Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish.
Vu usul nutqning ma'nodorligini (ifodaliligini) shakllantirishga yordam beradi. O’qituvchi tomonidan ishtirok etuvchi shaxslar xaraktyerining izohlanishi o’quvchilar nutqining oydinlashishiga, diqqatining faollashishiga katta ta'sir etadi. Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish maktabgacha ta’limda o'rta guruhdan boshlab qo'llaniladi. Bu usuldan mashg'ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'yin usuli (dramalashtirilgan o'yin).
Bu usulda rersonajlarning (ishtirok yetuvshilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: o’quvchilar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foudalanadilar, biroq o’yin uchun hech qandau niqoblar, dekoratsiyalar talab etilmaydi. O’qituvchi avval o'zi muallif nomidan gapiradi, so'ngra bola gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo'sh rivojlangan bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o'yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh guruhlarida qayta hikoya qilib berishga o'rgatish mashg'ulotining tuzilishi (o'tkazish uslubiyoti) har xil bo'ladi.
Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish mashg'ulotida o’qituvchi o’z oldiga bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirish, matn mazmunini bir-biriga bog'lab, ketma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jihatdan to'g'ri bayon etishga o'rgatish vazifasini qo'yadi. Qayta hikoya qilib berishga o'rgatish mashg'ulotini o'tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh bolalari bog'lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, o’qituvchining o'z oldiga qo'ygan vazifasiga, shuningdyek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan adabiy asar matniga bog'liq bo'ladi. Qayta hikoya qilib berish mashg'uloti ushbu qismlardan iborat bo’lishi mumkin:
Kirish suhbati. Vu shubat asar mazmunini idrok qilishga, o’quvchilarning tasavvurlarini aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va hokazolarga qaratilgandir.
Badiiy asarni o'qib berish. Asarni dastlabki o'qib berishda o’quvchilarga uning mazmunini esda saqlab qolish kerakligini, so’ng uni qayta hikoya qilib berish lozimliginii ta'kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g'oyaviy tomonini idrok eta olmasligi mumkin. Asar matnini ma'noli qilib, ishtirok yetuvshilarning dialogini intonatsiya bilan ajratib o'qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda muhimdir. Shundau qilinganda o’quvchilarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o'z munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo'lamiz.
O’qib berilgan asarning mazmuni va shakli yuzasidan suhbat. O'qib berilgan yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan beriladigan savollar oldindan yaxshilab o'ylab qo'yilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |