35-mavzu: Ta’limda gender yondashuv Ta’lim sohasida gender jihatlar Gender pedagogikasining amaliy jihatlari



Download 134,69 Kb.
bet2/9
Sana20.03.2022
Hajmi134,69 Kb.
#502057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
35-мавзу

1-Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining har xil turlarida tahsil olayotgan erkaklar va ayollar sonining nisbati nomutanosibdir. Masalan, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ayollar ulushining ko‘pligi kuzatiladi, ta’lim muassasalarining boshqa turlarida esa – erkaklar ulushi ustunlik qiladi, ayni vaqtda boshlang‘ich kasb va oliy o‘quv yurtlarida bu holat muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim olayotgan erkaklar va ayollar ulushi o‘rtasidagi eng katta farq oliy ta’lim tizimida kuzatiladi. Jumladan, oliy o‘quv yurtlari talabalari sonining 62,2% erkaklardan va 37,8% ayollardan iborat.
Oliy ta’lim sohasida tahsil olayotgan erkak va ayollarning ulushlari o‘rtasidagi tafovut bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi miqdoriy ma’lumotlarni taqqoslaganda ko‘rinadi. Masalan, “Mujchinы i jenщinы” statistik to‘plamining ma’lumotlariga ko‘ra, “2018-2021 o‘quv yillarida bakalavriatga o‘qishga kirganlar soni 42 ming kishini tashkil etdi, bakalavriatga kirganlar umumiy sonining 37,4%ni qizlar tashkil etadi, 62,6%ni – erkaklar”.
Mazkur o‘quv yilida magistraturaga 2694 ta odam qabul qilinib, ularning qariyb 35%ni ayollar, 65% esa erkaklar tashkil etadi. Demak, tahsil oluvchilarni ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimlashda quyidagi holat kuzatiladi: ayollar o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida ko‘proq bo‘lib, ular boshlang‘ich kasb ta’limi muassasalarida kam darajada va eng kami – oliy o‘quv yurtlarida. Navbatdagi jadvalda o‘rta maxsus muassasalar o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalarining soha bo‘yicha ixtisoslashuvidagi taqsimlanishi keltirilgan. 2-Jadval

Yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ularda ta’lim olayotgan ayollar soni erkaklarga nisbatan ko‘proq (52% ayollar va 48% erkaklar). Mazkur o‘quv muassasalarida soha bo‘yicha ixtisoslashuvdagi taqsimotni ko‘rib chiqib, sanoat va qurilish jabhalari bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisliklarda o‘g‘il bolalar ko‘p ekanligini (67,0% erkaklar va 33,0% ayollar), qishloq xo‘jaligida (77,8 va 22,2%), transport va aloqada (85,5 va 14,5%) kuzatish mumkin. O‘g‘il bolalar


sonining ko‘pligi, shuningdek, iqtisodiyot va huquq sohalarida (60,3 va 39,7%), san’at va kinematografiyada (59,2 va 40,8%, 2-jadv. qarang) ko‘zga tashlanadi. Bu hol shuningdek soha bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining talabalari tarkibidagi erkaklar va ayollar sonini taqqoslaganda ham takrorlanadi. Bu o‘rinda ham erkaklar yana sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, iqtisodiyot, huquq, aloqa, jismoniy tarbiya va sport sohalari bilan bog‘liq fakultetlar va ixtisosliklarda soni bo‘yicha ayollardan oldinda turadi. Ayollar sonidagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy ko‘plik faqat sog‘liqni saqlash sohasida kuzatiladi (54,3% talaba qizlar). San’at va kinematografiya borasida ham ayollar erkaklarga nisbatan kamroq (mazkur ixtisoslashuvda tahsil olayotganlar sonining 41,9% ayollar tashkil etadi).
Shunday qilib, ayollar sonining o‘rta o‘quv yurtlarida aksariyat qismni tashkil etishi faqat ikki mutaxassislik guruhlarida kuzatiladi: ta’lim sohasi – mazkur sohada o‘quvchilar umumiy sonining hissasiga 85,5% to‘g‘ri keladi, hamda sog‘liqni saqlash sohasida ayollarning soni eng yuqori, ya’ni 87,8% (2-jadval) teng. Oliy ta’lim sohasida esa bunday ustunlik faqat sog‘liqni saqlash borasidagi bir guruh mutaxassisliklarda kuzatiladi, va uning hajmi sezilarli emas (51,1% ayollar).

Download 134,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish