3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet36/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
psixolog

Emotsional xotira — his-tuyg’uga xos xotiradir. His-tuyg’ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak-atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo’lga qo’yilganligi haqida xabar berib turadi. SHuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega. Boshqa bir kishiga hamdard bo’lish, kitob qaxramoni kechinmalari bilan yashay bilish qobiliyati hissiy xotiraga asoslanadi.
Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, tahmlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko’rish, eshitish, hid bilish, tahm bilishga oid xotiradir. Agar sog’lom rivojlangan barcha odamlarning hayotda mo’ljal olishida ko’rish va eshi­tish xotirasi odatda yaxshi rivojlangan va yetakchi rol o’ynaydigan bo’lsa, u holda teri tuyish, hid bilish va tahm bilishga oid xotiralarni ma’lum bir mahnoda professional xotira turlari deb atash mumkin: xotiraning bu turlari xuddi tegishli sezgilar kabi faoliyatning o’ziga xos shart-sharoitlari bilan bog’liq holda alohida tarzda rivojlanadi. Ular xoti­raning yetishmaydigan turlari o’rnini bosishi yoki uning vazifasini bajarish to’g’ri kelgan sharoitlarda, masalan, ko’zi ojizlar, karlar va shu kabi nogiron odamlarda xayron qolarli darajada rivojlangan bo’lishi mumkin.
«Badiiy» - kasb bilan shug’ullanadigan odamlarda obraz xotirasi ayniqsa rivojlangan bo’ladi.
Ba’zan eydetik xotira deb atalmish xotiraga ega bo’lgan odamlar ham uchraydi. Xotiraning eydetik, ya’ni ko’rgazmali obrazlari — tashqi qo’zg’atuvchi bilan his-tuyg’u a’zolarining qo’zg’atilishi natijasidir. Eydetik obrazlar shu jihatdan ham tasavvurlarga o’xshaydiki, ular biron ta’sir o’tkazadigan narsalar yo’qligida ham hosil bo’lib, oddiy tasavvurga mutlaqo sig’maydigan darajadagi detellashtirilgan ko’rgazmaliligi bilan ajralib turadi. Kishi, masalan ko’z o’ngida yo’q bo’lgan narsani odatda idrok etish chog’ida amalga oshirish mumkin bo’lgani kabi nigoxini u qismdan bu qismga «ko’chirgan» holda barcha ikir-chiqirlarga qadar «ko’radi». Xuddi eydetik ko’rish xotirasiga o’xshash holdagi yaqqol eydetik eshitish va ehtimol hatto eydetik tuyish xotirasi ham uchrab turadi.
Bizning o’y-fikrlarimiz so’z-mantiq xotiraning mazmunini tashkil etadi. O’y-fikrlar nutqsiz mavjud bo’la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so’z-mantiq xotira deb ataladi. So’z-mantiq xotirada ikkinchi signallar sistemasi asosiy rol o’ynaydi. So’z-mantiq xotira boshqa to’rdagi xotiralarning rivojiga tayangan holda ularga nisbatan yetakchi bo’lib yuzaga chiqadi va xotiraning boshqa barcha turlari rivoji uning rivojiga bog’liq bo’lib qoladi. Ta’lim berish jarayonida o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirib olishlarida so’z-mantiq xotira yetakchi rol o’ynaydi.
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash. uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi.
Oldimizga bironta maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi.
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira shu bilan birgalikda xoti­raning rivojlanishidagi ikkita izchil bosqichni ham o’zida aks ettiradi. Hayotimizda ixtiyorsiz xotira naqadar katta o’rin egallashini har bir kishi o’z tajribasidan biladi. Ix­tiyorsiz xotira asosida tajribamizning hajmi jihatidan ham, hayotiy ahamiyati jihatidan ham asosiy qismi maxsus mnemik niyat-maqsadlar qo’yilmasdan va kuch-g’ayratlar sarflanmasdan tarkib topadi. Ammo kishi faoliyatida ko’pincha o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qoladi. Ana shunday sharoitlarda zarur narsalarni ataylab yod olish yoki eslab qolish imkonini beradigan ixtiyoriy xotira muhim rol o’ynaydi.
Esda olib qolishning eng dastlabki, hali tashqi ta’sirlarning izlari mustahkamlanguniga qadar va shuningdek ular ayni hosil bo’layotgan paytida yuz beradigan jarayonlar keyingi vaqtlarda tadqiqotchilarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etmoqda. U yoki bu material xotirada saqlanib qolishi uchun u sub’ekt tomonidan tegishli ravishda mushohada qilingan bo’lishi kerak. Bunday mushohada uchun muayyan vaqt talab qilinadi, unga izlarni konsolidatsiyalash (birlashtirish) vaqti deb aytiladi. Sub’ekt tomonidan bu jarayon go’yo hozirgina bo’lib o’tgan namoyona-hodisaning aks-sadosi tarzida kechiriladi: bevosita idrok etmayotgan narsani biz biron daqiqa mobaynida go’yo hali ham ko’rayotganday, eshitayotganday bo’lamiz. Bu jarayonlar beqaror va asli holiga qaytuvchandir, lekin ular shu qadar o’ziga xoslikka ega va tajriba orttirish mexanizmlari amal qilishidagi roli shu qadar ahamiyatlidirki, ular axborotni eslab qolish, es­da saqlash va yana qayta esga tushirishning alohida bir turi hisoblanadi. Bu jarayon qisqa muddatli xotira degan nom oldi.
Qisqa muddatli xotira materialining ko’p martalab takrorlash va qayta esga tushirishlar orqali uzoq muddatli xotiraga aylanadi.
Bir martagina juda qisqa vaqt oralig’ida idrok qilish va shu zahotiyoq qaytadan xotirlashdan so’ng juda ham qisqa vaqt mobaynida eslab qolish bilan bog’liq xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.
«Qisqa muddatli xotira» atamasining o’zida hodisalarning individ faoliyati bilan, ushbu faoliyat maqsadlari va sabablari bilan qay tarzda bog’liqligidan qathiy nazar, tashqi vaqt bilan belgilanadigan o’lchovi mujassamlashgandir. Lekin o’z holicha vaqt omilining ta’siriga cheksiz deb qarash yaramaydi: qo’zg’atuvchining biron mahnoga ega bo’lmagan holda uzoq vaqt davomida qayta-qayta ta’sir etishi faqat muxofaza tormozlanishini yuzaga keltiradi, ammo u hech vaqt uzoq muddatli xotiraga o’tmaydi.

Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish