3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja



Download 493,67 Kb.
bet4/12
Sana25.02.2023
Hajmi493,67 Kb.
#914455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-maruza.kunduzgi TT

Jarangli undoshlar
B undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh bo‘lib, so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida uchraydi: bu, yabğu (amir), sab (so‘z). O‘rxun-yenisey manbalarida tanglay uyg‘unligiga asosan qattiq va yumshoq aytiluvchi so‘zlarda alohida-alohida belgilar bilan berilgan. Uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda be ب orqali ifodalangan. Qadimgi b hozirda ba’zi so‘zlarning boshida m ga aylangan: buŋ– muŋ (qayg‘u). Bu jarayon qadimgi turkiy til davridan ilgariroq boshlangan, chunki qadimgi yodnomalarda ikki fonema paralel ishlatiladi: bän - män (men). Qadimgi b bugungi kunda ko‘p so‘zlar o‘rtasi va oxirida v ga aylangan: sub – suv, ab – ov, qaba - qama.
V undoshi faqat X asrga oid uyg‘ur yodnomalarida bor. Mazkur jarangli tovush so‘z o‘rtasi va oxirida o‘rxun yodnomalaridagi b o‘rnida uchraydi: sav “so‘z” (Oltun yorug‘) äv “uy” (Turfon matnlari). Uyg‘ur yozuvida maxsus belgi bilan, arab yozuvida vovو orqali beriladi. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, turkiy xalqlarda v undoshining talaffuzi ikki xil bo‘lgan. O‘g‘uzlar uni lab-lab, boshqa turk qabilalari lab-tish tarzida talaffuz qilishgan3.
G o‘rxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda gofگ orqali berilgan. Bu jarangli, sayoz til orqa, sirg‘aluvchi tovush sonor, jarangli, jarangsiz undoshlar hamda orqa qator unlilar bilan birga keladi. Qadimgi turkiy tilda yumshoq talaffuz qilinuvchi so‘zlarning o‘rtasi va oxirida ifodalanadi: ögüz “dayo” (To‘n), körüg “kuzatuvchi” (To‘n), ülüg “hissa, qism” (To‘n), bögü “dono, oqil” (KT).
D undoshi o‘rxun-yenisey yozuvida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda dolد yordamida berilgan. Bu jarangli, portlovchi tovush so‘z o‘rtasi va oxirida uchraydi: bodun “xalq” (To‘n), öd “vaqt, zamon” (KT).

Download 493,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish