Hozirgi paytda havodagi changni ushlab qoluvchi turli konstruksiyali ko‘plab uskunalar mavjud. Lekin changlar turli-tuman va xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun ularni ushlab qolish usullari va chang ushlagichlarning konstuksiyalari ham turlichadir. Har bir chang turi uchun alohida o‘ziga xos tozalash usuli va konstruktsiya qo‘llanadi.
Chang ushlagichlarni samarali ishlashida changning dispersligi (katta-kichikligi), chang zarrachalarinng shakli (tolali, granulali va boshq.), yopishqoqligi, namlanishi va yonuvchanligi katta ahamiyat kasb etadi.
3-rasm. Chang tozalovchi uskunalarning turlari
To‘qimachilik korxonalaridan aksar tolali changlar ajralib chiqadi.
To‘qimachilik xom ashyosini qayta ishlash korxonalari (kanop zavodlari, pillakashlik fabrikalari, junni qayta ishlash korxonalari, paxta zavodlari) murakkab tarkibli chang ajratib chiqaradi. Bunda ayniqsa paxta zavodlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan chang uch xil fraksiyaga ega bo‘lib, ular: a) o‘lchamlari 0,05 mm gacha bo‘lgan, mayda tuproq zarrachalari (umumiy massaning 25% gacha bo‘lishi mumkin); b) qurigan barg, shona va o‘simlikning tolaga aralashib qolgan iflosliklari; v) singan va butun tolalardir. Ushbu uch turli fraksiyaning o‘zaro aralash holda bo‘lishi hozirda qo‘llanayotgan chang ushlagichlar ishini qiyinlashtiradi. Chunki mayda fraksiyali changlarni ushlashga mo‘ljallangan chang ushlagichlarni ko‘zi tez orada tolali changlar bilan tiqilib qoladi va aksincha tolali va yirik zarralarga mo‘ljallangan chang ushlagichlar esa mayda tuproq zarrachalarini o‘tkazib yuboradi. Shunday qilib, paxta zavodlari sharoitida chang ushlagichlarni tanlash o‘ziga xos murakkablikka ega. Shuning uchun to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida uskunalardan chiqayotgan changli havoni tozalash quyidagi tamoyilga asoslanadi: dastavval oddiy chang ushlagichlar (chang kameralari, siklonlar va h.k)da yirik fraksiyali zarrachalar ushlab qolinadi, so‘ngra ikkinchi bosqichda turli konstruksiyaga ega bo‘lgan murakkab filtrlarda mayda chang zarrachalari ushlanadi.
GOST 12.2.043-92 “Chang ushlovchi uskunalarni tasnifi”da qabul qilingan atamalarga asosan chang ushlagichlar ikki kategoriyaga bo‘linadi: ya’ni quruq va ho‘l usulda ushlovchi uskunalarga bo‘linadi.
Quruq chang ushlagichlar gravitatsion, inertsion, filtrlovchi va elektrofiltrlarga bo‘linadi.
Gravitatsion chang ushlagichlar (chang kameralari) ning ishlash prinsipi yerga tortish kuchi (gravitatsiya) dan foydalanib chang zarrachalarini yerga o‘tkazishga asoslangan.
Inersion chang ushlagichlar (siklon) ning ishlash prinsipi inersiya kuchidan, ya’ni kuchli aylanma harakatdagi chang zarralarining markazdan qochma kuchlar asosida siklonning ichki devoriga itarilib o‘tirib qolishiga asoslangan.
Filtrlovchi chang ushlagichlarning ishlash prinsipi changli havoni turli (to‘r, to‘qima) yoki g‘ovak (noto‘qima material, tolalar, donador) material orasidan o‘tkazib ushlab qolishiga asoslangan.
Elektr chang ushlagichlarning ishlash prinsipi tojli razryad maydonida elektr zaryadiga ega bo‘lgan chang zarrachalarini o‘tkazuvchi elektrodlar orqali yig‘ib olishga asoslangan.
Ho‘l chang ushlagichlar ga: xo‘l siklonlar, rotatsion chang ushlagichlar, skubberlar, ko‘pikli va barbotajli chang ushlagichlar kiradi.
Havoni uchib yuruvchi qattiq zarrachalardan tozalash jarayoni bir necha kattaliklar bilan harakterlanadi, ularning eng asosiysi uskunaning chang ushlab qolish samaradorligi bo‘lib, bu o‘z navbatida bir necha omillarga bog‘liqdir. Masalan, changning fizik-mexanik xususiyati, uning dispersligi, yonuvchanligi, tozalash uskunasining texnologik jarayondagi o‘rni, uning ish unumdorligi va boshqalar. Samaradorlik deganda xoxlagan amaldagi sistemaga kirayotgan va chiqayotgan ko‘rsatkichlarni taqqoslash tahlili boshqacha aytganda FIK tushuniladi.
ηum= (Ckir - Cchik)/ Ckir ,
bu yerda: Ckir - kirayotgan havodagi changlanganlik, mg/m3
Cchik – chiqayotgan havodagi (qoldiq) changlanganlik, mg/m3.
Har xil changli havoni tozalash uskunalarini taqqoslashda ularni qoldiq changlanganligini baholash yoki yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chiqarib yuborish me’yoriga solishtirish usullari qo‘llaniladi.
Atmosferaga chiqarib yuborilayotgan qoldiq changlanganlikni kamaytirish maqsadida bir necha o‘timdan iborat tozalovchi uskunalar ketma-ketli qo‘llansa, ularning umumiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi.
ηum= 1-(1-η1) -(1-η2) ... (1-ηn) (3)
bu yerda: η1, η2, .....ηn -: 1,2 va n inchi havo tozalash uskunalarining samaradorligi
Ma’lumki, paxta tozalash, to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida transport vositasi sifatida havoan keng foydalaniladi. Shuning uchun havo tozalash uskunasi ishining ustivorligi texnologik jarayonning barqarorligiga va mahsulotning sifatiga bog‘liq. Havo tozalovchi uskuna ishining ustuvorligi uning konstruktsiyasi, havo bo‘yicha ish unumdorligi (m3/s, m3/soat) va gidravlik qarshiligi (Pa, kgk/sm2) bilan belgilanadi. Gidravlik qarshilik (∆R) bu uskunaga kirish (Rkir)dagi va undan chiqish(Rchiq)dagi bosimlar farqidir. Binobarin
∆R= Rkir - Rchiq (4)
Tabiiyki bu titish- savash agregati, jin, linter va tozalagichlar kabi agregat va uskunalar ishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Havoni mayda chang zarrachalaridan tozalash uchun turli konstruktsiyadagi filtrlar qo‘llanadi. Ularning ishlash prinsipi changli havoni davriy xarakterga ega bo‘lgan filtrlovchi to‘siqdan o‘tkazishdir. Ularga chang zarrachalari o‘tirishi jarayonida qarshiligi orta boradi, havo o‘tkaza olish qobiliyati pasaya boradi. Shuning uchun to‘qimali filtrlar uchun quyidagi tushunchalar kiritilgan:
- yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan solishtirma chang sig‘imi (Ny.q.b), g/m2;
- filtrlovchi to‘qimaning havo o‘tkaza olish qobiliyati(Qv), (m3/soat)/ m2;
qayta tiklashlar (tozalashlar) orasidagi uzluksiz ishlash vaqti, min.
Chang sig‘imi – bu filtrning uzluksiz ishlash davridagi ushlab qolgan chang miqdori:
Filtrning uzluksiz ishlash davri quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, min (5)
Bu yerda: G‘ – filtrlovchi to‘qimaning ish yuzasi, m2;
Lv - havo bo‘yicha ish unumdorligi, m3/soat;
Ckir – kirayotgan havoning changlanganligi g/m3;
Do'stlaringiz bilan baham: |