*.ppt, *.pps
va
*.pptx
fayllarini
o‘qiydi va yozadi. Hozirgi versiyasi
Presentations 18.
Google Prezentatsiyalar (Google Slides)
— bu Google ning etakchi taqdimot ilovasi
bo‘lib,
u
Google
Docs
ning
bir
qismi
sifatida
brauzerda
joylashgan.
Unga
https://www.google.com/slides
— adresi bo’yicha o’tiladi. Bundan tashqari, u mutlaqo bepul va
barcha platformalarda ishlaydi: Windows, macOS, Android, iOS va boshqalar. Slaydlar Google
Drive xizmatlari paketining bir qismidir, siz taqdimotni kompyuteringizga saqlamasdan ham
Internetda ishlashingiz mumkin. Uning yordamida taqdimotga turli mavzular, shriftlar, videolar,
animatsiya effektlari va boshqa ta’sirchan vositalarni qo‘shish mumkin. Taqdimotni tezda
yaratishga imkon beradigan bir nechta standart mavzu va maketlar ham mavjud. YAratilgan
videoni istalgan monitorda namoyish etish mumkin. Platforma Chromecast, Hangouts va AirPlay
ni qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturda 20 mavzudagi shablonlarga ega bo‘lgan
kutubxona mavjud
bo‘lib, ularda animatsiya, ovoz effektlari va videofayllar mavjud emas, ammo ularni o‘zingizga
moslab tahrirlab, sozlashingiz mumkin.
Keynote
(Apple Keynote)
— Apple Inc kompaniyasining iWork ofis dasturlari
to‘plamining bir qismi sifatida MacOS, veb va iOS (iPhone OS - bu Amerikaning Apple
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan - smartfonlar, elektron planshetlar, taqiladigan pleerlar
uchun mobil operatsion tizim) ilovalari uchun ishlab chiqilgan.
https://www.apple.com/keynote/
— adresi bo’yicha o’tiladi. MS PowerPoint ning asosiy analogi va raqibi. Asosiy farq – Apple
interfeysi va texnologiyasiga xos bo‘lgan soddaligi. Keynote asosan Mac da ishlash, bu
prezentatsiyalar uchun eng yaxshi dasturiy ta’minot to‘plami bo‘lishi mumkin. 2003 yilning 7
yanvarda birinchi versiyasi taqdim etilgan. Keng ko‘lamli effektlar va o‘tishlarni o‘z
ichiga
oladi, shablon yordamida ajoyib taqdimotlarni yaratishni tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Keynote dasturi Mac kompyuterlari, iPad, iPhone da ishlatiladi. SHunday bo‘lsada, biroq
bu dastur PowerPoint taqdimotlarini tahrir qilish (*.pptx va *.ppt) va ularni boshqa PowerPoint
yoki PDF formatida saqlash imkonini beradi. Biron marta taqdimot o‘tkazgan har qanday kishi
uchun Keynote ni o‘rganish qiyin bo‘lmaydi. Mahsulot interfeysi sodda. U quyidagi
6
xususiyatlarga ega: 30 ta noyob mavzular yordamida bezak berish; Matnlar, rasmlar, videolar,
jadvallar, grafikalar,
diagrammalarni kiritish; Slayd tarkibini tuzish uchun maketni tanlash;
Muhim fikrlarni ta’kidlash uchun animatsiya effektlari; Slaydlar orasidagi o‘tish; Ilovaning
o‘zida ovozni yozib olish va tahrirlash.
Keynote 9.0.1
– dasturning so‘nggi versiyasi hisoblanadi
(2019-yil 3-aprel).
Prezi
— bu mustaqil ravishda sozlanishi mumkin bo‘lgan shablonlar kutubxonasiga
asoslangan masofali xizmat kўrsatuvchi interaktiv taqdimot yaratuvchi dasturiy ta’minotdir.
Uning Internetda,
Windows
va Mac da, iOS uchun dasturi mavjud. Prezi ni qo‘llash uchun
Internet tarmog‘idan
http://prezi.com
— adresi bo‘yicha o‘tiladi va shu saйtda ro‘yxatdan
o‘tiladi. Taqdimotlar dinamik formatga ega, bu funksiya slaydlarni varaqlab chiqmasdan
mavzularni almashtirishga imkon beradi. Yaratilgan fayllar bulut (
oblako
)da ham, kompyuterda
ham saqlanishi mumkin, shuningdek,
ularga tasvirlar, videolar, audio qo‘shish yoki to‘g‘ridan-
to‘g‘ri Google va Flickr dan import qilish mumkin. Ushbu xizmat marketing va savdo bo‘limlari
uchun foydalidir. Shuningdek, undan xodimlar, talabalar, o‘qituvchilar, sayyohlik kompaniyalari
va boshqalar foydalanish mumkin. Zoom Reveal funksiyasi tufayli vizual ma’lumotlarning
alohida qismlari yaqinlashishi mumkin va bir nechta qurilmalarda qo‘llab-quvvatlanadigan
yuqori o‘lchamlarni ekranda aniq tasvirlar va rangli obrazlarni uzatishni ta’minlaydi. Tavsiya
etilgan tizim opsiyalari orasida: dizaynlarning yangi shablonlari, yaratishning optimallashtirilgan
mexanizmi, live tahlili, maxsus etakchi eslatmalar va bulutli hamkorlik. Dastur funksiyalarini
kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv, dizayn xizmatlari, bulutda
sharhlash va boshqalar
mavjud.
Slides
— taqdimotlarni yaratish va namoyish qilish uchun onlayn xizmatdir. Unga
https://slides.com/
— adresi bo’yicha o’tiladi. Yaratilgan fayllar HTML belgiga (razmetka)
eksport qilinadi va har qanday saytga joylashtiriladi. Bundan tashqari, loyihalarni ijtimoiy
tarmoqlarda bo‘lishish va ularni to‘liq ekranda elektron pochtaga yuborish mumkin. Slaydlarni
almashish va taqdimotni real vaqtda efirga uzatish imkonini beradi. Biroq Slides ning bepul
versiya CSS muharriri va shriftlardan foydalanishni o‘z ichiga olmaydi.
Sayt har qanday faoliyat sohasi mutaxassislari uchun,
jumladan, o‘qituvchilar,
menejerlar, maslahatchilar, sotuvchilarga mahsulotni taqdim etish yoki hisobotlarni yaratish
uchun optimallashtirilgan. Shu bilan birga dasturdan o‘quvchi va talabalar o‘z tezislari, kurs
loyihalari va diplom ishlariga yorqin slaydlarni qo‘shishda foydalanishlari mumkin.
Canva
— ushbu xizmat onlayn rejimida ishlaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzer oynasida
taqdimotlarni yaratish mumkin. Unga
https://www.canva.com
— adresi bo’yicha o’tiladi.
Umuman olganda, Canva nafaqat taqdimotlarni, balki tashrif qog‘ozlari, muqovalarni shablonlar
orqali tayyorlash mumkin.
Unda turli xil dizayn muammolarini hal qilishga imkon beradigan
grafik muharriri mavjud. Canva cheklangan funksiyaga ega bepul versiyasiga ega.
Pullik
versiyaning imkoniyatlari esa ancha keng.
Shuningdek, taqdimotni oflayn namoyish qilish uchun
PowerPoint
formatida saqlash yoki uni tashrif buyuruvchilarga namoyish qilish uchun blog /
veb-saytga joylashtirish mumkin.
Hozirda zamonaviy hayotni axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan tasavvur qilish
juda qiyin. Innovatsion g‘oyalarning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida tarixiy jarayonlarni
anglash va o‘qitishda elektron taqdimotlardan unumli foydalanishga bo‘lgan talab va ehtiyoj
ortmoqda. Xullas tarixiy jarayonlarni o‘zida aks ettirgan axborotni ko‘rish va idrok etish
muammolarini hal qilishda elektron taqdimotlar ajoyib vosita bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy
taqdimotlar endi rasm va matnli slaydlar to‘plami emas. Ko‘p sonli texnik vositalardan
(giperhavolalar, animatsion ko‘rsatkichlar va boshqalar) yordamida interfaol taqdimotlar yaratish
orqali eng katta samaraga erishish mumkin.