316-guruh talabasi Rahmatullayeva Iymonaning “Abdulla Qodiriy publisistikasidagi adabiy qarashlar” mavzusidagi


Abdulla Qodiriy – adabiyot nazariyotchisi sifatida



Download 499,58 Kb.
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi499,58 Kb.
#798459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAHMATULLAYEVA KURS ISHI 3-KURS

Abdulla Qodiriy – adabiyot nazariyotchisi sifatida
Adibning hajvga munosabati. Hajviyot nazariyotchisi sifatida. Qodiriy o‘z ijodining dastlabki yillaridayoq birinchi bo‘lib satira va yumor, uning ahamiyati haqida qizg‘in mulohaza yuritadi. Satiraning eng muhim janrlarini taraqqiy ettirish zarurligini, o‘zi ham shu sohada ijod qilish orzusida ekanligini bayon qilgan edi. "Kulgilikning boshlanish tarixi juda eskidir. Kulgilik insonlar bilan birga tug‘ilgan, uning boshqa xususiyatlari, ya’ni kamolot va ruhiy holatlari ila yondoshdir. Shuningdek, biz o‘zbeklarning kulguligimiz ham o‘z ta’rifini eskidan boshlaydi”.
Qodiriy kulgi tarixi haqida fikr yuritar ekan, Afg‘oniston podshosi Amir Abdurahmonxon bilan Kalparash degan qiziqchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixni misol qilib keltiradi. Kulgi kishilar bilan birga tug‘ilib, ular bilan birga kamolotga erishadi deb hisoblaydi. Xarakter kulgisi haqida gapirar ekan, uni sajiyaviy kulgi deb qaraydi. “Toshpo‘lat tajang”, ”Kalvak Maxzum”, “Ovsar” va “O‘tkan kunlar” romanidagi obrazlarni misol tariqasida ko‘rsatadi.
Hajv nazariyasi haqidagi mulohazalarini davom ettirib, “Yozishg‘uvchilarimizga” maqolasida xarakter kulgisi eng mo‘tabari deb qaraydi. Xarakter kulgisini yaratish uchun shartlarni ko‘rsatadi:a) qahramonning xarakteri; b) shu xarakter ichidan adib beradigan ma’no yoki ibratning namoyon bo‘lib turishi; v) shu ikki turlik narsa ichidan istehzo yoki kulgi moddasining tabiiy suratda kelib chiqishi. O‘z fikrini isbotlash uchun adib Toshpo‘lat tajang obrazini tahlil qiladi.
Hajviyot nazariyachisi sifatida kulgini tasnif qiladi: “Ichki ma’naviy tomondan kulgilikda uch turlik unsur ham bor: 1)mutoyaba (sharj ma’nosida); 2)yumor (hajv); 3)satira (ibrat). Shu uch turlik kulgilikni ifoda qilishda yordamchi (vositachi) xizmatini o‘taguvchi unsurlar ersa: hazil, kinoya, mubolag‘a, tasfir, tashbiya, tamsil, istiora, tatoqqul, tajahul, xalq maqollari va ta’birlari va shunga o‘xshashlar”. Ko‘rinadiki, adibning tasnifi va ta’rifi hajviyotning mohiyatiga mos keladi.
Keyinroq Abdulla Qodiriy o‘zining hajvga bag‘ishlangan maqolasida kulgining o‘ziga xos xususiyati va uning ba’zi xillari haqida chuqur mulohaza yuritadi.
“26-yilda kuldurguchilarimiz” (“Mushtum”, 1926 yil, 24-son) maqolasida esa umuman hajv va yumor borasida mufassal to‘xtalib o‘tadi. Bundan tashqari, “Mushtum” jurnalining bu boradagi ahamiyati, faoliyatidagi kamchiliklar, ijodiy jamoaning (hajvchilar) chiqishlari, ba’zi hajviyalar tahliliga e’tibor qaratadi. O‘sha davr hajvchiligi borasida o‘zining asoslangan fikrlarini bayon etadi: “Biz “Mushtum” yozishg‘uchilari oramizda o‘tkir kulki ijodchilari yo‘q, hammamiz ham o‘z holimizga yarasha kulki to‘quymiz, jamiyat qitig‘ig‘a to‘g‘rilab qo‘l yubora olmaymiz... Biroq yaxshi xususiyatimiz shundaki, har zamon jamiyatning qitig‘ini izlaymiz, izlashdan charchamaymiz va o‘lturib qolmaymiz... Yozishg‘uvchilarimizning ikinchi yaxshi xususiyati shundaki, yozg‘an maqolalarini bosilish va bosilmasiga qaramaydirlar. Bosilmadi, deb umidsizlangmasdan yozishni davom etdira beradirlar” (“26-yilda kuldurguchilarimiz”,709-bet).
“26- yilda kuldiruvchilarimiz” ushbu maqolada tanqidning ikki xili: “Adabiyot dunyosida ikki turli tanqid borligi, jiddiy tanqid va hajviy tanqid” haqida fikr yuritadi. “Jiddiy tanqid o‘zining kuzatgan nishonasi ustida o‘zgarishlar yasasa ham”, uning ko‘proq mutaxassislarga (“ziyolilarga”) qaratilgani, ammo unda ommaviylik xususiyati kamligini hisobga olib, asosiy diqqatini hajviy tanqidga qaratadi. Hajviy tanqidni xalqning ruhiga yaqin, xalq qalbini his eta oladigan tarjimon deb hisoblaydi.
Shu bilan birga o‘sha davr yozuvchilari, “Mushtum”dagi adiblar orasida ham o‘tkir kulgi ijodchilari yo‘qligi, hamma o‘z holiga yarasha kulgi to‘qishi, “jamiyat qitig‘iga to‘g‘rilab, qo‘l yubora olmasliklaridan” afsuslanadi.
Mening kulgilikda ishlatadigan necha turlik imzo, ya’ni qahramonlarim bor: Kalvak Maxzum, Toshpo‘lad, Ovsar, Dumbul, Shilg‘ay va boshqalar. Agar siz shu imzolar bilan yozilgan kulgiliklarni tekshirib chiqsangiz, munda asli yozuvchining shaxsini tamoman ko‘rmaysiz. Faqat so‘zni imzo egasining o‘z og‘zidangina eshitasiz. Kalvak Maxzum obrazi orqali-da ko‘pdan haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan xolis bir mahalla imomini ko‘rasiz, – deb yozadi Qodiriy “Kulgu haqida” nomli maqolasida.
Nazariy fikrlari va qarashlarining isboti sifatida o‘zi hajviy asarlar yoza boshladi. 1923-1926 yillar davomida «Mushtum» jurnalining qiyofasini belgilovchi, hajviy qissa janrining yetuk namunalari bo‘lmish «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi?» kabi asarlari bosildi. «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan» qissasida haqiqiy hayotdan butunlay uzilgan, xurofotdan boshqa narsani ko‘ra olmaydigan mahalla masjidi imomi Kalvakning kulgili sarguzashtlari, tug‘ilishidan boshlab boshdan kechirgan voqea-hodisalar hikoya qilinadi. Kalvak maxzum — taraqqiyot dushmani. Har qanday ijobiy o‘zgarishlarga qarshi bir odam. Uni jamiyat allaqachon chiqindi sifatida uloqtirib tashlagan. U shu darajada mutaassibki, ruhoniy bilimlarni ham yolchitib o‘rgangan emas. U shu darajada taraqqiyotdan orqada qolib ketganki, sho‘rolar maktabida o‘qiyotgan yosh qizchalarning maktabga ochiq borishi-yu ularning kiyinishi unga buzuqlik, g‘ayri shar’iy ko‘rinadi. U o‘z so‘zlari, savollari bilan o‘z ruhiy olamini ham namoyish qiladi. Bu olam g‘oyat kir va qop-qora zimistondan iborat. Bu uning qiroatxonada o‘zini tutishida, 12-13 yoshli o‘quvchi qizchaga bergan savollarida, umuman, fikrlashida ko‘zga yaqqol tashlanadi.
A. Qodiriy Kalvak maxzum obrazini yaratishda uning butun dunyoga buzuq niyat bilan boquvchi qorayurak bir kishi ekanligidan kelib chiqqan holda so‘zlar, iboralar tanlaydi, ya’ni xarakterini nutqi vositasida gavdalantiradi.
Abdulla Qodiriyning munaqqid, beayov hajvchi ham bo‘lganligini uning 1923-1926 yillari yozgan maqola, felyeton va hajviyalaridan bilish mumkin. Adibning publitsistik mahorati aynan o‘sha yillari kamol topgan, bugun biz to‘lqinlanib o‘qiydigan hajviyalari o‘sha yillari matbuot yuzini ko‘rgan edi.
Endi hajviy asarlar deb qanday asarlarga aytilishiga to‘xtalsak. Hajviy asarlarda, asosan, satirik va komik-yumoristik obrazlar yetakchilik qiladi. Satirik obraz qisman salbiy obrazga o‘xshab ketsa-da (har ikkala tipdagi obrazlar vositasida hayotdagi salbiy kishilar yoxud hayotdagi qusurlar tanqid qilinadi), ular o‘rtasida prinsipial farqlar ham bor: salbiy obrazda hayotdagi qusurlar inkor qilinsa-da hajv etilmaydi – yozuvchi ular ustidan ochiqdan-ochiq kulmaydi. Satirik obrazlarda esa, aksincha, hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulish, sarkazm, kinoya, masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Satirik obrazning xatti-harakatlari va qiliq-odatlaridan kishi behad nafratlanadi, ulardan jirkanadi. Xususan, “Kalvak Maxsumning xotira daftaridan” asaridagi Kalvak maxsum obrazi bunga to‘laqonli misol bo‘la oladi.
Abdulla Qodiriy ijodiy merosida qariyb saksondan ortiq katta-kichik hajviyalar o‘z mavzui, janri jihatdan bir-birini to‘ldirib, o‘zbek milliy hajviyasi zaminini yaratadi. Xususan, “Tinch ish”, “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” kabi hajviy hikoyasi, qissalari adib ijodida ham, umumadabiyotimiz rivojida ham muhim hodisadir. To‘g‘ri, adib hajviyachiligi yo’q joydan yaralmadi. Eng avvalo boy xalq ijodi, ming yillik mumtoz adabiyotimiz va yana G‘arb va Sharq adabiyotlarining noyob hajviy namunalari mahorat maktabi vazifasini o’tadi, deyish mumkin. Zero, adibning “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, yoki “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” kabi hajviy qissalari ruhida, xarakterlar nutqi va muomalasida mashhur Afandi latifalari, xalq kitoblari, ertak va dostonlariga xos tasvirlash usullari va uslubi omuxta bo‘lib ketgan. Shuningdek, Sharq hamda G‘arb adabiyotlarining bu boradagi an’analaridan foydalanilgan. Xususan, tatar va ozar hajvchiligi maktablarida darslik – qo‘llanma vazifasini o‘tagan deyish mumkin. Ammo adib kimdan nimadan o‘rgangan yoki foydalangan bo‘lmasin, o‘z ovozi va so’zi bilan milliy o‘zbek realistik hajvchiligi an’analarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Hech bo‘lmaganda u yaratgan Sharif Oxund, Shirvon xola, Kalvak Mag‘zum, Toshpo‘lat tajang kabi xarakterlarni eslash o‘rinlidir.
Kulgi –xalq ijodi. Yozuvchi xalqdan oladi va xalqqa beradi. Abdulla Qodiriy Kalvak Maxzum, Toshpo‘lat tajangni ham, solih Ma’dum va O‘zbekoyimni ham xalq ichidan topgan, xarakterlarni umumlashtirgan, sayqal berib, badiiy libos kiydirgan. Adibning turli suhbatlarda, davralarda “gap o‘g‘irlab” o‘tirishining sababi ham mana shunda. Hatto adibning o‘g‘li Habibullo Qodiriy “Otam haqida” nomli kitobida yuqorida ismlari keltrilgan satirik qahramonlarning ayrim prototiplari, ular bilan Qodiriyning real muloqotlari va o‘zi guvoh bo‘lgan qiziq-qiziq voqealari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Bu dalillar ulug‘ adibning xalq hayotiga, oddiy odamlarning qalbiga, dardu alamlariga, quvonch va shodliklariga yaqin va sherik bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Qodiriyning badiiy adabiyotdagi kulgi, hajvning mohiyatiga oid nazariy fikrlari juda kuchli ekanligini olimlar ta’kidlab o‘tadilar.
Abdulla Qodiriy psixologiyasida, tabiatida hayot voqealariga tanqidiy munosabat bildirish juda kuchli. Voqelikni xoh u zamonaviy, xoh tarxiy mazmunda bo‘lsin, undan qat’i nazar ko‘pchilik holatlarda hajviy-badiiy ruhda talqin etishi shundan. Adib ijodiga xos bu xususiyatlar uning mayda hangomalaridan tortib, eng yirik hajviyalari mohiyatida ham uchraydi. XX asrning 20-yillariga kelib, adabiy-tanqidiy maqolalar mundarijasi birmuncha jiddiylashgani mahorat masalalarini tahlil etishda ko‘zga tashlana boshladi. Chunonchi, A.Qodiriy o‘zining bir qancha maqolalarini Chexov ijodiga bag‘ishladi. U rus yozuvchisi Chexovning hikoyanavislik mahoratini tahlil qilishga intiladi. Chexov o‘z hikoyalarida hayotdagi go‘yo ahamiyatsiz ko‘ringan kichik bir hodisani olib, undan katta xulosalar chiqarishi, hayotning shu kichkinagina epizodida qahramonning tipik va yaxlit xarakterini yaratib berishi haqida ibratli fikrlarni bayon etadi. Bu esa A.Qodiriyning adabiy tanqidchi sifatidagi qiyofasini ochib berishga yordam beradi. Zero, mazkur maqolada A.Qodiriyning, avval, yozuvchi sifatida ijod sirlarini, jumladan, Chexov uslubini yaxshi bilishi; ikkinchidan, rus adabiyotini yaxshi bilishi, Chexov haqida aytilgan fikrlar, yaratilgan ishlar bilan tanish ekanligi; uchinchidan, yozuvchi ijodini tekshirish salohiyatiga egaligi; to‘rtinchidan, qiyoslash usulidan foydalana bilishi, aytaylik, Chexov va Gogol ijodiy munosabatini va nihoyat, beshinchidan, aniq, asosli, ilmiy xulosalar chiqara olishi kabi xususiyatlari ko‘zga ravshan tashlanadi. “O‘qish-o‘rganish” maqolasida “g‘oyat siqiq, quyuq yozilgan” “Buqalamun” hikoyasini tahlil qilar ekan, adib asosiy diqqatini “mayda hikoyalar yozganda so‘zni qanday tejash kerak”ligiga qaratadi. Chexovning so‘zga xasisligi, uning hikoyasidan biron so‘zni chiqarib tashlash yoki biron so‘zni qo‘shish mumkin emasligini, rus adibi so‘zga naqadar diqqat qilganligi ta’kidlaydi. A.Qodiriyning xuddi shu qarashlari o‘zbek hikoyachiligining rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi va ahamiyatga ega bo‘lib, bugun ham eskirmaganligini ko‘ramiz. Bu esa A.Qodiriyning adabiyot nazariyasini yaxshi bilishi, rus va qardosh xalqlar adabiyotidan xabardorligini, shu bilan birga o‘zbek adabiy tanqidchiligining o‘sha davrlarda yuksalish yo‘lidan borganligini namoyon etadi.
Adibning adabiyot nazariyasiga oid qarashlari. A.Qodiriy adabiyot nazariyasining turli qirralari haqida teran fikr yuritdi. Uning “Yozishg‘uvchilarimizga”, “O‘qish-o‘rganish” kabi maqolalarida ijodkorning burchi, so‘zga munosabati haqida teran fikrlar bildiriladi.
“Yozishg‘uvchilarimizga” maqolasida yozuvchilarning mas’uliyati katta ekanligini ta’kidlaydi. Yozuvchining o‘zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligini katta ayb deb hisoblaydi adib. Adibning yozuvchilar oldiga qo‘ygan talablari quyidagilardan iborat:

  • yozuvchi o‘n karra o‘lchab, bir karra kesmog‘i lozim;

  • qo‘liga qalam olishdan oldin birmuncha andisha qilish kerak;

  • shaxsiy manfaatni masala zamiriga qo‘ymaslik;

  • so‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak;

  • aytmoqchi bo‘lgan fikrni hammaga barobar anglata bilish lozim;

  • fikr ifodasi xizmatiga yaramagan so‘z va jumlalarga yozuvda aslo o‘rin berilmasligi kerak;

  • bir soatda emas, o‘n soatda yozish, bir qayta emas, o‘n qayta tuzatish;

Abdulla Qodiriyning bu mulohazalari bugungi kunda ham eskirmagani, boshlovchi yozuvchilar uchun dasturulamal bo‘la olishi jihatidan ahamiyatlidir.
“Mushtum” jurnalining asoschilaridan biri sifatida uning taqdiri uchun jiddiy qayg‘uradi, shu bois jurnal qiyofasini belgilaydigan, xalqqa mashhur qilgan eng xarakterli maqolalarning anchaginasi adib qalamiga mansub bo‘lib, ularning ko‘pchiligi publitsistik xarakterda bo‘lsa ham, ularda adib o‘zining adabiyot, adabiy jarayonga bo‘lgan munosabatini ham bayon etib borganini ko‘ramiz. Masalan, “O‘quvchi va yozuvchilarimizning diqqatiga!” deb nomlangan kichik maqolasida, asosan, “Mushtum” jurnalining saviyasini oshirish haqida fikr yuritiladi, adib tanqidning asosiy maqsadi, mohiyati haqida ham to‘xtalib, o‘quvchilarning vazifasi, yozuvchining burchi qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi. Hatto o‘quvchilar har bir maqola va tanqidni taftish qilib borishlari zarurligi ta’kidlanadi: “...bundagi fikrlar beg‘araz yozilgani barobarida o‘quvchilarning ham betaraf tekshirib, insof doirasida foydalanishlari tavsiya etiladi”. Abdulla Qodiriy yozuvchilarga murojaat qilar ekan, ko‘pchilik maqolalarning “g‘araz va shaxsiyat kasaliga mubtalo” bo‘lganidan afsuslanadi. Tanqid xolis va beg‘araz bo‘lishini hisobga olib, yozuvchilardan vijdonan yozishni talab qiladi. XX asrning boshlarida hali professional tanqidchilik rivojlanmaganini uning bu haqdagi “to‘mtoq va kurt (xom)” degan so‘zlari yorqin namoyon etadi. Shu bilan birga kinoya va piching adibning asosiy qurollaridan biri ekanligi ko‘pchilik maqolalarda yaqqol ko‘rinadi.
“Maqolalarning 25 foizi dumi xurjunda bo‘lsa, 25 foizi g‘araz va shaxsiyat kasaliga mubtalodir” degan so‘zlari bevosita adabiy jarayonga, o‘sha davr tanqidchiligiga ham tegishlidir. Maqolada adibni o‘ta mulohazali, maqsadini aniq bayon eta oluvchi, so‘zni o‘z o‘rnida ishlata biladigan munaqqid sifatida ham ko‘ramiz: “Masala juda ochiq va ravshan ekan, so‘zni cho‘zmay, ochiq haqiqatga hoshiya bog‘lamay, maqsadning o‘ng biqinidan chiqsak, o‘quvchi va yozuvchilarimizning diqqatiga suvdan tiniq va haqiqatligi aniq dodimizni arz qilgan bo‘lamiz”. Bu maqola hajman qichik bo‘lsa-da, adibning o‘sha davrdayoq haqiqiy adabiy tanqid qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi qarashlarini oydinlashtirishga yordam beradi.Bundan tashqari, adibning maktub janrida “Maskov xatlari” turkum asari ham borki, ularda ham kuyunchak yozuvchining Moskvada turib ham adabiy jarayondan boxabar bo‘lishi, jurnal va gazetalarning saviyasi uchun jon kuydirganligi yorqin ko‘rinadi.
Keyinroq esa haqli ravishda “Yozuvchi o‘z ishi to‘g‘risida” deb nomlangan ma’ruzasida “Yozuvchi bo‘ladurg‘on har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxshi bilib olishi kerak. Eng yaxshi yozuvchilarning asarlarini bir necha qaytalab o‘qish zarur. O‘qiganda ham yozuvchining nima demoqchi ekani va o‘z fikrini qanday yo‘l bilan o‘quvchiga anglata olganini diqqat qilib surishtirib borish kerak. Shundagina yozuvchilardan hunar o‘rganish mumkin”,--­ deb yozdi. Kuyunchak adib va munaqqid A.Qodiriyning bu fikrlari hech qachon eskirmaydi, balki adabiyot dargohiga kirib kelayotgan yoshlar uchun ijod maktabi bo‘la oladi.
Yozuvchidagi talabchanlik, obraz tabiatiga, umuman, so‘zga, tasvirga, detalga e’tibor berishlik ijodining badiiy-estetik mohiyatiga kuchli ta’sir qiladi.Abdulla Qodiriy “mamlakatining fuqarolari” ko‘pchiligining uzoq vaqt esda saqlanib, inson xotirasiga muhrlanib qolishining sababi ham mana shunda. Yozuvchi asl tabiatining pokizaligi, niyatining beg‘arazligi, g‘oyaning go‘zalligi ana shunday umrboqiy obrazlarni, asarlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun adib o‘z ijodi mahsulining qadr-qimmatini, bahosini boshqalarga nisbatan o‘zi yaxshi bilgan. Ijodining estetik mohiyatiga, obrazlari tizimiga, badiiyat mantig‘i va realizmga daxldor ba’zi masalalarda tanqidchilarga munosib javob ham bergani ma’lum.
Biror bir adib ijodiy dunyoqarashidagi nafosatni, estetik prinsiplarni tadqiq etishda jahon adabiyotshunosligida adabiy-ilmiy maktablar mavjud. O‘zbek adabiyotshunosligida ham bu masalag e’tibor qaratilgan. Adib estetikasini tadqiq etgan adabiyotshunos olim U.Normatovning talqinlarida yangicha adabiy-ilmiy qarashlar ko‘rinadi. Olim adibning adabiy-nazariy qarashlarini talqin etib, Qodiriy estetikasidagi, adabiy-tanqidiy qarashlaridagi bosh masala – realizm masalasidir, “haqiqat, hayot haqiqati, haqiqatga sadoqat – yozuvchining ijodidagi bosh shiordir” degan xulosaga keladi. Haqiqatan ham adib asarlarining ma’no-mundarija doirasi juda keng, ularda xilma-xil ijtimoiy, ma’naviy muammolar ko‘tarilgan. Abdulla Qodiriy hajviy va adabiy tanqidiy maqolalarida o‘z davrining sergak va faol tanqidchisi, adabiyot ishi uchun fidoyi adib ekanligini namoyon eta oldi. Uning maqolalarida uyg‘onish davrining, adabiyotining ruhi aks etib turganligini sezish qiyin emas.

Download 499,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish