35-mavzu: Ta’limda gender yondashuv Ta’lim sohasida gender jihatlar Gender pedagogikasining amaliy jihatlari


Gender pedagogikasining amaliy jihatlari



Download 134,69 Kb.
bet8/9
Sana20.03.2022
Hajmi134,69 Kb.
#502057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
35-мавзу

2.Gender pedagogikasining amaliy jihatlari
Ta’limda gender stereotiplar. Ta’lim amaliyotida gender stereotiplar qanday namoyon bo‘ladi va mustahkamlanadi?
A. Mishelning ta’riflashicha, ochiq ifoda etilgan stereotiplar bilan bog‘liqdir, “chunki bunday ta’lim dixotomiyasi har xil jinsdagi yoshlarning bir xil amaliy ishni bajarishlariga yo‘l qo‘ymaslik bilan tengdir”9. Muammoni bunday o‘rtaga qo‘yishning mohiyati o‘g‘il bolalarni “qizlarga xos” ishlarga, qizlarni esa “erkaklarga xos” mashg‘ulotlarga yo‘naltirib, gender rollarni almashtirishdan iborat emas, aksincha mehnat mashg‘ulotlarini tanlash huquqini o‘quvchilarning o‘zlariga qo‘yib berishdan iborat.
Yarskaya-Smirnovaning ta’kidlashicha, yashirin o‘quv dasturi uchta o‘lchovga ega: birinchisi – o‘quv muassasasining o‘zida gender munosabatlar va gender stratifikatsiya, ikkinchisi – fanlar mundarijasi, va uchinchisi – o‘qitish usuli.
O‘quv yurtlarida gender stratifikatsiya ta’lim sohasidagi bandlikka doir statistik ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda aniq-ravshan ko‘zga tashlanadi va erkaklar bilan xotin-qizlarning noteng maqomini namoyish etadi. Chunonchi, respublikamiz umumiy ta’lim maktablarida ayol va erkak o‘qituvchilarning nisbati tegishli ravishda 64,5% i 35,5%3 tashkil etadi, ya’ni maktab pedagoglari tarkibida ayollar ko‘proq. Ta’lim muassasasining maqomi yuqoriligiga qarab erkak o‘qituvchilar soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Masalan, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida erkaklar ulushi jami o‘qituvchilar sonining 51,4%ni, oliy o‘quv yurtlarida 60,8%ni tashkil etadi. Bunda maktab direktorlari va director o‘rinbosarlari sifatida ayollar atigi 31,6%dir. Shu tariqa, oliy o‘quv yurtlarining rektorlari va prorektorlari erkaklardir.
Shunday qilib, bunday taqsimlanishning o‘zi ta’limda mavjud bo‘lgan gender tengsizlikni oqlash uchun asos yaratadi. Maktab o‘quvchilari ta’limning birinchi kunidanoq oddiy o‘qituvchilar ko‘p hollarda ayollar ekanini, yuqori mavqedagi pozitsiyalarni esa asosan erkaklar egallab olganini ko‘radilar. Bunday hol ular uchun odatga aylangan, va shu sababli kelgusida ularda butun jamiyatda erkaklar va ayollarning notengligi adolatli ekanligi xususida shubha tug‘ilishi ehtimoldan uzoq. Yashirin o‘quv rejasi fanlarning mazmunida ham mavjud. Bunday vaziyatda gender stereotiplarning ko‘rinishini maktab darsliklari mazmunini o‘rganib chiqib namoyish etish mumkin.
Gender stereotiplarni uch guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruh –feminlik/maskulinlik stereotiplari, ikkinchi guruh – ijtimoiy rollarga nisbatan stereotiplar, va uchinchi guruh – mehnati mazmunida farqlar bilan bog‘liq bo‘lgan stereotiplar. O‘tkazilgan tahlil biz o‘rganayotgan darsliklarda gender stereotiplarning barcha uchta guruhi borligi ko‘rsatilgan. Har bir guruh bo‘yicha aniqlangan gender stereotiplarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, birinchi guruhga quyidagilarni qayd etish mumkin. Feminlik/maskulinlik stereotiplari xususida erkak jinsidagi personajga ko‘plab shaxsiy fazilatlarni biriktirish umumiy tendensiyasi kuzatiladi. Ular ko‘pincha jismonan kuchli, qo‘li ochiq, dadil, aqlli, mohir, sobitqadam, izlanuvchan, epchil, botir singari fazilatlarga ega qilib ko‘rsatiladi. Ayol personajlarni ko‘pincha batartib, sabrli qilib, kam hollarda e’tiborli va mustaqil deb ko‘rsatishadi.
Stereotiplarning ikkinchi guruhi xususida quyidagilarni aytish mumkin. Ayol personajlarga asosan uy yumushlarini bajaradigan (uy yig‘ishtirish, kir yuvish, ovqat pishirish, bolalarga qarash) uy bekalari, onalar, opalar rollari beriladi va kasbga doir rollar cheklanib, ko‘proq o‘qituvchi roli beriladi. Bu o‘rinda erkak personajlar oilaviy rollarda (ota, aka, oila boshlig‘i) hamda har xil kasb egalari rolida ko‘rsatiladi. Og‘ir jismoniy mehnat, shuningdek ov, baliq ovi va boshqa shu singari ishlarni bajarish bilan bog‘liq rollari faqat erkaklarga beriladi. Faqat ayollarga beriladigan rollarga tikish- bichish, kashtachilik va shu singari an’anaviy “xotin-qizlarga xos” ishlar kiritiladi. Muayyan jinsga aniq biriktirib qo‘yilgan me’yoriy axloq modellari ham aniqlangan. Mana, masalan, sog‘lom turmush tarzi (kun tartibiga rioya etish, badantarbiya) – bu erkak personajlar amalga oshiradigan axloq modellaridir, tibbiy yordam ko‘rsatish va bolalar haqida g‘amho‘rlik qilish faqat ayol personajlarning axloq modeli. Shunisi qiziqki, biz jinsga nisbatan neytral deb hisoblaydigan roller va xatti-harakatlar ham gender bo‘yoqlarga ega. Masalan, sport bilan shug‘illanish, harakat o‘yinlari, velosipedda uchish, gazetalar o‘qish va televizor ko‘rish va boshqa shunga o‘xshash ishlar erkak personajlarga ayol personajlarga qaraganda ikki baravar ko‘p berilgan.
Bajarilayotgan ishning mazmunidagi farqlar bilan bog‘liq bo‘lgan gender stereotiplarining uchinchi guruhiga nisbatan biz o‘tkazgan tadqiqotlar quyidagilarni aniqladi. Erkak va ayol personajlari munosabati bilan o‘rganib chiqilgan darsliklarda eslatib o‘tilgan barcha kasblar tahlil qilindi. Shu narsa qayd etildiki, mazkur darsliklarda eslatib o‘tilgan 56ta turli kasbdan atigi 9tasi ayol personajlari bilan bog‘langan. “Erkaklarga xos” mashg‘ulotlarning uzundan-uzoq ro‘yxatida turli mehnat sohalariga oid kasblar va mutaxassisliklar – texnikaga oid, ishchilik, qishloq ho‘jaligiga oid, harbiy soha va boshqa (masalan, muhandis, duradgor, uchuvchi, traktorchi, o‘rmonchi) mutaxassisliklari bor.
Bundan tashqari, madaniyat, tibbiyot, sport sohalaridagi professional mashg‘ulotlar (masalan, shoir, trener, shifokor va bsh.) ko‘pincha erkaklarga biriktirib qo‘yiladi. Darsliklarimizda “ayollarga xos” ishlar qatorida asosan o‘qituvchi, tarbiyachi, hamshira, tikuvchi, sut sog‘uvchi kasblari ko‘proq esga olingan. Madaniyat sohasidagi kasblar orasida, masalan erkak personajlar rassom, shoir, kompozitor, dirijer, artist, musiqachi, ashulachi, ayollar personajlari esa raqqosa va kutubxonachi sifatida ko‘rsatilgan. Menimcha, bu o‘rinda izohning xojati yo‘q. Hosil bo‘lgan tasavvur erkak mehnatining bunyodkorlik va ijodkorlik tusiga ega bo‘lgan, ayol mehnatining yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sifatidagi stereotip ta’rifini tasdiqlaydi.
Fransiyada bolalar uchun kitoblar turkumini o‘rganishdagi ma’lumotlarga ko‘ra, “erkaklarning kasblari hokimiyat, obro‘, nufuz va texnik ko‘nikmalarni olib keladi, ayni vaqtda ayollarning kasblari past malakali va kam haq to‘lanadigan hisoblanadi”.
“Ham hayotda, ham adabiyotda eskirib ketganlik tusini olgan, insoniyat faoliyatining boshqa biron-bir sohasida bir jinsning ikkinchi jinsdan ustunligini aks ettiradigan fikrni” anglatuvchi “ahamiyatlilik stereotipi” bizningcha alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, maktab darsliklarida asosan erkak jinsidagi buyuk odamlarning hayotidan olingan misollar keltiriladi, ayollarning tajribasi esa deyarli ko‘rsatilmaydi. Tadqiqotlarimizda biz o‘rgangan darsliklarning birontasida buyuk ayollar eslatilmagan, go‘yoki bunday ayollar mutlaqo bo‘lmagandek. Bundan tashqari, erkaklar odatda qayta-qayta ko‘rsatiladigan ayol qiyofasiga nisbatan yuqoriroq maqomga ega bo‘lgan xilma-xil kasblar va boshqa ijtimoiy rollarda tasvirlanishi erkak obraziga katta ahamiyat berilishiga ko‘maklashadi. Taqqoslab ko‘raylik, Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, bolalar uchun kitoblarda “o‘g‘il bolalar va erkaklar ijodkorlar va qarorlar qabul qiladigan shaxslar qilib, qiz bolalar va ayollar esa bo‘ysinuvchilik rolini o‘ynayotgan “passiv” personajlar qilib tasvirlanadi”.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida maktab darsliklarini gender ekspertiza qilish natijalari va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan shunday tadqiqotlar bilan qiyosiy tahlil maktab darsliklarida va bolalar adabiyotida an’anaviy gender stereotiplar mavjudligidan dalolat beradi.
Gender yondashuvning afzalligi nimada?
Birinchidan, ta’lim amaliyotida gender yondashuvni qo‘llanish har bir jins uchun bemalol bo‘lgan bolalarning o‘zlarini o‘zlari ro‘yobga chiqarish hududlarini kengaytiradi, qiz bolalarni sport yoki “erkaklarga xos” boshqa faoliyat turlari bilan shug‘illanishga, o‘g‘il bolalarni esa “ayollarga xos” mehnat ko‘nikmalarini egallashga rag‘batlantiradi.
Ikkinchidan, bunday yondashuv orqali maktab pedagoglari darslarda, kundalik turmushda, o‘yinlarda va boshqa holatlarda o‘g‘il va qiz bolalarning teng huquqli hamkorlikka ega bo‘lishlariga ko‘maklashadilar.
Uchinchidan, gender stereotiplarning susayishi yuz beradi, buning oqibatida ahloqning jinsiy-rolli modellariga nisbatan ayrim madaniy taqiqlar olib tashlanishi mumkin. Bunday holatda o‘g‘il bolalar hissiy o‘zini o‘zi ifodalash, qiz bolalar esa kasbda o‘zlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladilar.
Shunday qilib, o‘z pedagogik amaliyotida gender yondashuvni qo‘llayotgan pedagoglar qizlarning ham, o‘g‘il bolalarning ham imkoniyatlari va hayotiy umidlari oshishiga ko‘maklashadi.
Umuman olganda, ta’limdagi gender yondashuv gender sezuvchanlikni, binobarin, tolerantlikni va xilma-xillikka bo‘lgan sezgirlikni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi, va shaxsning ichki salohiyatini erkin ochishi uchun imkon beradi.



Download 134,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish