O‘qituvchining muloqot usullari va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja



Download 96,5 Kb.
bet1/7
Sana11.06.2022
Hajmi96,5 Kb.
#654080
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9GTYFgUVIAWNr1bQj9RHXQ0a2WKNa1RxLk7lrUDi


O‘QITUVCHINING MULOQOT USULLARI
VA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Reja:

  1. Kommunikativ malakalar va ta’sir ko‘rsatish.

  2. O‘qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari.

  3. O‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning verbal va noverbal usullari: fikr bildirish, tuzatishlar kiritish, olqishlash, savollar berish, boshqalar fikrini hurmat qilish.

  4. O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali foydalanish.

  5. O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot maneralari.

Bugungi kundagi nutq tizimi kommunikativ yondashuv, o‘quvchilarga o‘z fikrini ifodalash va boshqalar fikrini tushuna olishga ko‘maklashish, ya’ni ulardan muayyan muloqotda qatnashish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Biz nutqning inson hayotida, ayniqsa o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni haqida gapirar ekanmiz, yosh avlodni mustaqillik, milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari ruhida barkamol insonlar qilib tarbiyalashda o‘qituvchining bilim saviyasi, dunyoqarashi, madaniyati nutqni belgilovchi vosita deb bilamiz.
Kommunikatsiya - bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. O‘qituvchilar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta'minlaydi. So‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik o‘qituvchilar kommunikatsiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi maqsadga erishish yo‘lidagi bosh to‘siq deb hisoblaydilar. Umuman har bir o‘qituvchi 50 dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, faoliyatining samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya'ni:
o‘quvchilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati
ota-onalar, maktabdagi boshqa xodimlar bilan samarali muloqot olib borish qobiliyati
telefonda so‘zlashuv qobiliyati; 
rasmiy hujjatlarni tuzish va o‘qiy olish qobiliyati; 
majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog‘liq. 
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng ko‘p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, o‘qituvchi-jamoa, o‘quvchi-jamoa bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jumladan, o‘quvchilar mashg‘ulot jarayonida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratishlari taqazo etiladi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotni tushunish va eslab qolish; o‘rganilayotgan til va mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni darslik, o‘quv qo‘llanmalari, qo‘shimcha materiallar yordamida mustahkamlash va o‘zlashtirish; yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida o‘z-o‘zini muntazam nazorat qilib borish; dialog suhbat, turli o‘yinlarda ishtirok etish.
Jonli aloqada o‘qituvchi faqat o‘z qarorini billdiribgina qolmay, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg‘otishi mumkin. Qo‘pollik bilan baqirish, "so‘kinish"ga va hokazolarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘qituvchining shaxsiy obro‘si ko‘p jihatdan u o‘z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday so‘zlashiga bog‘liq.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish