3-mavzu. O`Zbek tilining leksik qatlamlari. Reja



Download 322,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana09.06.2022
Hajmi322,4 Kb.
#646015
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

frazeologiya
deb ataladi. 
Ibora (frazeologizm) tarkibida kamida ikkita so`z qatnashadi, lekin ular umumlashgan holda 
bitta ma`noni anglatadi. Ya`ni ibora ma`no jihatdan bitta so`zga teng bo`ladi. Masalan, og`zi 
qulog`ida (xursand), yog` tushsa yalagudek (toza), qo`li ochiq (saxiy) va boshqa. Iboralar uslubiy 
bo`yoqqa boy bo`ladi. Shuning uchun ulardan fikrni ta`sirchan qilib ifodalashda keng 
foydalaniladi. Ibora turg`un birikma bo`lib, nutqda doimo birga qo`llaniladi. Agar ularni yolg`iz 
holda qo`llasak ma`no buziladi. Masalan, qo`y og`zidan cho`p olmagan iborasini olib ko`raylik. 
Bu yuvosh degan ma`noni anglatadi. Unda to`rtta so`z (qo`y, og`iz, cho`p, olmagan) ni ajratib 
yuborsak ibora buziladi. Iboralar ma`no jihatdan 3 turga bo`linadi. 
1. Omonim iboralar. Yozilishi, aytilishi bir xil, ma`nolari har xil. Masalan, uyni boshiga ko`tardi 
// onasini boshiga ko`tardi.
2. Sinonim iboralar. Yozilishi, aytilishi har xil, ma`nolari bir-biriga yaqin iboralar. Masalan, 
ataladan suyak chiqqanday // tomdan tarasha tushgandek.
3. Antonim iboralar. Ma`nolari bir-biriga zid bo`lgan iboralardir. Masalan, qo`y og`zidan 
cho`p olmagan // yulduzni benarvon uradi. 
Amaliy qism
 
 1-mashq.
Quyidagi gaplardan iboralarni toping, ularning ma`nolarini tushuntiring. 
1. O`n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo`lni yuvib qo`ltiqqa uravering. 2. Ko`zimning 
yog`ini yeb, boshimga ish tushganda qochdingiz. 3. Bas, pichoq borib suyakka yetdi. 4. U bir 
hafta bo’yi qovog`ini ochmadi. 5. Musobaqada ko`z bo`yash bilan yutgan yekansiz-da, To`tixon! 
6. Boshimni qotirma, jiyan, qoy.
2-mashq.
Sinonim iboralarni aniqlang va ma`no nozikligini tushuntiring. 
1. Ilonning yog`ini yalagan. 2.Qovog`idan qor yog`adi. 3. Og`zi qulog`ida. 4. Boshi ko`kka yetti. 
5. Do`ppisini osmonga otmoq. 6. Tepa sochi tikka bo`ldi. 7. Mum tishlab qoldi. 8. Aravani quruq 
olib qochmoq. 9. Yoqasini ushlamoq. 10. Qo`ynini puch yong`oqqa to`ldirmoq. 
3-mashq.
Antonim iboralarni toping va ma`nosini izohlang. 
1. Po`stagini qoqmoq. 2. Ko`ziga qon to`lmoq. 3. Oyoq osti qilmoq. 4. Tutgan yeridan kesadi. 
5. Og`ziga tolqon solmoq. 6. Labi labiga tegmaydi. 7. Barmog`ini tishlamoq. 8. Boshida yong`oq 
chaqmoq. 9. Suvga tushgan bo`lka nondek. 10. Beli baquvvat. 11. Cho`ntagi baquvvat. 12. Ko`zi 
och. 
4-mashq
. “Mug`ombir” so`ziga sinonim bo`lgan iborani toping. 
Oyog`ini tirab olmoq, jig`ildoniga urmoq, ko`z tikmoq, ko`ngli to`q, ilonning yog`ini yalagan, 
ko`zining paxtasi chiqmoq. 


Download 322,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish