3-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatida riboning ma‘n etilishi va ta’qiqlangan tadbirkorlik faoliyatlari



Download 49,96 Kb.
bet1/6
Sana09.10.2022
Hajmi49,96 Kb.
#852035
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu


3-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA RIBONING MA‘N ETILISHI VA TA’QIQLANGAN TADBIRKORLIK FAOLIYATLARI


3.1. “Ribo” so’zining lug’aviy va istilohiy ma’nolari
Islom iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti, uning qonuniyatlari va unda kechadigan jarayonlarni inkor qilmaydi, balki uni shariat ahkomlari asosida tartibga solib, uning ma’naviy-ruhiy hamda axloqiy jihatlariga alohida urg’u beradi. SHu bilan birga, bozor va islom iqtisodiyotlari o’rtasida bir-biridan farqlanadigan jihatlar mavjud. Ana shunday farqli jihatlardan eng asosiysi - bu “ribo” (sudxo’rlik) masalasidir.1
“Ribo” lug’atda “ziyoda” ma’nosini anglatadi. SHariatda esa molni molga almashtirishda evazsiz ortiqcha mol olishga aytiladi. Islom johiliyatdagi noma’qul ishlardan hech biriga qarshi riboga qarshi o’t ochgandek o’t ochmagan.2
Ayrim boshqa adabiyotlarda, xususan, “Halol tijorat sirlari” deb nomlangan risolada “ribo” so’zining lug’aviy va istilohiy ma’nolari quyidagicha izohlanadi: Ribo so’zi lug’atda “mutloq ziyodalik”, degan ma’noni anglatsa, istilohda ikki qismga bo’linadi:
1.Savdo ribosi-tovar va mahsulotlar ayirboshlaganda namoyon bo’ladi;
2.Qarz ribosi-pul oldi-berdisi va moliyaviy munosabatlarda uchraydi.
Hofiz ibn Kasir (r.a.) rivoyat qilishlaricha, berilgan qarzning muddati tugab qolganda qarz beruvchi qarzdorga: “Yoki qarzingni to’la yoki riboni ko’paytir”, der ekan. Agar qarzini to’lamasa, qarz muddatini cho’zish evaziga riboning miqdorini ko’paytirar ekan. Natijada ribo bir necha barobarga ko’payib ketadi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَأْكُلُوا الرِّبَا أَضْعَافًا مُضَاعَفَةً وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ١٣٠﴾
Ey, iymon keltirganlar! (Bergan qarzlaringizni) ikki baravar va undan ham ko’paytirib, ustama shaklida yeb yubormangiz! Allohdan qo’rqingiz! Zora (shunda) tole topsangiz” (Oli Imron surasi, 130-oyat)3
Ba’zi munofiq kimsalar bu oyatni ushlab olib, Alloh taolo Qur’on karimda: “...Riboni bir necha bor yemang”, degan. Demak, bir necha bor oshirmay, ma’lum foiz yesa bo’laveradi, degan da’volarni ham qilishadi. Bu ochiq oydin johillikdir. Alloh harom qilgan narsani o’ziga halol qilib olish yo’lidagi g’arazli harakatdir. 4
SHayx Abdulaziz Mansurning “Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri” nomli kitobida riboga quyidagicha sharx berilgan: “Ribo (ustama, foiz) shuki, unda savdolashayotgan tomonlarning biri o’zi bergan narsasi barobariga xuddi shu narsaning o’zidan ortiqrog’i bilan qaytarib olishni shart qilishidir. Masalan, bir tonna bug’doy barobariga biru chorak tonna bug’doy berishni shart qilsa, bu ribo hisoblanib, u shar’an haromdir. Bu ish bilan shug’ullanuvchi kishini fors-tojik va o’zbek tillarida sudxo’r deyiladi.”5
Qur’oni karimning Baqara surasi, 275-oyatida bu borada shunday deyiladi:
﴿الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ﴾
Sudxo’rlar (qiyomat kuni qabrlaridan) jin chalib ketgan odam kabi (holatda) qo’padilar.”6
Odatda jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va noto’g’ri harakat qiladilar. Dovdirab, o’zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Sudxo’rlarda ham ana shu holat bo’lar ekan. Ba’zi tafsirchilarimiz “Sudxo’rlarning bu holatlari faqat qiyomat kuniga bog’liq emas, balki bu dunyoda ham shunday bo’ladi”, deganlar.7
Islom iqtisodiyotida ribo asosida moliyaviy aloqa olib borish mutlaqo harom qilingan. Nochor holga tushib, turmush o’tkazish yoki ish yuritish uchun sarmoyaga muhtoj bo’lib qolgan shaxs bilan xayri ehson yoki yaxshi qarz berish ila moliyaviy aloqa olib borish lozim.



Download 49,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish