fikr almashish malakasi juda yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Bu malakani egallash quyidagilarga bog‘lik:
- diqqat bilan eshitish;
- eshitib bo‘lgach o‘z fikrini bildirish;
- o‘z hissiyotlarini va kechinmalarini bildirish.
Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat:
- gapirayotgan kishiga qarab turish kerak va iloji boricha ko‘zlariga boqib turishi kerak;
- uning gaplarini bo‘lmaslik kerak;
- atrofdagi ta’sirlarga berilmaslik kerak;
- iloji boricha tinchlikni saqlashga harakat qilish kerak;
- guruhda ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni hal etishga tayyor bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |