3-Mavzu. Kinetoplastidalar sinfi: tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va pathogen vakillari. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar



Download 109,12 Kb.
bet8/13
Sana25.05.2023
Hajmi109,12 Kb.
#943548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kinetoplastlar

Erkin yashovchi infuzoriyalar. Ko‘pchilik erkin yashovchi infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ularning bir qismi suv planktonida muallaq yashaydi. Bentosda hayot kechiradigan infuzoriyalar orasida suv tubida yoki suv o‘simliklarida o‘rmalab yuruvchi turlari ham ko‘p uchraydi. Psammofill infuzoriyalari qirg‘oq yaqinidagi qum zarralari orasidagi kapillyar namlikda yashashga moslashgan. Ularning tanasi ingichka va uzun bo'lib, oldingi qismida kipriklar yaxshi rivojlangan. Infuzoriyalar orasida o‘troq yashovchi turlari ham bo‘ladi. Ular maxsus poyacha orqali suv tubidagi predmetlar, mollyuskalar yoki qisqichbaqasimonlar tanasiga yopishib oladi.
Ko‘pchilik infuzoriyalar bakteriyalar, chiriyotgan o‘simliklar qoldiqlari va bir hujayrali suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Infuzoriyalar orasida haqiqiy o‘txo‘rlari ham bor. Masalan, chuchuk suv infuzoriyalaridan biri Nassulla ornata faqat ipsimon ko‘k-yashil suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Ayrim yirtqich infuzoriyalar o‘zidan yirikroq tufelkalarni ham yutib yuborish qobiliyatiga ega. Yirtqich didiniy ning o‘ljasi tufelkalardan bir necha marta kichik bo‘ladi. Ayrim erkin yashovchi infuzoriyalarning uzunligi 1,5 mm gacha yetadi. Ularni oddiy ko‘z bilan ham ilg‘ab olish mumkin. Infuzoriyalar bakteriya va ayrim suv o‘tlari bilan oziqlanib, suv havzalaridagi oziq zanjirining muhim zvenosini tashkil etadi.
Shuning bilan birga ularning o‘zi ham ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlar va yosh baliqchalar uchun oziq bo‘ladi.
Infuzoriyalar orasida bir qancha turlari tuproqda uchraydi. Ular boshqa mikroorganizmlar bilan birga tuproqda boradigan biologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Infuzoriyalar va boshqa bir hujayrali hayvonlar tuproq mikroflorasi bilan juda murakkab bog‘langan. Ular boshqa bir hujayralilar, bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar bilan oziqlanishi natijasida ularning ko‘payishini jadallashtiruvchi biologik faol moddalar ishlab chiqarishi aniqlangan. G‘o‘za ekiladigan maydonlarda ular tuproq hosildorligiga ijobiy ta'sir qilishi ma'lum.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining oldingi qismida endodiniomorfa turkumi (teng kipriklilar kenja sinfi)ga mansub bo‘lgan 120 turga yaqin infuzoriyalar yashaydi. 1 sm3 oshqozon shirasida ularning soni 2 mln. tagacha, bitta sigir oshqozonidagi massasi esa 1 kg. ga yetadi. Infuzoriyalar oshqozonda kletchatkani hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Shuning uchun ularni kavsh qaytaruvchi hayvonlar bilan simbioz yashaydigan infuzoriyalar deyish mumkin.

Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish