mo‗g‗ullar tomonidan istilo qilindi. Mo‗g‗ullar Markaziy Osiyoni zabt etgach, ular
savdo muomalasida oldingi sulolalar davrida zarb qilingan tangalardan foydalandi.
Ammo tez orada Chingizxon hamda halifa Nosirning ismi yozilgan tangalar
Samarqand va Buxoroda zarb qilina boshlandi. Har ikkala shaharda ham kumush
dirhamlar, Samarqandda vaqti-vaqti bilan dinorlar zarb qilingan. Agar dinorlar
viloyat aholisi uchun mo‗ljallangan edi. Bu hol o‗sha tangalarga bitilgan
yozuvlardan ayon bo‗ladi. XIII asr oxirlarida Chig‗atoy ulusida yuqori sifatli
kumush tangalar muntazam chiqarila boshlandi, bu bilan kumush inqiroziga chek
qo‗yildi.
XIV asr boshlarida Chig‗atoy tanga turkumi shakllanib, u mo‗g‗ullar zarb
etgan tangalardan tubdan farq qilgan. Tanganing old tomoniga islomiy e‘tiqod
ramzi va halifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali ismlari keltirilgan. Tanganing
reversida podsho, zarbxona nomi va sanasi tushirilgan. XIII-XIV asrdagi tanga
yozuvlarida avvalgidek arab tili hukmronlik qilgan, ba‘zan uyg‗ur yozuvdagi
mo‗g‗ul matnlari berilgan. Samarqandning XIII asr dirhamlarida, forsiy va ba‘zida
turki matnlar arab yozuvida berilgan. XIII asr Buxoro tangalarining noyob
nusxalarida xatto xitoy ierogliflari uchraydi, bu vaqtda Buxoro noibi xitoylik
bo‗lgan.
Xulagular davlatida XIII asr oxirida pul islohoti o‗tkazilib, unga ko‗ra oltin va
kumush tanga zarb etish va muomalada yuritish man qilingan. Uning o‗rniga
―ChAO‖ – qog‗oz pul chiqarilgan. Xitoyda qog‗oz pul bir necha asr ya‘ni VII
asrdan buyon mavjud edi. Xulagularda savdo-sotiq to‗xtab qoldi, xo‗jalik faoliyati
izdan chiqdi, natijada hukumat tez orada tanga zarb etishga majbur bo‗ldi.
O‗ylamay o‗tkazilgan islohot inqirozga yuz tutdi.
1225 yili Samarqandda zarb qilingan dirhamlar diqqatga sazovordir.
Mo‗g‗ullar istilosidan keyin dirhamlarda diniy mafkura ko‗rsatilmagan, gorizontal
yozuvlar, hoshiyalar yo‗q edi. Tangalarning aversida ―Samarqand‖ so‗zi bitilgan,
yozuvlar to‗g‗ri to‗rtburchak ichiga joylashtirilgan. Tanga zarb qilingan vaqti uch
marta qayta yozilgan. Tanganing aversida va ikki tanga reversida zarb qilingan
sana ko‗rsatilgan. Ammo yozuvlardan biri ajablanarlidir. Unda ―
Bu tanga
Samarqand va uning viloyatlarida o‗tadi
‖ deb yozilgan. Aholi kumush suvi
yuritilgan mis dirhamlarni olishdan bosh tortar edilar. Shuning uchun ham
Samarqandda tezlikda haqiqiy kumush tangalar zarb qilindi. Buxoroda ham ahvol
shu
tarzda
edi.
Movarounnahrning
boshqa
viloyatlarida
mo‗g‗ullar
hukmronligining birinchi o‗n yilligida umuman tangalar zarb qilinmadi. Bunday
ahvol uzoqqa cho‗zilishi mumkin emas edi. Savdo-sotiq ishlari mo‗g‗ullar bosib
olgan vaqtdagi darajaga еtmasada, muomala vositalariga muhtoj edi.
1252 yil Munkaxonning O‗rta Osiyodagi hukmronligi davrida xorazmlik
savdogar Mahmud Yalovochning o‗g‗li Ma‘sudbek Markaziy Osiyo hududida
savdoni rivojlantirib, doimiy ravishda dinorlar zarb qilishni boshlab yubordi. Bu
davrda dinorlar Buxoro, Samarqand, Xo‗jand, O‗tror, Damashq zarbxonalarida
chiqarila boshlandi. Zarb qilingan dinorlarning 60 % ni sof oltin tashkil etardi.
Ammo dinorlar turli kattaliklarda bo‗lgani uchun savdo vaqtida ularni kichik-
kichik bo‗laklarga bo‗lishga to‗g‗ri kelardi. Ma‘sudbek o‗tkazgan pul islohoti
o‗zini oqladi. Bu davrda oltin dinorlar bilan birga kumush dirham (kumush suvi
yuritilgan mis dirham)larni zarb qilish ham yo‗lga qo‗yildi. Ularni Samarqand va
Buxorodan tashqari Xo‗jand va O‗tror zarbxonalarida zarb etila boshlandi. Xalq
Ma‘sudbekning islohotiga ishonchsizlik bildirgan bir vaqtda, xalq manfaati va
erkinligi uchun Ma‘sudbek davlat muhosiblari va zarbxona ustalariga xalqni
aldamaslik, ularni ishonchini oqlash, aks holda o‗lim jazosiga tortishni uqtirgan.
1282-1283 yillarda Buxoroda ham kumush tangalar zarb qilindi. Bir xil sifat
va og‗irlikka (2 grammga yaqin) ega bo‗lgan dirhamlar va ular qaerda zarb
qilinganligidan qat‘iy nazar butun mamlakat hududida muomalada bo‗ldi.
Zarbxonalar ishga tushirilib, ular soni 16 taga еtdi; Bular Buxoro, Andijon,
Qog‗qar, Marg‗ilon, Taroz, Toshkent va h.k.
1317-1318 yili Chig‗atoy ulusida pul islohoti o‗tkazildi. 1321 yili mo‗g‗ul
xoni Kebekxon o‗tkazgan pul islohoti savdoni rivojlantirish uchun yanada qulay
imkoniyat yaratdi. Kebekxon davrida kumush suvi yuritilgan avvvalgi mis
dirhamlarni ishlatish man qilinib, shu davrdan e‘tiboran yagona namuna bo‗yicha,
og‗irligi 1,4 grammga yaqin bo‗gan kumush dinorlar chiqarila boshlandi. Kebek
nomi bilan zarb qilingan yangi katta dirhamlar Buxoro va Samarqandda zarb
qilinib, uning qiymati 6 ta (bir kumush tanga 6 ta dirhamga to‗g‗ri kelardi) kichik
dirhamga teng edi. Xulagular davlatidan Oltin O‗rdagacha bo‗lgan hudud yagona
pul birligiga o‗tkazilib, og‗irligi 8 gr bo‗lgan katta kumush dirhamlar zarb etildi.
Mo‗g‗ullar davrida O‗rta Osiyoda zarb qilingan tangalarda hokimning ismi
ko‗rsatilmagan bo‗lsada, Kebek va uning ukasi Tarmashirin davrida zarb qilingan
tangalarda ―
Ulug‗larning ulug‗i adolatparvar xoqon
(yoki sulton)‖
deb
yoziladigan bo‗ldi. Mo‗g‗ullar istilosidan to Amir Temurning taxtga o‗tirishiga
qadar o‗tgan yuz ellik yil davomida Markaziy Osiyoda zarb qilingan tangalarda
umumiy yagona belgi mo‗g‗ullarning tamg‗asi bosildi.
Do'stlaringiz bilan baham: