3-mavzu. Lotin amerikasi mamlakatlari XVII-XIX asrlarda r e j a



Download 251,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi251,8 Kb.
#927746
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

Ikkinchi savol bayoni: 
Lotin Amerikasida milliy ozodlik harakati. Ispan ma’murlari mustamlakalarda 
sanoatning va qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qilib 
keldilar. Chet davlatlar bilan savdo aloqalari taqiqlab qo’yilgan bo’lib, metropoliya 
bilan savdo-sotiq ishlarini eng boy ispan savdogarlari monopoliya qilib olgan 
edilar. Bularning hammasi maxalliy axoli o’rtasida hamda mustamlakalarda 
o’rnashib qolib, Ispaniya Amerikasida dehqonlar aristokratiyasini tashkil qilgan 
ispan immigrantlarining avlodlari bo’lmish kreollar o’rtasida norozilik to’g’dirdi. 
Rasman kreol-pomeshchiklarning huquqlari metropoliyaliklar bilan bir bo’lsa-da, 
ammo haqiqatda ularni davlat ishlariga kamdan-kam qo’yar edilar. 
Mustamlakachilik rejimidan norozilik kreollarda mustaqillikka intilish uyg’otdi. 
XVIII asrning oxirida, Shimoliy Amerikada mustamlakalarning mustaqillik uchun 
olib borgan urushi va 1789-1794 yillardagi fransuz burjua inqilobsi ta’siri ostida, 
Ispaniya Amerikasida mustamlakachilik zulmiga qarshi xarakat kuchaydi. Bu 
xarakat qatnashchilari Ispaniya Amerikasini boshqarish ishlarini o’z qo’llariga 
olmoqchi bo’ldilar. Ular boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqqa erkinlik 
berilishini xamda mustamlakalarda sanoat va qishloq xo’jaligining rivojlanishiga 
to’sqinlik qiluvchi chekinishlarning bekor qilinishini talab qildilar. Shu mustaqillik 
uchun kurashuvchilarning ba’zilari respublikachilik qarashidagi kishilar edi, lekin 
eng ilg’or arboblar ham ko’pincha hindilar va negrlar ommasiga tayanmay, balki 
Ispaniya Amerikasi bilan erkin savdo olib borishdan manfaatdor bo’lgan asosan 
Angliya yoki Fransiyadan yordam olishni umid qildilar. Kreol pomeshchiklar xalq 
ommasining ispanlarga qarshi chiqishlaridan qo’rqar edilar, chunki xalq 
ommasining bu harakati pomeshchiklarning zulmiga ham qarshi qaratilgan edi. 
XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshida Ispaniya mustamlakalarida milliy 
ozodlik harakatining eng ko’zga ko’ringan vakili venesuelalik Fransisko de 
Miranda edi. Miranda Ispaniya Amerikasining mustaqilligi uchun kurashga madad 
olish maqsadida ko’p yillar davomida Yevropada kezib yurdi. U Fransiyadagi


jirondistlarning yordamiga ayniqsa katta umid bog’ladi. XIX asrning boshlarida 
esa Angliya hukumati bilan yaqindan aloqa o’rnatdi. Miranda Venesuelada 
qo’zg’olon ko’tarishga urinib ko’rdi. Lekin Miranda va uning tarafdorlari xalqdan 
uzoq edilar va xalqni ispan mustamlakachilariga qarshi kurashga ko’tarmadilar. 
XVIII asrning oxiriga kelib Vest-Indiya orollari Yevropa davlatlarining 
mustamlakalari bo’lib qolgan edi. Kuba va Puyerto-Riko Ispaniyaga, Yamayka 
oroli Angliyaga, San-Domingo orolining g’arbiy qismi (Gaiti) Fransiyaga qarar 
edi. 
Bu mustamlakalarning xammasida negr-qullari ekspluatasiya 
qilishga 
asoslangan plentasiya xo’jaligi keng avj olgan edi. Bu yerda oq tanli plantatorlar 
hukmron sinf edi. Aholining ko’pchiligi negr-qullardan iborat edi. Masalan, 
Gaitida 520 ming kishi yashagan bo’lsa, Shulardan 452 mingi qullar edi. 
1790 yilda Gaitida mulatlar qo’zg’oloni ko’tarildi; ular oq tanlilar bilan teng 
huquqli bo’lishishni talab etib chiqdilar. Shundan keyin ko’p o’tmay negr-
qullarning plantatorlarga qarshi kuchi qo’zg’oloni boshlandi. Qo’rqib ketgan 
plantatorlar ingliz va ispanlardan yordam so’radilar: Shundan keyin ingliz va 
ispanlar orolga o’z qo’shinlarini tushirdilar. Yakobinchilar Konventining Gaitiga 
kelgan komissarlari qullik bitirilganligini e’lon qildilar va orol axolisini 
bosqinchilarga qarshi kurashga chaqirdilar. Sobiq qul Tussen-Luvyertyur negrlarga 
bosh bo’ldi; unga Fransiya respublikasi generali unvoni berilgan edi. Tussen-
Luvyertyur quldorlarning sobiq pomesterlari ozod bo’lgan qullarga berilishini 
e’lon qildi. 1798 yilda uning qo’shinlari intyerventlar ustidan g’alaba qozondi. 
O’z mamlakatining birinchi respublika konstitusiyasini ishlab chiqqan Tussen-
Luvyertyur Gaitining umrbod hokimi qilib saylandi. 
Biroq Napoleon Bonapart hokimiyat tepasiga kelishi bilan Gantiga fransuz 
qo’shinlari yuborildi. Tussen-Luvertyur xoinona asir olinib, Fransiyaga jo’natildi 
va ko’p o’tmay o’ha yerda qal’ada o’ldi. Fransuz mustamlakachilarining bu 
qilmishlari milliy-ozodlik kurashining Yangidan kuchayishiga sabab bo’ldi. 
Natijada negrlar Napoleon qo’shinlarini xaydab yubordilar va 1804 yilda Gaiti 
mustaqil deb e’lon qilindi. Gaitining mustaqilligi uchun olib borilgan kurash Lotin 


Amerikasi g’alaba qilgan birinchi milliy-ozodlik inqilobi edi, qo’zg’olon ko’targan 
qullarni ozodlikka olib chiqqan birinchi inqilob edi. 
Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urush boshlashi arafasida 
feodal-absolyutistik Ispaniya qattiq tushkunlikni boshdan kechirar edi. Trafalgar
jangi Ispaniyaning Lotin Amerikasidagi hukmronligiga qattiq zarba ertkazdi: Shu 
jangda Ispaniya harbiy floti butkul yo’q bo’ldi. 1808 yilda Napoleon 
qo’shinlarining Ispaniyaga bostirib kirganligi Ispaniya Amerikasining mustaqillik 
uchun harakat boshlashiga Yangi bir turki bo’ldi. Milliy-ozodlik xarakatining 
arboblari mustamlakachilik rejimini tugatiShga ochiqdan-ochiq xarakat qildilar. 
Ispaniya Amerikasining turli shaharlarida qo’zg’olon ko’tarildi. 
1813 yil boshlarida Bolivar kichik bir otryadga bosh bo’lib Venesuelani ozod 
qilishga kirishdi. U xalqqa qarata chiqargan xitobnomalarida Karakas shahrini 
ozod qilishga va “Janubiy Amerikada Ispaniya hukmronligiga abadiy barham 
berishga” chaqirdi. Simon Bolivar 1813 yil 6 avgustda Karakasni ozod qildi qildi 
va respublikani tikladi. 
1814 yilning o’rtalarida Venesuela poytaxtini yana dushmanlar ishg’ol qildi va 
respublika qo’shinlarini ispanlar tor-mor keltirdi. 
1810 yilda La-Plata vise-korolligida (u hozirgi Argentina, Paragvay, Urugvay va 
Boliviyani o’z ichiga olgan edi) ozodlik kurashi boshlandi. Buenos-Ayres kreollari 
xunta tuzdilar va Ispaniya ma’murlariga itoat etmay qo’ydilar. Biroq bu Yangi 
hukumat Buenos-Ayresning savdo manfaatlarini himoya qilib, boshqa 
provinsiyalarning huquqlarini kamsitdi. Paragvay bilan Urugvay Buenos-Ayres 
hukumatini tan olmay, o’zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. 1813 yilda Paragvayda 
progressiv separatchilarning yo’lboshchisi Fransua xokimiyat tepasiga keldi. 
Ispan genyerallari minglab vatanparvarlarni qatl qildilar, ammo ispanlarning 
vaxshiyliklari mustamlakachilik zulmiga nisbatan g’azab va nafratni kuchaytirardi, 
xolos. 
1816 yilda La-Plata Qo’Shma provinsiyalari (Argentina) mustaqil deb e’lon 
qilindi. O’Sha yilidayoq Bolivar Venesuelada ispanlarga qarshi urushni yana 
boShlab yubordi. Bolivar ularga qarshi kurashda Angliyadan xarbiy va iqtisodiy 


yordam oldi. 1819 yilda Bolivar qo’Shinlari Yangi Granadaga (xozirgi Kolumbiya) 
kirdi va Bogota shaxrini ozod qildi. 
1820-1821 yillarda Bolivar Venesuelani batamom ozod qildi. 1822 yilda uning
qo’shinlari Kito provinsiyasiga (hozirgi Ekvador) yurish qilib, ispanlarni yana 
mag’lubiyatga uchratdi. Bolivar ozod qilingan oblastlardan Buyuk Kolumbiya deb 
atalgan davlat tashkil qildi. 

Download 251,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish