O‘qituvchining muloqot usullari va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja


Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish



Download 96,5 Kb.
bet3/7
Sana11.06.2022
Hajmi96,5 Kb.
#654080
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9GTYFgUVIAWNr1bQj9RHXQ0a2WKNa1RxLk7lrUDi

5. Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish. Bu bosqichda axborot uzatuvchi bilan axborotni qabul qiluvchi o‘z o‘rinlari bilan almashinadilar. Axborotni qabul qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobni shakllantiradi.
6. Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jarayon tugaydi. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat ko‘rsatmoqda. Ular yordamida axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma'lumotlar banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o‘ta zarur. 


Axborot almashuv jarayonidagi muammolar
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tug‘ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd qilish mumkin:

  • Idrok qilishdagi ruhiy farq. 

  • Ma'naviy (semantik) to‘siq. 

  • Noverbal imo-ishoralar. 

  • Filtrlash. 

  • Aloqa kanallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi. 

  • Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib). 

Idrok - Kishilar bir xil ma'lumotni o‘zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, hissiy tuyg‘ularining turlichaligidan o‘zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o‘rinda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat muhim rol o‘ynaydi. Bir-biriga ishonch va o‘zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko‘lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo‘ladi.
Ma'naviy semantik to‘siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qo‘llanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning lavozimlari, mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlar nuqtai nazaridan) mos tushmaganligada namoyon bo‘ladi.
Simvol, (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog‘ida noverbal, ya'ni og‘zaki yoki so‘zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, tovushning o‘zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so‘z mohiyatini tubdan o‘zgartirilgan holda etkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ruhshunoslarning fikricha, so‘z bilan aytiladigan axborotni 90% igacha qisma so‘z oraqi emas, balki noverbal yo‘l bilan qabul qilinar ekan.
Filtrlash - axborotni iste'molchiga tez etib borishi jarayonida uni ixchamlashtirish, noxush "ma'lumotlar"dan tozalash maqsadida axborot soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bundan tashqari quyi bo‘g‘indagi rahbarlar, o‘zlari xohlamagan, ammo yuqori bo‘g‘indagi rahbarlar bo‘lishi shart. Bo‘lmagan axborotlarni yubormaydilar. Shu tariqa axborotlar filtrlanadi.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish