Vazirlar va ularning vazifalari
№
|
Vazirlar
|
Vazirlarning vazifasi
|
1.
|
Mamlakat va raiyat vaziri
|
Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.
|
2.
|
Sipoh vaziri
|
Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.
|
3.
|
Mol-mulk, daromad, xarajatlar vaziri
|
Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan yer-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga mutasaddilik qilgan.
|
4.
|
Sarkori hossa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir
|
Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.
|
5.
|
Qozikalon
|
Adliya muassasalarini boshqargan.
|
6.
|
Jalol ul-islom
|
Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo’lgan nazoratchisi.
|
7.
|
Vaziri devoni insho
|
Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig’i.
|
Hozirgi menejment fanida ta`kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo`yicha harakatlar Amir Temurning «Temur tuzuklari»da o`z aksini topib, hozirgacha ham o`zining qimmatini yo`qotmagan. Bugungi mustaqil O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim dasturilamal sifatida qo`llanilmoqda.
Shuningdek, boshqaruv ilmida o’z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimiz boshqaruv tizimida tub islohotlar demokratik boshqaruv tamoyillarini qo’llash, bozor mexanizmlarini shakllantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga xizmat qildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida boshqarish tizimini tubdan qayta qurish – respublikada olib borilayotgan islohotlarning muhim yo`nalishlaridan biridir. Iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlarning bo`lishi juda muhimdir.
Iqtisodiy islohotlarning ustuvor maqsadlari: bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish; ko`p ukladli iqtisodiyotni yaratish; korxonalarga, fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kyechish; resurslardan samarali foydalanishni ta`minlaydigan chuqur tarkibiy o`zgarishlar qilish; kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |