Harakat xotirasi - turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir. Xotiraning boshqa turlariga qaraganda uning bu turi ustunligi aniq namoyon bo’ladigan odamlar uchrab turadi. Boshqa odamlar esa, aksincha, o’zlarida harakat xotirasi borligini umuman payqamaydilar. Xotiraning bu turi benihoya katta ahamiyatga ega ekanligining boisi shundaki, u xuddi yurish, yozish va shu kabi malakalar bilan bab-baravar tarzda turli xil amaliy va mehnat malakalari shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Harakatlar xotirada saqlanib qolmagan taqdirda biz har gal dastlab tegishli harakatlarnn bajarishni o’rganishga majbur bo’lardik. Kishining jismoniy jihatdan abjirligi mehnatdagi mahorati, «oltin qo’lligi» odatda uning yaxshi harakat xotirasiga ega ekanligining alomati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |