-yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan ventil ventilli payvandlash gorelkalariga tok va argon oqimi bir vaqtda keladi. Gorelka vetili 5 bor korpus 8, trubka 3, soplo 10 va kallak 2 dan iborat. Argon nipell 7 ga kiygiziladigan shlanka orqali keladi va ventil 5 orqali quvirdan kallakka o`tadi. Argon soplo 10 dan sanga 9 ga maxkamlangan elektrod 1 ning uchini tegib chiqadi. Gorelka diametri 2, 3 va 4 mm elektrodlarni maxkamlash uchun almashma sangalarga ega. Tok egiluvchan kabel 6 dan kelib, sanga qisqichlari orqali elektrodga o`tadi. Argon sarfi maxovik 4 li, ventil 5 yordamida rostlanadi. Tunuka fibradan tayyorlangan qalqoncha 11 payvandchi qo`lini yoy issig`idan saqlaydi.
1-rasm. Ventilli TIG gorelkalarning tuzilishi
1-Elektrod; 2-nippel; 3-trubka; 4-maxovik; 5-ventil; 6-tok kabeli; 7-nipel; 8-korpus 9-sanga; 10-soplo; 11-qalqon
2-rasm. Knopkali gorelkalarning tuzilishi
1-soplo; 2-elektrod; 3-sanga; 4-elektrodni ximoya qiluvchi qalpoqcha; 5-ximoya gazi; 6-knopka; 7-gaz nippeli; 8-sovutuvchi suvnu uzatish uchun nipple; 9-tok ulash qismi; 10-Sovutuvchi suvni chiqish qismi;
Yarimavtomatik va avtomatik payvandlash uchun gorelkalar. Eritib qo‘shiladigan sim bilan volfram elektrod yordamida payvandlashda shlangli yarimavtomatlar ham ishlatiladi. Uning gorelka tutgichi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Volfram elektrod 1 kallak 2 ga mahkamlanadi, vtulka 4 va egiluvchan shlang 5 dan esa alohida o'rnatilgan uzatish mexanizmi yordamida uzatiladigan eritib qo‘shiladigan sim 3 yuboriladi.
3-rasm. Eritiladigan sim bilan volfram elektrod yordamida payvandlashda ishlatiladigan yarimavtomatga mo'ljallangan goreika tutgich.
1-volfram elektrod. 2-kallak. 3-qo`shiladigan sim. 4-vtulka. 5-egiluvchan shlang
Erimaydigan elektrod bilan avtomatik payvandlash payvandlash traktorlari yoki maxsus payvandlash kallagi yordamida bajariladi. Payvandlash kallagi konsollarga osiladi yoki maxsus konstruksiyalashtirilgan payvandlash qurilmalariga o‘rnatilgan. Ushbu kallaklar va traktorlarning asosiy qismlari, xuddi eriydigan elektrod bilan payvandlash uchun avtomatlarniki kabidir, faqat payvandlash kallaklari bilan farq qiladi.
Erimaydigan elektrodlar bilan avtomatik payvandlash uchun maxsus payvandlash gorelkalari qo‘llaniladi (4-rasm).
4-rasm. Volfram elektrod bilan avtomatik payvandlash uchun gorelka chizmasi: 1—elektrod; 2— tirqish; 3— shtutser; 4—gayka; 5—oboyma; 6— maxovikcha;
7-gorelka korpusi; 8— setka; 9—sanga; 10—soplo
Nazorat savollari.
1.Gorelka turlari?
2.Gorelka qanday tarkibiy qismlar iborat?
3.Soplo diametri nimaga qarab tanlanadi?
4.Soplolarning raqami nimani anglatadi?
5.Qanday gorelkalar suv bilan sovutiladigan qilib ishlab chiqariladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |