3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja


Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit



Download 493,67 Kb.
bet10/12
Sana25.02.2023
Hajmi493,67 Kb.
#914455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-maruza.kunduzgi TT

Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so‘zni ishga solgin, (uni) o‘zingga esh et (QB.161).
Ushbu misoldagi va so‘zlari o‘zaro [i] hamda [e] tovushlari bilan farq qiladi. Qadimgi turkiy matnlardagi ayni an’ana arab imlosida ham davom etgan. Arab yozuvli matnlarda [e] tovushi so‘z boshida alif, ba’zan alifu yo, ikki undosh orasida esa fatha, kasra yoki yo vositasida ifoda etilgan (Maҳмудов 1990, 49–51).
Demak, turkiy tillardagi [e] tovushining ildizlari eski bitiglarga bog‘lanadi. Hozirgi o‘zbek tilidagi ochiq, keng [ö] tovushining (adabiy-orfografik ) yuzaga kelish tarixi ham munozarali. Ma’lumki, bu tovush boshqa turkiy tillarda uchramaydi. Shunday ekan, u o‘zbek tilida qanday va qachon paydo bo‘lganligi tilshunoslar o‘rtasida jumboq tug‘dirayotgani tabiiy.
Q.Mahmudovning fikricha, hozirgi o‘zbek tilidagi [ö] fonemasi o‘zlashgan so‘zlardagi cho‘ziq [a:], turkiy tillardagi etimologik til orqa [a] hamda etimologik cho‘ziq [ā] tovushlarining kengayishi natijasida hosil bo‘lgan (Maҳмудов 2004,51). Uning paydo bo‘lgan davri to‘g‘risida shunday fikrni aytish o‘rinli. Eski o‘zbek tilida, xususan, “chig‘atoy tukiysi”da arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda [ā] tovushi amal qilgan. Masalan, vafā, jafā, sadā, sanā. Lekin, sof turkiy so‘zlarga buni tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki u davrda turkiy so‘zlardagi [a] unlisi, hozirdagidek, [ö] ga aylanmagan edi. Sof turkiy so‘zlarni qöra, xön, xöqön, oğlön deb emas, qara, xan, xaqan, oğlan shaklida o‘qiymiz. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlardagi [ā] ni mustaqil fonema emas, balki orqa qator, “qattiq” [a] tovushining varianti ([a~ā]) deb qaragan ma’qul.
O‘zbek tili tarixida yaratilgan yozma manbalar tilini tadqiq qilish, ularni hozirgi yozuvga o‘girish jarayonida ochiq [ö] masalasi yanada jiddiylashadi.
Yozma yodgorliklar, xususan, arab yozuvli manbalarni o‘rgangan mutaxassislar matnlarda so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z orasida kelgan “alif” harfi [ö] tovushini ifoda etgan, deb sanaydilar. Matnlarni hozirgi yozuvga o‘girganda ham ularni harfi bilan emas, <ö> (adabiy-orfografik ) bilan beradilar. Aslida arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvida so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z ichidagi “alif” harflari kengroq vazifani bajargan. Eski matnlarni hozirgi yozuvga ag‘darganda turkiy tillarning tovush xususiyatini, fonologik tabiatini inobatga olgan ma’qul. So‘z boshida “alif madda” bilan yozilgan so‘zlarni al, ač, ačun, asïğ shaklida, so‘z ichida “alif” harfi bilan yozilgan “yo‘g‘on” o‘zak-negizli so‘zlarni barğan, turğan, tapqan, qačqan, “ingichka” negizli so‘zlarni esa bilgän, körgän, ešitkän shakllarida o‘qilsa va yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi.

Download 493,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish