Tо‘rtinchi faoliyatni tashkil etadigan sotish, mualliflar fikricha, keng ma’noda oldi-sotdi ishidan tashqari, iste’molchilarni izlash orqali talabni shakllantirish, shuningdek, mahsulot oluvchiga maslahat beri shva boshqa xizmatlarni ham о‘z ichiga oladi.
Beshinchi va oltinchi faoliyat tovarlarning taqsimoti, ularning makon va zamondagi harakati bilan bog‘liq holda tovarlarni omborlarga joylash va tashishga daxldor xizmatlarni о‘z ichiga oladi.
Yettinchi faoliyat – marketing faoliyatini moliyalash aksariyat hollarda kreditlar olishni yoki ularni savdo yoki bank krediti shaklida taqdim etishni talab etadi.
Navbatdagi sakkizinchi faoliyat – xavf-xatar xо‘jalik faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xavf-xatar bozordagi ishtirokchilarning biridan ikkinchisiga kо‘chib turishi yoki sug‘urta bitishuvlari yо‘li bilan ikki tomon uchun sug‘urta predmetiga aylanishi mumkin.
Va nihoyat tо‘qqizinchi faoliyat bozor axborotini tо‘plash – bu YE.V.Kandifor va R.R.Still tizimining sо‘nggi sohasi.
4. Talabning holati va rivojlanishiga kо‘ra marketing turlari
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bо‘libgina qolmay, balki talabga ta’sir ham qilishdir. Xush, bu ta’sir qanday bо‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga о‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bо‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning о‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluvchi marketing strategiyasini kо‘rib chiqamiz.
Salbiy talab. Agar xaridorlarning kо‘pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bо‘ladi. Marketing xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga bо‘lgan qarashlarni о‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qо‘llab-quvvatlashdir.
Mavjud bо‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir.
Yashirin talab. Kо‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bо‘lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bо‘lmagan talabga ega bо‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potetsial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bо‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.
Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bо‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda konyunkturaning pasayish sabablarin tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yо‘li bilan, tovar xususiyatlarini о‘zgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) о‘rnatish bilan tovar yetkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.
Doimiy bо‘lgan talab. Kо‘pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki kо‘p yuklash muammoasini tug‘diradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida “tig‘iz vaqtda” yо‘lovchilar haddan ziyod kо‘p bо‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi - о‘zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida, rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bо‘yicha tebranishini tyokislash yо‘llarini izlashi lozim.
Tо‘laqonli talab. Bu talab tо‘g‘risida tadbirkorlar о‘z savdo tushumlaridan, foydalaridan tо‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketingning vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal о‘zgarishiga va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharotida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat kо‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi о‘ringa chiqadi.
Haddan tashqari yuqori bо‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin bо‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bо‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yо‘lini izlab topishdir. Bu vaziyatda narxlarni kо‘tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari yuqori bо‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yо‘q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.
Noratsional talab. Tovarga bо‘lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‘liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar о‘tkaziladi. Marketingning vazifasi mahsulot zarari tо‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni kо‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni о‘z odatlaridan voz kechishga ishontirish.
Shunday qilib, talabning 8 holatiga tо‘xtalib о‘tdik. Mana shu holatlarning har biriga tо‘g‘ri keladigan marketing turlari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |