Ma’ruza. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash va mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochish. Reja 1.Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash. 2.Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish. 3.Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari. 4.Quduqni qum suyuqlik aralashmasi bilan teshish. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash. Burg‘ilash ishlari nihoyasiga etkazilgach, qatlamdan suyuqlik oqimini olish va o‘zlashtirish uchun quduqlarda tayyorlov ishlari olib boriladi. Buning uchun ishlatish tizmaning yuqorigi qismiga favvora armaturasi o‘rnatiladi. Quduq yuzasi atrofi yaqinida favvora armaturasiga tutashtirish uchun suyuqliklar yig‘ish va saqlash idishlari, separatorlar, masha’la qurilmalari, o‘lchov idishlari, suyuqlik debitini va gazsimon fazalarni, bosim va haroratni o‘lchash uchun asboblar quduqdan chiqadigan suyuqlikdan namuna oluvchi asboblar joylashtiriladi. Quduqni yuvish va suyuqlik oqimini olish maqsadida, vaqtinchalik quduq bilan bog‘lanish uchun kompressorlar hamda nasos agregatlari joylashtiriladi. Favvora armaturasini ikki qismga bo‘lish mumkin: Quvur boshchasi va favvora archasi. Quvur boshchasi NKQ (NKT) ni osilgan holda ushlab turish uchun hizmat qiladi. Favvora archasi quduqdan olinadigan suyuqlikni yer yuzasiga joylashgan idishlar tarmog‘iga tutashtirish va quduq yuzasini germetik saqlash uchun hizmat qiladi. Quvur boshchasi bilan favvora archasi orasida markazi yuqori bosimli zulfin joylashgan. Quvur boshchasi favvora archasi yonlama tarmoqlarga ega bo‘lib, ularni har biri ikkitadan yuqori bosimli zulfinlar, magnometrlar bilan jihozlangan bo‘lsa archaning yonlama tarmoqlari esa – termometrlar va shtutserlar bilan jihozlangan. Quvur boshchasining yonlama tarmoqlariga zaruriyat tug‘ilgan jarayonlarda (masalan, quduqdan suyuqlik oqimini olish, quduqni berkitish (glusheniya) uchun) kompressorlar va nasos agregatlari ulanadi. Favvora armaturasining ishchi bosimi quduq yuzasida sodir bo‘ladigan eng yuqori bosimdan kichik bo‘lmasligi kerak. Quduqqa favvora armaturasini o‘rnatishdan oldin pasportga ko‘rsatilgan bosim bilan sinab ko‘riladi. Quduq yuzasiga favvora armaturasi o‘rnatib bo‘lingandan keyin, sinash orqali quvur uchi va favvora archasi germetikligi tekshiriladi. Quduqdan chiqadigan chiqish quvurlari tomonidan hamda quduqdan 10 metr uzoqlikda armaturaning markaziy zulfinii boshqarish shturvali joylashadi va ayvonli to‘siq bilan atrofi uraladi Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish Ko‘p hollarda qatlamni birlamchi ochishdan keyin quduqni to‘liq ekspluatatsion himoya quvurlari bilan mustahkamlab, quvur orti muhiti sementlanadi. Bunday quduqlardan qatlam suyuqligini olish uchun himoya tizmasini, sement toshini, va kolmatatsiya kobig‘idan o‘tuvchi ko‘p sonli teshiklarni hosil qilish zarur. Bunday teshiklarni hosil qilish operatsiyasi – mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochish deb ataladi. Hozirgi davrda ikkilamchi ochish perforator deb ataluvchi uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Asosan otuvchi va suvqum oqimli perforatorlar qo‘llaniladi. Quduq qatlamidan qatlam suyuqligi normal oqim bilan chiqish uchun ishlatish tizmani bir metr masofada otuvchi perforatorlar bilan 10 tadan 20 tagacha teshik hosil qilish zarur. Perforatorlarni turi va razmeriga bog‘liq holda quduqni bir metr oralig‘ida bir reysda ikkitadan 10 tagacha teshik hosil kilinadi. SHuning uchun ham quduqka perforatorlarni bir necha marta tushirishga to‘g‘ri keladi. Otuvchi perforatorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - ekspluatatsion himoya tizmasi ichida NKQ bo‘lmagan holda tushiriluvchi perforatorlar; - NKQ ichidan tushiriluvchi perforatorlar; - NKQ bilan tushiriluvchi perforatorlar. Otuvchi perforatorlarni asosiy kamchiliklari: a) tog‘ jinsida hosil qilinadigan kanalni uzunligi, tizma ortidagi tamonaj toshini mustahkamligiga tog‘ jinsini mustahkamligi, siqilishiga bog‘liq. b) teshik devorlarida zichlanish yuqori. v) perforatsiya jarayonida ekspluatatsion tizmada ya’ni otiladigan oraliqda nuqsonlar (deffekt) bo‘lishi kutiladi. g) tamonaj toshlarida yorilish sodir bo‘ladi. Nuqsonlarni hosil bo‘lish ehtimoli perforatsiya (zich) tekis bo‘lganda, bir momentda ko‘plab teshiklar hosil qilinganida kuzatiladi. Nuqsonlarni hosil bo‘lish ehtimoli perforatsiya (zich) tekis bo‘lganda, bir momentda ko‘plab teshiklar hosil qilinganida kuzatiladi. Kumilyativ perforatsiyaga nisbatan torpedali va o‘qli perforatsiyada nuqsonlar yuqori bo‘ladi. Ikkilamchi ochishni eng samarali usuli suvqum oqimli perforatsiya usulidir. Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, maxsus nasadkadan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda harakatlanishidagi kinetik energiyasiga va devorni emirish hususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement toshi, tog‘ jinslari teshilib qatlamda teshik yoki ariqchasimon kanal hosil qilinadi. Suyuqlik qum aralashmasi quduq usti atrofiga o‘rnatilgan nasoslar yordamida nasos kompressor quvurlari bo‘ylab perfaratorga haydaladi. Bu usul yangi burg‘ilangan quduqlarda mahsuldor qatlamni teshishda va ishlatish quduqlarining mahsuldorligini oshirish uchun ham qo‘llaniladi. Suyuqlik qum oqimli teshish usulidan quduqda bir qator ishlarni bajarishda ham foydalaniladi: quduqda mustahkamlovchi quvurlarni tizmasini, NKQ ni, burg‘ilash quvurlar tizmasini kesishda; quduqdagi metall, sement stakanlarini va qattiq qumli tiqinlarni buzishda; quduq tubi atrofini kengaytirishda; Suyuqlik qum okimli perfarator. - Suyuqlik qum oqimli perfarator.
- yordamida teshish tarixi. 1- xvostovik-pero; 2-korpus; 3-sharikli klapan; 4-nasadkani ushlovchi; 5-stopop halka; 6-nasadka; 7-tiqin
-
Do'stlaringiz bilan baham: |