Mustaqillik uchun olib borilgan urushdan
keyin Lotin Amerikasidagi
mamlakatlar iqtisodiyotiga chet el (asosan ingliz) kapitallari kira boshladi. Chet el
kapitalistlari bu mamlakatlarning xukumatlariga asoratli shartlar bilan qarz berar
edilar. Lotin Amerikasi AQSHni juda qiziqtirar edi, AQSH XIX asr o’rtalaridayoq
o’zining janubdagi qo’shnilariga nisbatan agressiv siyosat olib bordi.
Metropoliyadan ajralib chiqqandan keyin Meksikada uzluksiz fitna va isyonlar
bo’lib turdi. 1824 yildan 1857 yilgacha mamlakatda 40 ta prezident
almashtirilganini aytish kifoyadir. Meksikada 1833 yildan 1855 yilgacha Santa-
Ana diktaturasining klerikal-pomeshchiklar reaksiyasi hukm surdi.
1845 yilda Amerika kongressi Texasni AQSH sastaviga qo’shib oldi. Shimoliy
Amerika qo’shinlarining Texasni okkupasiya qilishi Meksika bilan AQSH o’rtasida
urush (1846-1848) chiqishiga sabab bo’ldi, bu urushda
meksikaliklar jasorat va
matonat ko’rsatganliklariga qaramay, erngildi. Meksika armiyasining Shimoliy
Amerika bosqinchilari tomonidan tor-mor qilinishi, Shuningdek, Meksika
teritoriyasining yarmisini AQSHga o’tkazgan 1848 yilgi sulh Shartnomasi Meksika
xalqini qattiq g’azablantirdi. Butun mamlakat Santa-Ana diktaturasidan va
klyerikal-pomeShchik yuqori tabaqasining siyosatidan norozi edi. Bu voqeralar
1855 yilgi burjua inqilobsiga olib keldi. Libyerallar
rahbarlik qilgan inqilobiy
harakat butun mamlakatga yoyildi. Qo’zg’olonchilar poytaxtni ishg’ol qilib, Santa-
Ana hukmatini xaydab yubordi.
Libyerallar xokimiyat tepasiga kelgach, Pedro qonuni deb atalgan qonun
chiqardi, bu qonun cherkovning mol-mulkka egalik qilishni ta’qiqladi va uni o’z
yerlarini xususiy qilishlariga sotishga majbur qildi.
1857 yilda Meksikaning Yangi konstitusiyasi qabul qilindi. Bu konstitusiya
umumiy sayo huquqini, so’z, shaxs, majlislar erkinligini e’lon qildi, qulchilikni
ta’qiqladi.
1859 yilda reforma o’tkaiSh to’g’risida qonunlar qabul qilindi,
bu qonunlar
cherkov yerlarini davlat mulkiga aylantirishni, monax ordenlarini tarqatib
yuborishni ko’zda tutgan edi. Bu qonun amalga oshirilishi natijasida yer yirik yer
egalari – ruhoniy va dunyoviy yer egalari o’rtasida keyingilar foydasiga qaytadan
taqsimlandi. Mehnatkash aholiga yer berilmadi. Ruhoniylar Yangi konstitusiyaga
qarshi qattiq kurash olib bordi. Ular konstitusiyaga qasamyod qilgan yoki cherkov
mulkidan olgan xamma kishilarni dindan qaytgan deb e’lon qildi. Pasxa vaqtida
xatto respublika prezidenti va hukumat a’zolari xam soborga kiritilmadi. Rim
papasi Meksika xalqiga maktub bilan murojaat qilib, unda Yangi konstitusiyaga
la’nat o’qidi va dinorlarning konstitusiyasida qasamyod qilishni ta’qiqladi.
Meksikada uch yillik qonli
fuqarolar urushi boshlandi, bu urush ayni vaqtda
Yevropa davlatlari bilan Qo’shma Shtatlar o’rtasidagi kurashni aks ettirdi.
Konsyervatorlar Yevropa davlatlari bilan yaqindan bog’langan edi, liberallar
AQSHdan birmuncha yordam olar edi. Fuqarolar urushi vaqtida liberallardan
advokat Benito Xuares juda katta shuhrat qozondi. U hind dehqon oilasidan
chiqqan edi. Fuqarolar urushi boshlanishi oldida Benito Xuares prezident bo’lib
saylangan edi. U butun qiyinchiliklarga qaramay, g’alaba qozonishga muvaffaq
bo’ldi. Biroq fuqarolar urushi mamlakatni holdan ketkazgan edi.
Moliya ahvoli
g’oyat mushkul edi. Ana shunday sharoitda 1861 yili Xuares chet ellardan
olinganni to’lash muddati ikki yil kechiktiriladi, deb e’lon qildi.
Braziliya Portugaliyadan ozod bo’lib olgandan keyin imperiya deb atala
boshladi. Braziliya imperiyasi davrini (1822-1889) o’klarga ko’taruvchi burjua
tarixchilari bu davrni liberalizm va mu’tadillik davri deb ataydilar. Haqiqatda esa
Pedro 1 davri (1822-1831) da xam, Pedro II idora qilgan vaqt (1831-1889) da xam
mamlakatda monarxiyaga qarshi xarakatlar, Shuningdek, negr-qullarning
qo’zg’olonlari to’xtamadi. Adib va Shoir Frey Kaneka
eng yirik respublikachi
arbob bo’lib, respublikachilar qo’zg’olonining ikkalasiga ham qatnashgan edi.
Yirik quldor-pomeshchiklar imperiyaning tayanchi edi, ular Braziliyada
kapitalizmning rivojlanishiga har qanday yo’llar bilan to’sqinlik qilar edi.
XIX asrning 30 va 40-yillarida Braziliyadagi demokratik kuchlar respublika
uchun, mamlakatning yanada tarqqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan qulchilikka
qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu kurash respublikachilar qo’zg’olonlariga
aylanib, ularda keng xalq ommasi qatnaShdi. “Ferrapos” deb atalgan
respublikachilar qo’zg’oloni (farrapos – juldur kiyimli kishi demakdir,
xukumat
qo’Shinlari qo’zg’olon qatnashchilarini shunday deb atar edi). Braziliyaning
janubida o’n yil davom etdi (1835-1845). Bu qo’zg’olonda yosh Garibaldi
qatnashdi. Bu harakat bilan bir vaqtda uchta yirik xalq xarakati: mamlakatning
shimolida, Baiyada, 1835 yili negr-qullarning qo’zg’oloni, yana o’sha Baiyada
1837 yili qo’zg’olon boshlig’i vrach Sabino nomi bilan atalgan “sabinada”
qo’zg’oloni, Miranyada 1838 qo’zg’olon boshlig’i Balayo nomi bilan atalgan
“balayada” qo’zg’oloni ko’tarildi. “Farrapos” qo’zg’oloni bostirilar-bostirilmas,
mamlakatning Shimolida, Pernambukoda 1848-1849 yillarda respublikachilarning
maShhur “praerira” qo’zg’oloni (praeriro
partiyasi nomidan olingan, bu
Do'stlaringiz bilan baham: