4–chizma. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar.
1. Band bo‘lgan ishchilar soni
2. Ishlagan kishi-soatlarining
o‘rtacha miqdori
1.
T
е
xnika taraqqiyoti
2.
Kapital qo‘yilmalar hajmi
3.
Ta’lim va malaka tayyorgarligi
4.
R
е
surslarni joylashtirish
samaradorligi
5.
Boshqa omillar
M
е
hnat
sarflari
M
е
hnat
unumdor-
ligi
Ishlab
chiqarishning
r
е
al hajmi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
142
Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin (4-chizma):
1) resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud
bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar
natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan
atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash
va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga
oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi.
Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar
boshqa tomonga jalb qilinadi.
3. Iqtisodiy o‘sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z
mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya –
makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi
hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari
quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan
yaratiladi;
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi.
Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng
keluvchi daromad ham oladi;
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar
o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular
o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim
yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l
qo‘yadilar:
1)
ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha
ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki
o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida
yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va
o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
143
2)
ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini,
qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs,
kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha
harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q
bo‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi
million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir
ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi.
Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va
matematik CH.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funktsiyasi asos qilib olingan.
Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish
turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
β
α
L
AK
Y
=
,
bu yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A,
α
,
β
- ishlab chiqarish funktsiyasining koeffitsiyentlari:
A – mutanosiblik koeffitsiyenti;
α
va
β
- ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha
elastiklik koeffitsiyenti.
Elastiklik koeffitsiyenti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida
boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga
ko‘ra,
α
koeffitsiyenti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish
hajmining necha foizga o‘sishini,
β
koeffitsiyenti esa ishchi kuchi sarflarining
1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
α
va
β
ning yig‘indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga
o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash sanoatining
1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish
funktsiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y
×
×
=
.
Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, o‘sha davrda AQSH qayta ishlash
sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga,
ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga
oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini golland
iqtisodchisi YAn Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika
taraqqiyoti ko‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funktsiyasi formulasi
quyidagi ko‘rinishni oldi:
rt
e
L
AK
Y
α
α
−
=
1
,
bu yerda: e
rt
– vaqt omili.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
144
Ishlab chiqarish funktsiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat
miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat
o‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o‘sishi, innovatsiya jarayonlarining
kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat
miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish
imkonini berdi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning
keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida
vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim
ye.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala
modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi.
Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning
funktsiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi
bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab
chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan
chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish
omillari narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning
texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‘sishi iqtisodiy o‘sish va uning
sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning
o‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytiradi. O‘z navbatida daromadning o‘sishi bandlikning oshishiga imkon
yaratadi. Investitsiya hajmining ko‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish
quvvatlari daromadning o‘sishi orqali to‘liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga ko‘ra, Ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali
muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo‘yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |