Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (so‘z boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti
davomida shakllangan hodisadir. Undagi so’zlarning paydo bo‘lish davri
va kelib chiqish manbai
ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug’at tarkibi va grammatik qurilishiga ega bo’ladi.
Lekin xalqlar o’rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida
davom
etadigan iqtisodiy
, siyosiy,
madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Natijada bir tilga
xos fonetik
, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro
ta’sir etish ayniqsa leksikada bo‘ladi.
O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy
aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini qoldirgan.
Xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar o‘zlashganini shu ta’sir bilan izohlash
mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibida shu tilning o‘ziga xos
leksik qatlam bilan birga
o‘zlashgan qatlam ham yuzaga kelgan.
O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan,
shuningdek
, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan
so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkey tillar uchun umimiy bo‘lgan so‘zlar anchagina
qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar barcha so‘z turkumida bor. Masalan:
tosh, tog‘, yer, bosh,
suv, til, kishi, bola, men, sen, biz, siz, bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta, indin, ilgari
va
boshqalar.
O‘zbek tilining bevosita o‘zininki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti jarayonida
uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil
etadi. Bunda uch holat kuzatiladi:
1.asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar:
qatnashchi,
terimchi,
qotishma
, qo‘llanma, turg‘un, bolalarcha
kabi;
2.o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar;
a)tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar:
jangchi, mardlik, sabzavotchilk, do‘stlik, pulsiz,
xastalanmoq;
b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar:
rahbarlik,
qimmatli
, ovqatlanmoq;
v)
ruscha-baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar:
sportchi,betonlamoq
;
3.boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan
hosil
qilingan so‘zlar:
tilshunos,
mehnatkash
, kitobxon, vagonsoz, ilmiy.
Do'stlaringiz bilan baham: