Afg‗oniston, Eron, Iroq, Hindiston, Kavkaz orti, Anatoliya va Suriya xalqlarini
yagona saltanatga birlashtirib, uni 35 yil davomida, ya‘ni 1360 yildan 1405
Amir Temur pul tizimining boshlanishi Chingizxonning birinchi avlodlariga
nomlari paydo bo‗la boshladi. Bu nomlar hozirgi davrgacha saqlanib qolgan va
Markaziy Osiyodagi bir qator yangidan tashkil bo‗lgan davlatlarning milliy pul
Amir Temur tomonidan yagona va hamma uchun majburiy pul siyosati
o‗tkazilib u doimo o‗zining shaxsiy nazorati ostida bo‗lgan. Ma‘lumki, 1393 yilda
Jaloyir G‗iyosiddin Ahmaddan (1382-1410) kelgan elchilarni qabul qilishda, Amir
Temur o‗z qaramog‗ida bo‗lgan hududda o‗zi uchun ―xutba‖ namozini joriy etishni
va uning nomi bilan tangalar zarb etishni qat‘iy talab qilgan.
Yagona pul siyosatini o‗tkazishda Amir Temur to‗rt muhim tamoyilga amal
qildi:
1. Pul siyosatiga, uning tomonidan davlatning iqtisodiy asosini muhim belgisi
sifatida qaralgan. Yagona pul siyosati ichki savdoni rivojlantirib, yaxlit ichki bozor
tashkil qildiki, u Amir Temur saltanatini bir butunligini ta‘minladi.
2. Amir Temur pulni saltanat birligining muhim siyosiy vositasi sifatida
ishlatgan. Misol uchun, Shemoxa va Hamadondagi Sulton Mahmud nomi bilan
bitilgan yangi tanga turlarini joriy etishda, ularning namunasi sifatida bozorda
mavjud bo‗lgan, ammo Amir Temurga bir necha marotaba xiyonat qilgan Jaloir
Ahmad tangalari emas, balki 1381 yilda vafot etgan va Amir Temurga sodiq
bo‗lgan uning akasi Jaloliddin Husayn tangalari olingan. Bu esa o‗z navbatida
hamma joyda shuni bildirishi kerak ediki, Amir Temur Movarounnahrga
qaytganidan so‗ng uning hukmdori va o‗rinbosari bo‗lib, bu еrda taxt vorisi qoladi.
3. Pulga, asosiy to‗lov vositasi sifatida, Amir Temur tomonidan tashqi
savdoni rivojlantirishdagi asosiy omil sifatida qaralgan shuning bilan birga
Sohibqiron ko‗pgina hunar turlarini rivojlantirishda va ularning ishlab chiqarish
hajmlarini oshirishda aynan pul birligiga katta e‘tibor bergan. Ushbu hol o‗z
navbatida Amir Temur davlatining iqtisodiy qudratini oshirishga ta‘sir etgan.
Vizantiya, Venesiya, Genuya, Ispaniya va Fransiya kabi Yevropa davlatlari bilan
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Amir Temurning
harakatlari uning pul muomalasi masalasida ko‗pni ko‗ra oladigan hukmdor
sifatida ko‗rsatadi. Amir Temur davlatining ijtimoiy rivojlanishida saltanatning
yirik shaharlari bo‗lgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qashg‗ar, Dehli, Hirot,
Isfaxon, Tabriz, Boku, Tiflis, Bag‗dod, Basra, Anqara, Konstantinopol va
Damashqdan o‗tgan ―Buyuk ipak yo‗li‖ qanday muhim o‗rin tutgan.
4. Pul zarb etishda turlicha o‗zboshimchaliklarni kamaytirish zarurligi,
―pullarning buzilishi‖ni istisno qilish, qaysiki haqiqiy bo‗lgan (zarb etilgan) pullar
bilan muomala qilishdan chetlashtiradi. Amir Temur pul siyosatini o‗tkazishdan
oldin savdogarlar o‗zining mahsulotini sotish o‗rniga, tilla va kumush tangalarini
olib-sotish bilan shug‗ullanar edi. Ular tangalari yuqori sifatda bo‗lgan
viloyatlardan tangalarni sotib olib, tangalari yomon sifatda bo‗lgan viloyatlarda
sotishar edi. Bu esa o‗z navbatida davlat xo‗jaligini rivojlanishiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatar edi.
Davlatlar va xalqlar birligini bildiruvchi Amir Temur saltanati o‗zida ko‗p
sonli mis, kumush va oltin tangalarni bosib chiqaruvchi pul zarb xonalarining
mavjud bo‗lishiga sharoit yaratib berdi. Kumush tangalarning o‗zini 40 dan oshiq
tanga chiqaradigan zarbxonalar bo‗lgan. Ular qatoriga Astrobot, Astara, Boku,
Bag‗dod, Bashiyan, Hirot, Darband, Yazd, Isfaxon, Kushon, Kirmon, Qum,
Mordin, Mahmudobod, Mashhad, Save, Samarqand, Sultoniya, Tabriz, Xorazm,
Shabanqora, Sheroz, Shumoq, Shayx Abu Ishoq kabi yirik shaharlardagi pul
zarbxonalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: