3-Mavzu. Kinetoplastidalar sinfi: tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va pathogen vakillari. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar


Ko‘pxivchinlilar (Hypermastigida) turkumi



Download 109,12 Kb.
bet5/13
Sana25.05.2023
Hajmi109,12 Kb.
#943548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kinetoplastlar

Ko‘pxivchinlilar (Hypermastigida) turkumi vakillari termitlar va suvaraklarning ichagida simbioz yashaydi. Ular ancha murakkab tuzilgan bo'lib, xivchinlari va ko'pincha yadrolari ham ko'p bo'ladi. Tanasida aksostil, murakkab parabazal apparatlari hamda yadro bilan bog'liq maxsus tayanch apparati rivojlanadi. Ko'pxivchinlilar qiyin hazm bo'ladigan kletchatkani termitlarning hazm qilishiga yordam beradi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar.
Koloniya bo'lib yashovchi yashil xivchinlilar. O'simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo'lib yashaydi. Koloniya bo'linishdan keyin hosil bo'lgan hujayralarni ajralib ketmasdan bir-biri bilan bog'langan holda saqlanib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvlarda yashil plastinkachaga o'xshash gonium (Gonium pektorale) koloniyasi ko'p uchraydi. Bu koloniya 16 ta ikki xivchinli yashil hujayralardan tuzilgan. Hujayralar rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali o'zaro tutash. Xivchinlarining eshkakka o'xshab bir me'yorda harakat qilishi natijasida gonium suzib yuradi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa ko'pincha 32 ta (ba'zan 8 yoki 16 ta) yashil hujayralardan tuzilgan bo'lib, shar shaklda bo'ladi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil jinssiz bo'linib ko'payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o'zida ko'payishga kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo'linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yangi hosil bo'lgan yosh koloniyalar soni ona koloniyadagi hujayralar soniga teng bo'ladi. Keyinchalnk ona koloniya yemiriladi va yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslarning sharsimon koloniyasi juda murakkab tuzilgan.
Masalan., Volvox aureus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, V.globator esa 20 mingtagacha hujayradan iborat bo'lib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvokslar koloniyasining asosiy qismini hujayralarning o'zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig'iz po'stni hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan to'lib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog' ko'zcha) va ikkita xivchin bo'ladi. Hujayralar sitoplazmatik ipchalar yordamida bir-biri bilan tutashgan. Volvoks xivchinlari birgalikda bir me'yorda tebranishi natijasida dumalayotgan sharga o'xshab suzib yuradi. Koloniya doimo muayyan bir tomoni bilan olg'a suzadi. Koloniyaning bu tomonidagi hujayralar ko'zchalari qarama-qarshi tomondagi ko'zchalarga nisbatan yirikroq bo'ladi.
Volvoks koloniyasidagi juda ко'p hujayralar orasida faqat bir qism (4-10 ta) hujayralar bo'linish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniyaning pastki tomonida joylashgan bo'lib, ular vegetativ hujayralar deb ataladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo'linib, yosh koloniyalarni hosil qiladi. Odatda koloniyada birdaniga bir necha yosh koloniyalar hosil bo'ladi.
Yosh koloniyalar o'sib, yiriklashgan sari ona koloniya ichiga sig'masdan qoladi. Ona koloniya yorilib nobud bo'ladi, yosh koloniyalar esa mustaqil yashay boshlaydi. Qulay sharoit bo'lganida ona koloniyadan chiqmagan yosh koloniyalar ichida ikkinchi tartibdagi yosh koloniyalar rivojlanishi mumkin.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'simliksimon xivchinlilar koloniyasi palintomik koloniyalar hisoblanadi. Chunki koloniyadagi hamma hujayralar (gonium, eudorina) yoki faqat vegetativ hujayralar (volvoks) o'sib yiriklashmasdan ketma-ket bo'linish (palintomiya) yo'li bilan birdaniga bir necha yosh koloniyalarni hosil qiladi. O'simliksimon xivchinlilarning ko'pchilik turlari faqat jinssiz ko'payadi. Jinsiy ko'payish asosan koloniali xivchinlilar va ayrim yakka yashovchi xivchinlilarda uchraydi.
Yakka yashovchi xivchinlilarning jinsiy hujayralari bir xil kattalikda bo'lib, erkak va urg'ochi gametalarni ajratib bo'lmaydi. Jinsiy ko'payishning bu xili izogamiya, ya'ni teng gametalik deyiladi.
Koloniyali yashil xivchinlilarning hujayrasi har xil kattalikdagi gametalar hosil qiladi. Masalan, 8 hujayrali bir muncha sodda tuzilgan stefanosfera (Stephanosphera) koloniyasi uchun izogamiya xos bo'lsa, 16 hujayrali pandorina (Pandorina)da gametalar ixtisoslasha boshlaganini ko'rish mumkin. Uning gametalaridan biri ikkinchisiga nisbatan biroz yirikroq bo'ladi. 32 hujayrali eudorinaning ayrim koloniyasida hamma hujayralar bo'linmasdan yirikroq jinsiy hujayralar makrogametalarni, boshqa koloniyasi hujayralari esa palintomik yo'l bilan ikkiga bo'linib, 64 ta mikrogametalarni hosil qiladi. Makrogameta tuxum, mikrogameta esa urug' hujayrasi bo'lib hisoblanadi.
Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo'linmasdan tuxum hujayra (makrogameta)larga aylanadi, 5-10 hujayralar urug' hujayralarni hosil qiladi. Makrogametalar hujayralarning bo'linmasdan yiriklashuvi natijasida, mikrogametalar esa hujayraning palintomik usulda 256 bo'lakka bo'linishi natijasida hosil bo'ladi. Makrogameta harakatsiz bo'lib, u tuxum hujayrasiga, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug' hujayrasiga mos keladi. Mikrogametalar faol harakat qilib, makrogametalarni topib oladi va ularni urug'lantiradi. Urug'langan makrogameta (zigota) qalin po'stga o'raladi va qishlab qoladi. Qulay sharoit tug'ilganda zigota kerma-ket palintomik bo'linish orqali yangi koloniyani hosil qiladi.
Jinsiy ko'payadigan xivchinlilar zigotasining dastlabki ikki bo'linishi meyoz bo'lgani sababli, ularning zigotadan boshqa barcha davrlari gaploid xromosomali bo'ladi. Volvokslarda zigotalik reduksiyani ko'ramiz. Ko'p hujayralilarda esa meyoz gametalar hosil bo'lish oldidan (gameta reduksiyasi) sodir bo'ladi. Morfologik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi anizogamiya deyiladi.

Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish