3-mavzu. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar Reja


YaQQda sanoatning ulushi (qurilish sohasi bilan birga)



Download 46,34 Kb.
bet4/4
Sana05.07.2022
Hajmi46,34 Kb.
#740065
1   2   3   4
Bog'liq
Tarmoql iqtisodiyod - kecki

YaQQda sanoatning ulushi (qurilish sohasi bilan birga)

32,4

32,4

32,6

33,0

32,9

shu jumladan sanoat tarmoqlari ulushi






To‘qimachilik, kiyim, teri va unga
tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish

2,6

2,8

3,2

3,3

3,9

Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish

0,1

0,2

0,2

0,2

0,2

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish

3,7

4,2

4,5

5,3

5,7

Avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish

0,8

1,0

1,1

1,0

0,5


Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • -fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish;

  • -material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish; -ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish darajasi;

  • -sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;

  • -aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi; -ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;

  • -mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;

  • -mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.

4.Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy tendensiyasi


O’zbekiston sanoatining hozirgi taraqqiyoti katta dinamikligi bilan ajralib 
turadi, chunki u mustaqillik yillarida va XXI asr boshlarida yuqori sur’atlar bilan 
rivojlana bordi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishi yuqori darajada o’sishi bilan 
bir qatorda, uning tuzilmasida ham uzluksiz tarkibiy o’zgarishlar ro’y berdi. Oxirgi 
28 yil mobaynida sanoat tuzilmasi ishlab chiqarishni intensivlashtirish va uning 
samaradorligini oshirish talablari va xalq xo’jaligini modernizatsiyalash va isloh 
qilish zaruriyatiga mos ravishda o’zgarib bordi. Sanoat ishlab chiqarishining 
progressivlik, ya’ni taraqqiyparvarlik darajasi anchagina o’sdi. Bunday rivoj fan-
texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlar – yoqilg’i, rangli metallurgiya, 
mashinasozlik, elektrenergetika sanoatining ustuvor o’sishida namoyon bo’ldi. 
Sanoat tuzilmasining ilg’orlik darajasi xar qaysi kompleks tarmoq ichidagi 
o’zgarish bilan belgilanadi. Sanoatning u yoki bu tarmog’i ulushi o’zgarmasligi, 
hatto kamayishi ham mumkin, Lekin bu tarmok ichidagi qoloqlikdan darak 
bermaydi. Buni O’zbekiston kimyo va neftьkimyo sanoati misolida ko’rish mumkin.
Tarmoqlarning fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ustuvor rivojlanish 
tendentsiyasi 2015-2020 yillarda xam ko’zga tashlanadi. Bu davr rivojlanish 

dasturida sanoat ishlab chiqarishining tuzilmasini takomillashtirish, undiruvchi va 


qayta ishlovchi tarmoqlarning rivojida balanslikni ta’minlash milliy iqtisodiyot va 
fan-texnika tarakqiyotini belgilaydigan raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni 
kuchaytirish ko’zda tutilgan. 
Sanoatning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rivojini aniqlash turli iktisodiy 
mutanosibliklarni belgilash va ularga e’tibor berishini talab qiladi. Bunday 
mutanosibliklar tarmoq tuzilmasini bashoratlashda inobatga olinadi. 
Sanoat ishlab chiqarish tuzilmasini rejalashtirish va bashoratlash quyidagn 
asosiy masalalarni xal qilishga qaratilishi kerak: 
-bozor iqtisodiyoti talablari, xalq xo’jaligi va aholining ayrim mahsulot 
turlariga bo’lgan talabini qondirishni hisobga olgan holda umuman sanoat va uning 
har qaysi tarmog’ining rivojlanish sur’atini belgilashni; 
-ilg’or ishlab chikarish tarmoqlarini aniqlash, ular taraqqiyotini tezlashtirish 
uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalari va materiallarni birinchi navbatda 
ajratishni; 
-sanoat tuzilmasida ustuvor o’zgarishlarni ko’zda tutish lozimki, har qaysi 
bunday o’zgarishlardan ham biri ijtimoiy ishlab chiqarishning eng yukori 
samaradorligini ta’minlasin; 
- xalq xo’jaligining umumiy mutanosibligi har qaysi sanoat tarmog’i 
taraqqiyotining tengligi bilan bog’lashni talab etadi. 
Tarmoq tarkibining mamlakat miqyosida qulaylashuvi yuqori sur’atda iqtisodiy 
rivojlanishni, aholining turmush darajasini oshirishni hamda mahsulot ishlab 
chiqarish xara-jatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. CHunki bu, ishlab chiqarishning 
darajasi va yakuniy — provard mahsulotning ku-payishiga, umuman ijobiy 
strukturaviy siljishlarga sabab bo’ladi. Demak, tarkibiy o’zgarishning o’zi ishlab 
chikarish samaradorligi va mehnat unumdorligi o’sishining qo’shimcha omili 
sifatida maydonga chiqadi. 


1 Манба: Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари

Download 46,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish