1
3-mavzu: Tarix ta’limida elektron taqdimot ahamiyati.
Reja:
1. Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point).
2. Elektron taqdimot: umumiy tushuncha, tuzilishi. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichlari.
3. Taqdimot tayyorlash dasturlari.
4. Tarixiy jarayonlarni anglash hamda o‘qitishda elektron taqdimotlarning o‘rni va ahamiyati.
Tayanch so‘z va iboralar:
Taqdimot (prezentatsiya),
Power Point, slayd, animatsiya,
elektron taqdimotlar, onlayn (Online) va oflayn (Offline) xizmatlar. Internet, proektor.
Adabiyotlar:
1.
Ахборот – коммуникацион технологиялар (АКТ) ёрдамида математикани ўқитиш.
Ўқитувчилар учун амалий қўлланма. –Т.: VEKTOR-PRESS, 2010. –Б.19-25.
2.
Губина Т.Н. Мультимедиа презентации как метод обучения // Молодой ученый. 2012.
№3. –С. 345-347.
3.
Информационные технологии для историков: Учебное пособие к практикуму по курсу
«Информатика и математика». / Отв. ред. Л.И. Бородкин. –М.: МГУ, 2006.
4.
Лазарев Д. Презентация: Лучше один раз увидеть! / Дмитрий Лазарев. –М.: Альпина
Бизнес Букс, 2009.
5.
Лазарев Д. Продающая презентация / Дмитрий Лазарев. – М.:
Альпина Паблишерз,
2010.
6.
Работаем с Impress // Основы работы в OpenOffice. - М.: Открытые Системы, 2007.
7.
Солоницын Ю.А. Презентация на компьютере. -СПб.: Питер, 2006. - 176 с.
8.
Yunusov O., Musaqov A., Dexqonov Q. Axborot texnologiyalari asoslari. O‘quv qo‘llanma.
– Andijon: 2015. –Б.59-74.
9.
https://kartaslov.ru
– Мастер презентаций (О.Н. Грибан).
10.
https://products.office.com/ru-ru/powerpoint
- Microsoft PowerPoint расмий веб-сайти.
11.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_PowerPoint
.
12.
http://library.ziyonet.uz/
.
13.
https://studfile.net/preview/5445065/page:64-69/
.
14.
https://infopedia.su/7x7894.html
.
Bugungi kunda turli kompaniyalarining dasturchilari tomonidan taqdimotlarni
tayyorlashga qaratilgan maxsus dasturlarni yaratish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular yildan yilga
takomillashtirilmoqda. Kompyuter va multimediali texnologiyalarining rivojlanishi ma’ruzachi
nutqini ovoz, video va animatsiya bilan sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida
mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash
va namoyish etishga
imkon berdi. Natijada taqdimot tayyorlash tizimi yangilanib, taqdimotlardan hamma joyda,
xususan
davlat idoralari, o‘quv muassasalari va biznesda keng foydalanish imkoniyati ham
kengayib bormoqda.
Taqdimot shakllari har xil bo‘lishi mumkin: ko‘rgazma stendida,
savdo paytida yoki
do‘konda xaridor bilan aloqada, ma’ruza auditoriyasida, televidenie va hokazo.
Taqdimot
biznesda marketing, jamiyatda jamoatchilik, o‘quv jarayonida o‘quvchi, talabi
va bilim oluvchi
bilan aloqa o‘rnatish vositalaridan biridir. Bundan tashqari, u axborotni qulay his qilish uchun
tashkil
etilgan mavzu, ssenariya va tuzilishga ega. Taqdimotning o‘ziga xos xususiyati uning
interaktivligi, ya’ni foydalanuvchi uchun yaratilgan boshqaruv elementlari orqali o‘zaro ta’sir
o‘tkazish qobiliyatining mavjudligidir.
Hozirgi kunda jahonda taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan ko‘plab
professional biznes-trenerlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan biri rossiyalik Dmitriy Lazarev
hisoblanadi. U 1999-yildan beri professional ravishda mashg‘ulotlar olib boradi.
Uning
«Prezentatsiya: Luchshe odin raz uvidet!» nomli kitobida samarali taqdimot uchta elementini
ko‘rsatib o‘tadi: