3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?


Xayolning analitik-sintetik xususiyati



Download 425,7 Kb.
bet45/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
psixolog

Xayolning analitik-sintetik xususiyati


Xayolning analitik xususiyati bo’yicha (nemischa «tendens» lotincha «tendere» kelib chiqqan bo’lib, psixologiyaning tarixiy taraqqiyoti davomida har xil ko’rinishlarda hukm surib kelmoqda. Analitik holat xayolning mazmunini, mohiyatini, predmetini, asosan tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar, tasvirlar yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Yangilik elementlari, ba’zi jabhalarining qo’shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qilinishi xayolning asosiy vazifasi ekanligi g’oyasini aks ettiruvchi tendentsiya psixologiya fanida aksariyat ilmiy maktablar tomonidan tan olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida qat’iy ravishda himoya qilinib kelinmoqda. Ikkinchi tendentsiya biosfera va neosfera to’g’risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, timsollar ijtimoiy- tarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali xayol mahsuli sifatida saqlanib keladi, degan g’oyaga asoslanadi. Bu tendentsiyada obrazlarning tiklanishi, saqlanishi, kuchayishi yoki o’chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda inson xotirasida, ko’z o’ngida namoyon bo’lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat uchun birlamchi ekanligi isbotlashga harakat qilinadi. Har ikkala tendentsiya ham xayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo’lib, o’zaro bir-birini in’kor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. SHuning uchung ijodiy xayol yangi obrazlarni vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo’shadi, yaqqol voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar, chizg’ilar tasviri hamda tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi.
Tiklovchi xayol insoniyat tomonidan oldin yaratilgan narsalar va hodisalar to’g’risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joylanishiga muhim ta’sir etadi, o’zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo’jizasini dog’da qoldiradi. Har ikkala tendentsiya uyg’unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi xayol turlari vazifasiga, ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mumkin.
Aks holda ikki tendentsiya ikki xil talqin, turlicha yakun, o’zgacha mazmun, alohida yondoshuv, ustuvorlikka davo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir.
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Xayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. Agglutinare yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo’shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. Huperbole bo’rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. “schema” obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. “tupos” iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o’xshatma-muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko’rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro’y-rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo’q xilma-xil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi. Odatda agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalq tomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy kompozitsiyasi to’qib chiqariladi (lotincha compositio tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan, bulbuli go’yo odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv parisi (rusalka) timsolida ayol mujassamlashadi ( bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o’tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar.
Hozirgi zamonda agglyutsinatsiyadan texnik, badiiy, san’at ijodiyoti keng ko’lamda foydalanilmoqda, chunonchi, samolet amfibiya (yunoncha amphibios ikkiyoqlama hayot kechirish ma’nosini bildiradi)-uchuvchi qayiq toifasidagi quruqlik va suvga moslashgan gidrosamolyot; aerosani ( chana singari sirg’anuvchi samolyot), jangovar texnika amfibiya (tank, bronetrasport, avtomobilь); akkordeon-fortepьyano bilan bayan birlashmasi; avtokran-avtomobilь bilan kran qorishig’i; avtokor (inglizcha «car» arava)-o’zi yurar arava va hokazo.
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini o’zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o’xshash psixik jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat haddan ziyod kattalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqdek kichik balo, uydek tuxum, tog’dek pahlavon, tariqdek bola, tuyadek burga va hokazo) bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) miqdorini ko’paytirish yoki ularning o’rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masalan, yetti boshli ajdarlar, ko’pqo’lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, quyosh nurini to’sgan afsonaviy qushlar shular jumlasidandir.
Sxematizatsiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati mavjud vositalardan biri hisoblanib, u borliqdagi narsa va hodisalarning u yoki bu alomatlari hamda sifatlarini ta’kidlashdan, shuningdek, ularga butun diqqat-e’tiborni markazlashtirishdan iborat psixik jarayondir. Xuddi shu usul, yo’l, vosita yordami bilan muayyan yaqqol insonlarga mo’ljallangan o’rtoqlik hazillari (sharji frantsuzcha charge so’zidan olingan bo’lib, bo’rttirish degan ma’noni anglatadi) va achchiq, ayanchli, kulgili tasvirlar (karikatura italyancha «caricatura» qayta mujassamlashuv degan ma’noni anglatadi. Mazkur jarayonda xayolot (fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o’zaro birlashib ketishi natijasida tafovutlar qariyb yo’qoladi, o’xshashlik alomatlari esa birlamchi voqelikka aylanadi, qolaversa ushbu holat sxematizatsiyalashni ro’yobga chiqishga qulay negiz hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qushlar olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan haqiqiy asbob ishlab chiqishi; rassom tabiat mo’jizalarining matoga tushirishi yaqqol misoldir.
Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro’yobga chiqishi mumkin. Odatda badiiy adabiyotda tipizatsiya yoki tipiklashtirishdan keng ko’lamda foydalaniladi hamda uning yordamida ba’zi bir jabhalari bilan o’zaro o’xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assotsiatsiyalar orqali paydo bo’ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiatsiyalar jarayonida o’zlashtirilgan yo’nalish bo’ysunadi.
Ijodiy xayol o’ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan eng muhimi assotsiatsiyalarning an’anaviy yo’l-yo’rig’idan voz kechib, ijodkor ruhiyatida favquloddalik qilayotgan his-tuyg’ular, o’y-fikrlar, xohish-istaklarga tobe etishdir. Vaholanki, assotsiatsiyalarning o’xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik (kontrastlik) ko’rinishlari saqlanib qolsa-da, lekin tasavvurlarni saralash esa sababiy bog’lanish mexanizimi bilan tavsiflanadi. Ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom) asarida assotsiatsiyalar chizgisi paydo bo’ladi, ularning vujudga kelishiga asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi.

Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish