3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja



Download 493,67 Kb.
bet11/12
Sana25.02.2023
Hajmi493,67 Kb.
#914455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-maruza.kunduzgi TT

Unlilar cho‘ziqligi
Turkiy tillarda unlilar cho‘ziqligi ikki xil ko‘rinishda amal qiladi: “birlamchi” hamda “ikkilamchi” cho‘ziqlik. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik keyingi hodisa bo‘lib, tovush o‘zgarishi, ko‘proq, so‘zdagi undoshning tushishi natijasida yuzaga keladi. Masalan: bigiz>biiz, šahar>šaar, oğul>uul singari. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik shevalarda, og‘zaki nutqda tez-tez kuzatiladi. “Birlamchi” cho‘ziqlik tovush o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan emas, turkiy tillarda azaldan bor. Turkshunoslikda ayrim turkiy tillarda amal qilayotgan “birlamchi” cho‘ziq unlilar masalasi tugal yechimini topganicha yo‘q. Muhimi shundaki, hozirgi turkman adabiy tilida, shuningdek, o‘zbek xorazm shevalarining o‘g‘uz guruhlarida “birlamchi” etimologik cho‘ziq unlilar hozir ham amal qilmoqda. Yozma yodgorliklar tilida “birlamchi” cho‘ziqlik uchrab turadi. Buni matnlarda cho‘ziq unlilarning maxsus ifoda etilganligida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, uyg‘ur xatida cho‘ziqlikni ifodalash uchun ba’zan harflarni qo‘shaloq yozish hollari kuzatiladi. Masalan, ST da: yiil – yel, shamol (VI.9.15), küü - dovrug‘, ovoza (V.7.11), süü –lashkar, cherig (V.3.18), süülä – qo‘shin tort (V.71.12), yüüz – 100 (V.51.24), yuul - buloq, chashma (VI.26.26), oot - o‘t, olov (V.56.25), yooğ -yuqori, cho‘qqi (V.13.18). Muhimi, bir so‘z bir matnning o‘zida oddiy shaklda ham, qo‘shaloq belgi bilan ham yozilishi mumkin: yiil (VI.9.15)//yil (V.45.10), yüüz(V.51.24)//yüz (V.15.19). “Hibatu-l-haqoyiq”ning uyg‘ur yozuvli A nusxasida (Arat 1992 bo‘yicha): uul – asos (81.3), yool – yo‘l (94.4).
Arab yozuvli turkiy matnlarda [a] ning cho‘ziqligini ifodalash uchun qo‘shaloq “alif” harfidan foydalanilgan. Masalan, “Devonu lug‘atit turk”da: جاا aač - och, suq, ش اا aaš – osh, ovqat, ل اا aal – hiyla, ف اا aaw – ov. Matnlarda lab unlilarining cho‘ziqligini ifodalashda qo‘shaloq “vav”dan foydalanilgan: ööl – ho‘l.
UNDOSHLAR TIZIMI
Urxun va yenisey bitiglarining yozuv, fonetik-fonologik xususiyatlari bitiglar tilida quyidagi undosh fonemalar amal qilganidan dalolat beradi: [b], [p], [d], [t], [q], [k], [ğ], [g], [z], [s], [č], [š], [y], [l], [m], [n], [ñ], [ŋ], [r].
Qadimgi turk davridayoq sharqiy turk lahjalarida (qadimgi uyg‘ur va moniy yozuvli yodgorliklar tilida) [w] va [x] fonemalari amal qila boshlagan. Mahmud Koshg‘ariy [v] fonemasini ikkita tovush deb izohlagan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni “[b] bilan [f] maxrajlari orasidagi” tovush deb ta’riflagan (MK.I.68). XI–XIV asrlarning arab yozuvli matnlarida ularning ikkovi ayri-ayri harflar bilan ifoda etilgan. Tub turkiy so‘zlarda [w] tovushi [v] dan ko‘ra ustunlik qiladi. Masalan, QB da: küwänč, aw, suw, ew.
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal xususiyatni ham farqlagan: [v] bilan so‘zlash o‘g‘uz va ularga yaqin turuvchilarga, [w] bilan so‘zlash esa boshqa turklarga xos. E’tiborni tortadigan yeri, devonda bir so‘zning ikki xil varianti aralash qo‘llanilgan: tawar (MK.I.137) // tavar (MK.I.237). Bir so‘zning ikki xil talaffuz etilishi mumkinligini muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi: uvut // uwut (uyat), yalavač // yalawač (payg‘ambar), yava // yawa (tursus mevasi) (MK.I.111).
Ko‘k turk alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf yo‘q. Muhimi shundaki, ko‘k turk bitiglari bilan deyarli oldinma-ketin yaratilgan uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli matnlarda [w~v] bilan kelgan so‘zlar ko‘k turk bitiglarida B, b harflari bilan yozilgan. Bu hodisa ko‘k turk alifbosidagi B, b harflari, o‘rni bilan, [w] tovushini ham ifoda etgan degan xulosaga olib keladi. Misalan: tabğač (tawğač) - tabg‘ach, tabïsğan (tawïsğan) – tovushqon, sab (saw) – so‘z, xabar, sub (suw) – suv.
XI–XIV asrlarning turkiy yodgorliklarida tishora [δ] tovushi ham uchraydi (bu tovush arab alifbosida ﺬ harfi bilan ifoda etilgan). Masalan, XI–XIV asrlarning arab yozuvli matnlarida quyidagi so‘zlar ﺬ harfi bilan yozilgan: eδgü, aδïğ, quδï, qaδğu. Ko‘k turk va qadimgi uyg‘ur alifbolarida tishora [δ] tovushi uchun alohida belgi yo‘q. Arab yozuvli matnlardagi [δ] li so‘zlar ko‘k turk bitiglarida D, d harflari bilan yozilgan. Ushbu so‘zlardagi D, d harflari [d] bilan bir qatorda tishora tovushini ham ifodalagan chiqar: edgü (eδgü), adïğ (aδïğ), quid (quδï), qadğu (qaδğu).
Ko‘k turk xatida [x] tovushi uchun maxsus harf yo‘q, uning o‘rnida yolg‘iz q keladi: qatun, qağan, qan. Bu so‘zlardagi [q] arab yozuvli matnlarda [x] ga o‘zgaradi: xatun, xaqan, xan. Biroq, bu hodisani tamoman tovush o‘zgarishiga yo‘ymaslik kerak. Sababi, “Qutadg‘u bilig” asarining tilida qadimgi [q] li varianti ustivor. Masalan: qalï (agar), qalïq (osmon), yaqšï va b. Keyinchalik bu so‘zlardagi [q] tovushi [x] ga o‘zgargan: xalï, xalïq, yaxšï singari.
Urxun bitiglarida hozirgidan farqli holda [ñ] tovushi ham qo‘llangan (yozuvda # harfi yoki ikki harf birikmasi - JN bilan ifoda etilgan). Bu tovush quyidagi so‘zlarda keladi: Toñuquq, añïğ, qoñ, cïğañ. Ko‘k turk bitiglarida [ñ] bilan kelgan so‘zlar uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida yoki arab yozuvli yodgorliklarda [y] bilan keladi: ayïğ – yovuz, tuban, bemani, qoy, čïğay – “qashshoq, yo‘qsil”. Qadimgi [ñ] ni Mahmud Koshg‘ariy arab xatida harfi bilan keltirgan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li so‘zlarni [n] ga aylantirish dialektal xususiyatdir. So‘z o‘rtasi va oxirida kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga almashtirganlar: qoy – qon “qo‘y”, čïğay – čïğan “kambag‘al”, qayu – qanu “qaysi” (MK.I.67). Bu misollarning bari ko‘k turk bitiglaridagi [ñ] sonor [n] ga variant sifatida ([n~ñ]) qo‘llanganidan dalolat beradi.

Download 493,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish